1-Mavzu: Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish tizimlarining elementlar majmuasi


Download 66.31 Kb.
bet1/2
Sana12.11.2023
Hajmi66.31 Kb.
#1768045
  1   2

1-Mavzu: Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish tizimlarining elementlar majmuasi.

Insoniyat faoliyatida insonni ehtiyojiga va talablariga javob beradigan turlicha sohalarga: sanoat, qishloq xo’jaligi, aloqa, transport, iqtisodiyot, siyosat, savdo, xarbiy texnika va boshqa sohalar kiradi. Bu sohalarning hammasida boshqarish asosiy o’rin tutadi.


Boshqarish deb – ma’lum bir ob’ektga yoki jarayonga kerakli natijani olish uchun ta’sir qilishga aytiladi.
Turli sohalarda boshqarish asoslari va xususiyatlarini o’rganuvchi fan boshqarish nazariyasi deyiladi. Boshqarish asosan ikkiga bo’linadi:
Tashkiliy texnologik boshqarish.
Texnik boshqarish.
Boshqarish asosan uchta tashkil etuvchiga asoslangan:

Boshqarish strategiyasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
1 – boshqarish ob’ekti va boshqarish natijalari haqida axborot olish.
2 – olingan axborotni qayta ishlash va qo’yilgan natijaga erishish uchun qaror qabul qilish.
3 – boshqarishni amalga oshirish.


Boshqarish nazariyasining asosiy tushunchalari va masalalari.

Boshqarish nazariyasida asosan 3 xil masala qaraladi:



  1. Analiz (taxlil)

  2. Sintez

  3. Modellashtirish

Analiz – sistemani xususiyatlarini, uning funktsiyalarini bajarilishini hamda boshqarish maqsadiga erishish sharoitlarini o’rganishdan iborat.
Sintez – ma’lum bir sistemalar to’plami ichidan berilgan talablarga mos keladigan yechimlarni topishdan iborat. Sintez ko’p variantli yechimga ega. Sistemalar sintezida unga qo’yilgan talab asosida sistemaning o’zi yaratiladi.
Modellashtirish – sistemaning modellari asosida sistemada kechayotgan jarayonlarni taxlil qilish. Model ma’lum bir ob’ekt element yoki sistemalarning xususiyatlarini ifoda etadigan shartli nusxa. Modellar fizik yoki matematik model bo’lishi mumkin. Matematik model sistemada kechayotgan jarayonlarni ifoda etadigan matematik formulalardan iborat.



Download 66.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling