1-Mavzu: Tarix va ijtimoiy fanlarni o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari (2 soat)


Download 20.25 Kb.
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi20.25 Kb.
#1390363
  1   2
Bog'liq
1 ma\'ruza matni


1-Mavzu: Tarix va ijtimoiy fanlarni o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari (2 soat)
Tarix o‘qitish metodikasining fan sifatida rivojlanishi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi davrida va ungacha umumiy o‘rta ta’lim tizimida tarix fanining mazmun-mohiyati. Tarix o‘qitish metodikasining predmeti va uning vazifalari. Tarix o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari va ular o‘rtasidagi aloqalar. Tarix o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Tushunchalarni shakllantirish yo‘llari: induktiv va deduktiv.
Tayanch iboralar: metodika, tarix o‘qitish metodikasining ilmiy tahlil usullari, tarix o‘qitish jaraѐnining tarkibiy qismlari, kuzatish metodi, tajriba metodi

1.1. Tarix o‘qitish metodikasining predmeti va uning vazifalari


Metodika - pedagogika fani sohasida ma’lum o‘quv fanni o‘qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladii3.Fanni o‘qitish metodikasi – ta’lim tizimida ushbu o‘quv fanining ahamiyati va o‘rnini belgilaydi, uning vazifalari, o‘qitish mazmuni va hajmini aniqlaydi, ushbu fan bo‘yicha qo‘llanilayotgan usul, shakl va vositalarini o‘z ichiga oladi. Tarix o‘qitish metodikasi ilmiy pedagogik fan bo‘lib o‘qitish jarayoning samaradorligi va sifatini oshirishga yo‘naltirilib o‘quvchilarga tarixdan puxta bilim berish, ularni milliy g‘oya ruhida tarbiyalash va kamol toptirishda tarix kursining maqsadi, ta’lim-tarbiya vazifalari, mazmuni, metod va usullarini hamda tarix o‘qitishning eng muhim vositalarini belgilab beradi. Tarix o‘qitish metodikasining asosiy fan sifatida o‘rganishdan ko‘zda tutilgan maqsad, tarix o‘qitishning ilmiy asoslari bilan qurollantirishdan iborat.(3.Hasanboyev J.,Turaqulov X.,Haydarov
M.,Hasanboeva O.Pedagogika fanidan izohli lugat.-T.,Fan va texnologiya,2008.B219.)
Tarix o‘qitish metodikasi – tarix ta’lim tizimida ushbu o‘quv
fanining ahamiyati va o‘rnini belgilaydi, uning vazifalari, o‘qitish mazmuni va hajmini aniqlaydi, ushbu fan bo‘yicha qo‘llanilayotgan usul, shakl va vositalarini o‘z ichiga oladi.
Tarix o‘qitish metodikasi o‘rganadigan muammolar G.Fuzailova tomonidan muvaffaqiyatli ѐritilgan. Mavzuning mazmun va mohiyatini ѐrituvchi aksariyat mavzularga jadval, sxemalarni kiritgan.
. ( 4.Sagdiev A., Fuzailova G., Hasanova M. Tarix o‘qitish metodikasi. – T.: TDPU,
2008. – B. 5-13.)
Tarix o‘qitish metodikasi o‘zining mustaqil tekshirish predmetiga ega. Ta’lim tizimida tarix fanining o‘qitilishi va o‘qitish jarayonining o‘rganilishi tarix o‘qitish metodikasining predmetini tashkil etadi. O‘qitish jarayonining ob’ektiv suratda amal qiladigan o‘z qonuniyatlari bor. Ularni bilib olish va ta’lim-tarbiya jarayonida bu qonuniyatlarga amal qilish, ulardan oqilona foydalanish ta’lim tizimida tarix o‘qitishni ilmiy asosda olib borishning muhim shartidir.Tarix o‘qitish metodikasi tadqiq etadigan, o‘quvchilarning puxta va mukammal bilim olishi va amalda suyanishi kerak bo‘lgan tarix o‘qitishning umumiy qonuniyatlari nimalardan iborat va ular ta’lim jarayonida qanday namoyon bo‘lishini o‘rganadi.

Download 20.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling