Mavzu:Tarix fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar modulining maqsad va vazifalari. Tarix ta’limida metod va usul tushunchasi. Amaliy mashg‘ulot (4 soat)
1-AMALIY MASHG‘ULOT: Tarix fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar modulining maqsad va vazifalari. (2 soat).
Amaliy mashg‘ulot savollari:
1. Tarix fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar modulining predmeti va uning vazifalari.
2. Tarix o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari va ular o‘rtasidagi aloqalar.
3. Tarix fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar modulining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
Ishning maqsadi: Tinglovchilarga tarix fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar modulining maqsad va vazifalarini tushuntirish.
Amaliy mashg‘ulot topshiriqlari
1-topshiriq: Tarix fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar, metodika, pedagogika, pedagogik texnologiya, metod, usul, integratsiya tushunchalariga aniqlik kiritish.
2-topshiriq: Tarix o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari (maqsadi, mazmuni, o‘qitishning metod va usullari, natijalari) o‘rtasidagi qonuniyatli
aloqalarning qanday namoyon bo‘lishiga ma’lumot bering?
Quyidagi fikrni davom ettiring:
Tarix o‘qitish deganda ...
Tarix kursining mazmuni deganda ....
Tarix o‘qitishni tashkil qilish deganda....
O‘qitishning natijalari deganda...
3 - topshiriq: Tarix fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar modulining boshqa fanlar bilan bog‘liqligini misollar bilan tushuntiring?
2-AMALIY MASHG‘ULOT: Tarix ta’limida metod va usul tushunchasi. (2 soat)
Amaliy mashg‘ulot savollari:
1. Tarix ta’limida metod va usul tushunchasi.
2. Tarix ta’limida metod va usullardan dars jarayonida qanday foydalanasiz?
Ishning maqsadi:
Tinglovchilarni o‘z faoliyatida metod va usullarni to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |