1-мавзу: texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashni tashkil qilish


Download 229 Kb.
bet1/3
Sana09.01.2023
Hajmi229 Kb.
#1085166
  1   2   3
Bog'liq
1-ma\'ruza


1-МАВЗУ: TEXNIK XIZMAT KO’RSATISH VA TA’MIRLASHNI TASHKIL QILISH.


Reja:
1. Kirish
2. Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish (TXK) texnologik jarayoni haqida umumiy tushuncha va ularning tavsifi.
3. TXK texnologik jaryonini tashkil qilish.
4. Ta’mirlash ishlari texnologik jarayonini tashkil qilish.

O'zbekiston Respublikasida bozor iqtisoddiyotini shakllantirish va rivojlantirish, iqtisodiy o’sishi va aholining turmush darajasini ko’tarishning zaruriy sharti sifatida, mamalakatda makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishishni nazarda tutadi.


Avtotransport korxonalarining rivojlanishi, hozirgi zamon texnikasi va iqtisodiyoti taraqqiyoti mutaxassislar faoliyati doirasini kengaytiradi, qabul qilinadigan qarorlarni asoslashga va ularning iqtisodiy, ijtimoiy va texnik oqibatlarini baholashga bo’lgan talablarni oshiradi. Ushbu talablarga javob beradigan keng qamrovli mutuxassislar “Yerusti transport tizimi va ularning ekspluatatsiyasi” bakalavr ta’lim yo’nalshida tayyorlanadi. “Avtomobillarning texnik servisi” fani yo’nalishining etakchilaridan biridir.
Fanni o’qitish avtomobil transporti texnik ekspluatatsiyasini belgilovchi O’zbekistonda qabul qilingan standart va me’yorlarga asoslangan. Uni o’qitishda ilmiy-tekshirish ishlarida, ishlab chiqarishda ottirilgan ko’p yillik tajribadan foydalanib, bozor iqtisodiyoti sharoitida avtomobil transportining rivojlanishi va undan texnik foydalanish masalalari hamda mamlakatimiz va chet ellar tajribalari, avtomobil tarnsportiga texnik xizmat ko’rsatish, joriy ta’mirlash, servis va rivojlanish istiqboli masalalari talablarga o’rgatiladi.
Zamonaviy avtotransport korxonalarida texnik xizmat ko’rsatish va joriy ta’mirlash ishlarini tashkil etishda, xizmat ko’rsatishning ilg’or usul va vositalarini tanlashda alohida e’tibor beriladi.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasi mintaqalarida foydalanilayotgan avtomobillar ishonchli ishlashiga tabiiy-iqlimiy va yo’l sharoitlari ta’sirini o’rganish, ekspluatatsion ishonchlilik ko’rsatkichlarini oshirish natijasida raqobatbardoshligini ta’minlash talab etilmoqda. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida, jumladan « … ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligi ta’minlash, xizmatlar ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish va bunda xizmatlarning zamonaviy turlari hisobiga tubdan o’zgartirish, …» vazifasi belgilab berilgan. Bu borada avtomobillar ekpluatatsion ishonchlilik ko’rsatkichlarini ishonchliligini ta’minlash, xizmat ko’rsatishni optimal muddatlarini aniqlash bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalda keng miqyosida olib borish muhim ahamiyat kasb etmoqda.



Download 229 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling