1-Mavzu: Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish tizimlarining elementlar majmuasi
Download 66.31 Kb.
|
1 2
Boshqarish asosiy printsiplari.
Boshqarish printsipi asosan ikki xilga bo’linadi: Y opiq turdagi boshqarish Boshqarish sistemalarining asosiy turlari. Boshqarish sistemasi texnik vositalar xamda kishilar jamoasidan tashkil topgan bo’lib qo’yilgan talablarni amalga oshirish uchun yo’naltirilgan. Boshqarish jarayonida insonni ishtirok etish darajasidan kelib chiqqan xolda boshqarish 3 turga bo’linadi: Qo’lda boshqarish Avtomatlashtirilgan boshqarish Avtomatik boshqarish Axborotni olish qayta ishlash xamda qaror qabul qilish va uni amalga oshirishni inson bajaradi. Avtomatlashtirilgan boshqarishda inson faqat qaror qabul qilishda ishtirok etadi. Avtomatik boshqarishda barcha funktsiyalar inson ishtirokisiz amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishda, korxonalarni boshqarishda, tashkilotlarni va boshqa boshqarish ob’ektlarini boshqarish uchun ishlatiladigan sistemalar asosan quyidagilarga bo’linadi: Lokal boshqarish sistemalari. Avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalari. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalari.(TJABS) (MICHBS) – moslashuvchan ishlab chiqarish boshqarish sistemalari. Lokal boshqarish sistemalari murakkab bo’lmagan xamda nisbatan ma’lum bir chegaralangan xududdagi ob’ektlarni boshqarish uchun mo’ljallangan. IBQ – ish bajaruvchi qurilma BQ – boshqaruvchi qurilma O’Q – o’lchovchi qurilma OBQ – operator bilan boshqarish qurilmasi QQSH – qaror qabul qiluvchi shaxs Avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalari inson-mashina sistemalari bo’lib iqtisodiy va matematik usullar asosida ishlab chiqarishni hamda korxona va tashkilotlarni boshqarish uchun mo’ljallangan sistemalar. Bu sistemalarda axborotni olish, qayta ishlash, uzatish, avtomatlashtirilgan xolda amalga oshiriladi, inson asosan qaror qabul qilishda va uni amalga oshirishda ishtirok etadi. Bu sistemalarning ta’minotlari: texnik, dasturiy, ma’muriy, tashkiliy, xuquqiy, informatsion ta’minot. TJABS – bu sistemalar inson mashina sistemasi bo’lib, avtomatlashtirilgan xolda axborotni olish, jamlash va qayta ishlash xamda iqtisodiy va matematik usullar asosida optimal talablarga javob beradigan yoki qo’yilgan vazifalarni amalga oshiradigan boshqarishlarni ishlab chiqaradi va amalga oshiradi. Bu sistemalar asosan 3 ta rejimda ishlatiladi: “Axborot” (AAS) “Maslaxatchi” (AAMS) “Boshqaruv” (ABS) TBO=TQ+TJ AO va O’ – axborot olish va o’zgartirish. OBK – optimal boshqarish kriteriylari. BA – boshqarish algoritmlari. BQ – boshqarish qurilmalari. Bu sistemalar avtomatlashtirilgan va avtomatik rejimlarda ishlashi mumkin. Avtomatik rejimni o’zi bevosita va bilvosita boshqarishlarga bo’linadi. Bilvosita sistemalarida asosiy EXM dan berilgan komandani qayta ishlab uni o’z BQ ga boshqaruvchi komandani berish. Bu sistemalarning funktsiyalari: 1) Boshqarish funktsiyalari 2) Informatsion funktsiyalar Informatsion funktsiyalarga quyidagilar kiradi: 1) Markaziy nazorat qilish, parametrlarni o’lchash. 2) Kattaliklarni bilvosita o’lchash. 3) Operativ personalga beriladigan ma’lumotlarni shakllantirish. 4) Yondosh yoki yuqori boshqarish sistemalariga axborotni uzatish. 5) Xolatni umumlashtirilgan baxolash va bashorat qilish. Boshqaruv funktsiyalari: 1) Parametrlarni stabillash. 2) Mantiqiy boshqarish. 3) Optimal boshqarish. 4) Adaptiv boshqarish. 5) Dasturiy boshqarish. Download 66.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling