1-mavzu: Tarix fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar modulining maqsad va vazifalari. Tarix ta’limida metod va usul tushunchasi.


O‘qituvchilarning ayrimlari “metod”ning o‘rniga “uslub” so‘zini qo‘llaydi.Bu to‘g‘ri emas,chunki “uslub” ko‘proq xususiy (aynan o‘qituvchiga xoslikni) ifoda etadi


Download 313.08 Kb.
bet2/12
Sana14.12.2022
Hajmi313.08 Kb.
#1002618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu Tarix fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar modulini

O‘qituvchilarning ayrimlari “metod”ning o‘rniga “uslub” so‘zini qo‘llaydi.Bu to‘g‘ri emas,chunki “uslub” ko‘proq xususiy (aynan o‘qituvchiga xoslikni) ifoda etadi.
Interfaol metodlar yangi bilimlar berishga xizmat qilmaydi.O‘quvchilarni faollikka undaydi. Shu sababli ular bir necha asrlardan buyon qo‘llanib kelinayotgan suhbat, hikoya, tushuntirish, ko‘rsatish, namoyish etish, didaktik o‘yin kabi metodlarni chetga surib qo‘ya olmaydi.
So‘nggi vaqtlarda “texnologiya” tushunchasini “metodika”dan ustun qo‘yishga urinish ham kuzatilmoqda. Bu ham xato. Aslida esa “metodika”- metatexnologiya bo‘lib,texnologiyadan ustun turadi.
Metodika”-“Qanday o‘qitish?”, “Nima uchun o‘qitish?, “Nimaga o‘rgatish?” kabi savollarga javob izlaydi.
Texnologiya” esa “Qanday tarzda samarali o‘qitishga erishish mumkin?”-degan savolga javob beradi.
Tarix fani o‘qituvchisi “Metod”, “usul” va “texnologiya” tushunchalarini bir-biridan ajrata olishi tarix o‘qitish metodikasidan puxta bilimga ega bo‘lishini ta’minlaydi.
Metodika - pedagogika fani sohasida ma’lum o‘quv fanni o‘qitish qonuniyatlarini tadqiq kiladi.4 Fanni o‘qitish metodikasi – ta’lim tizimida ushbu o‘quv fanining ahamiyati va o‘rnini belgilaydi, uning vazifalari, o‘qitish mazmuni va hajmini aniqlaydi, ushbu fan bo‘yicha qo‘llanilayotgan usul, shakl va vositalarini o‘z ichiga oladi.
1.2. Tarix o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari va ular o‘rtasidagi aloqalar
Tarix o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari (maqsadi, mazmuni, o‘qitishning metod va usullari, natijalari) o‘rtasidagi qonuniyatli aloqalar quyidagicha namoyon bo‘ladi: ta’lim tizimi maqsadi, ta’lim-tarbiya vazifalarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi o‘qitishning mazmuniga,
g‘oyaviy-siyosiy va nazariy jihatdan pishiq bo‘lishiga bog‘liq bo‘lganidek, o‘quvchilarning tarix kursini o‘zlashtirish darajasi ham o‘z navbatida o‘qitishning o‘rganiladigan mavzuning maqsadi, ta’lim-tarbiya vazifalari, mazmuniga mos keladigan ta’lim shakllari, o‘qitish metod va usullari hamda vositalaridan qay darajada maqsadga muvofiq foydalana bilishiga bog‘liqdir.
Shuningdek, o‘qitishni natijalari o‘qituvchining o‘qitishdan ko‘zlagan maqsadi, uning ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini aniq belgilay olishiga, kursning mazmuniga mos tarzda amalga oshirishga yordam bera oladigan metod va
usullardan ilmiy asosda foydalana bilishiga bog‘liqdir. Tarix o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari o‘rtasidagi bu o‘zaro dialektik bog‘lanish natijasida ular bir-biriga uzluksiz ta’sir ko‘rsatib boradi. Tarix o‘qitishda ana shu qonuniyatlarga suyanmasdan, ularni e’tiborga olmasdan turib yaxshi natijaga erishib bo‘lmaydi.

Download 313.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling