1-мавзу: texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashni tashkil qilish
JT texnologik jarayonini tashkil qilish
Download 229 Kb.
|
1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
3.JT texnologik jarayonini tashkil qilish. ATK sida avtomobillar uchun JT ishlarini bajarish talabga muvofiq, JT zonasidagi texnologik uskunalar bilan jihozlangan postlarda olib boriladi.
Bazi bir texnologik operatsiyalar, TX-1 va TX-2 postlaridagi bajariladigan ishlar bilan bog’liq bo’lganligi uchun, ularni TX davrida bajarish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu ishlar qo’shimcha ko’chib yuruvchi maxsus ishchilar yordamida bajariladi. JT ishlari ikki xil, agregat va yakka usulda olib boriladi. Agregat usuli. - buzilgan agregat va uzellarni, avvaldan ta’mirlab qo’yilgan yoki yangisiga almashtirishdan iboratdir. Yakka usul-avtomobilni agregat yoki mexanizmini tuzatib, yana o’z o’rniga qo’yishdan iboratdir. ATK sida ishchilar mehnati quyidagi usullarda tashkil etishlishi mumkin: Maxsus brigadalar usuli Kompleks brigadalar usuli Agregat-uchastkalar usuli Maxsus brigadalar usulida TX va JT ishlarining har bir turi maxsus brigade ishchilari tomonidan bajariladi. KXK, 1-TXK, 2-TXK va JT ishlarini bajaruvchi brigadalar, barcha ishlarni bajara oluvchi mutaxassis ishchilar bilan mujassamlashtiriladi. Bu usulda boshqarish ishlari osonlashadi va bir xildagi ishlar bajaruvchi uchastkalar tashkil qilinadi, hamda bajarilgan ishlarni hisobga olish osonlashadi. Bu usulning kamchiliklaridan biri, avtomobil texnik holatiga javobgarlik susayadi. Bu o’z navbatida avtomobillarni JT ishlarida turib qolishiga, texnik tayyorgarlik koeffitsientini kamayishiga olib keladi. Bu usulni mavqeini oshirish uchun ATK sida "Ishlab chiqarishni markaziy boshqarish markazi (SUP) yoki TXK va JT ishlarini kompleks boshqarish tizimini tashkil etish (bunda, har bir ishchining o’z ishiga bo’lgan masuliyati oshadi) zarur. Kompleks brigadalar usuli. Bu usulda ATK larida 1-TXK, 2-TXK va JT ishlarini alohida-alohida guruh avtomobillarga bajaruvchi kompleks brigadalar tuziladi. TXK va JT ishlari markazlashgan holda olib boriladi. Brigadalar alohida-alohida mutahassisliklarga ega bo’lgan ishchilar bilan komplektlanadi. Bu usulda ham, har bir ishchining javobgarligi sezilarli darajada emas, JT ishlarini hajmi oshadi. Oqimiy usulni tashkil qilish qiyinlashadi. Barcha moddiy texnika materiallari brigadalar orasida bo’linib ketadi, bu o’z navbatida ulardan samarasiz foydalanishga olib keladi. Bu usulning qulayligi, TXK va JT ishlarini bajarishdagi javobgarlik brigada zimmasiga tushadi. Agregat uchastka usuli. Bu usulda TXK va JT ishlari avtomobilning qismlari bo’yicha uchastkalarga bo’lib beriladi. Ishlab chiqarishdagi ishchilar ham o’z navbatida uchastkalarga bo’linib, ular TXK, JT ishlarini bir yoki bir necha agregatlar bo’yicha bajaradilar. Uchastkalarning soni, ATK ning katta - kichikligini qarab 4 tadan 8 ta gacha bo’lishi mumkin, masalan: 1-uchastka - dvigatellarga TXK va JT. 2-uchastka - ilashish muftasi, uzmalar qutisi, qo’l tormozi, kordan uzatmasi, radiator. 3-uchastka - oldi ko’prik, rul boshqarmasi, orqa ko’prik, tormoz tizimi, podveskalar. 4-uchastka - elektrojihozlar va ta’minnlash sistemasi. 5-uchastka - rama, kabina, kuzov, issiqlik sexi ishlari. 6-uchastka - shinalar. 7-uchastka - chilangar-mexanik ishlar. 8-uchastka - yuvish-tozalash ishlari. Ishni bu usulda tashkil qilish, ishlab chiqarishdagi barcha uskuna, jihozlarni, ehtiyot qism, materiallarni sarfini hisobga olishni osonlashtiradi, hamda TXK va JT varag’i asosida, bajarilgan ish turi va bajaruvchi to’g’risida ma’lumot olish imkonini beradi. Bu usul texnik hodimlarni ishga bo’lgan qiziqishini, javobgarligini va texnik xizmatning samaradorligini oshiradi. Bu usulning kamchiligi shundan iboratki, to’liq avtomobil uchun hech kim javob bermaydi, balki alohida-alohida qismlar uchun javob beriladi. Hozirgi vaqtda bu usul takomillashib, brigada nazarida tusini olyapti va shu brigada ma’lum guruh avtomobillarning texnik holati uchun javob beradi. Bunda brigadalarga oxirgi natija bo’yicha haq to’lanadi. Ko’tarish, qarash va tashish jihozlari ish unumini oshiribgina qolmay balki, uning sifatini oshirishga ham imkon yaratadi. Asosiy ko’tarish, qarash va tashish jihozlarga ko’rish ariqchalari, ko’targichlar, konveyrlar va estakadalar, yordamchilarga esa damkratlar, ag’dargichlar va har xil shu kabi jihozlar kiradi. TXK va JT ishlarini bajarish asosan ishchilarni tik turgan holda ishlashini talab etadi. Nazorat savollari 1. Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish (TXK) texnologik jarayoni haqida umumiy tushuncha va ularning tavsifi. 2. TXK texnologik jaryonini tashkil qilish. 3. Ta’mirlash ishlari texnologik jarayonini tashkil qilish. Download 229 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling