1-Mavzu: Texnologiya fani dasturi bilan tanishtirish. Mavzu rejasi: Texnologiya fani milliy dasturi haqida


Download 1.35 Mb.
bet1/33
Sana22.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1219955
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
2 курс амалий УМК


1-Mavzu: Texnologiya fani dasturi bilan tanishtirish.
Mavzu rejasi:
1. Texnologiya fani milliy dasturi haqida
2. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida amaliy fanlar tavsifi
3. Maktab bitiruvchilariga amaliy fanlar boyicha qoyiladigan talablar.


Texnologiya fani milliy dasturi haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “Ta’lim - tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-sonli qarori ilovasining 4-bandiga ko‘ra “Maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim o‘quv dasturlari va fanlarning uzluksizligini ta’minlash” vazifasi belgilangan.
Qaror ijrosiga binoan texnologiya fani bo‘yicha O‘zbekston Respublikasi “Uuzluksiz ta’lim dasturlari” majmuasini tayyorlaning maqsad va vazifalari belgilandi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirliklari hamkorligida 15 nafar texnologiya fani mutaxassis olimlari, tajribali mutaxassislardan iborat ekspertlar guruhini tashkil etdi. Ular ko‘magida matematika fanidan har bir ta’lim turi uchun konsepsiyalar va alohida o‘quv dasturlari loyihalari tayyorlandi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi portaliga (http://www.uzviylik.tdi.uz) joylashtirildi. Portalga 90 ga yaqin taklif va mulohazalar kelib tushgan.
Uzluksiz ta’lim tizimida fan dasturlarining uzviyligi ta’minlanmaganligi ta’lim sifati va samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ta’lim turlariaro mavzularning takrorlanishi, ayrim mavzularga haddan ziyod ko‘p soatning ajratilgani, fan mazmuni deyarli nazariy ma’lumotlarga asoslanganligi hamda xalqaro tadqiqotlar singdirilmaganligi kabi muammolar aniqlandi. Xususan,
Texnologiya fanidan mavjud o‘quv dasturlari qiyosiy jadvallar asosida tahlil qilindi. Birlamchi tahlillarga ko‘ra takrorlangan mavzular 43 ta, uzviyligi ta’minlanmagan mavzular 83 ta, olib tashlanadigan mavzular soni 65 ta, yangi kiritishga yoki takomillashtirishga taklif etilgan mavzular soni 93 ta, xalqaro tadqiqotlar bo‘yicha kiritaladigan mavzular soni 95 ta ekanligi aniqlandi va dasturlar to‘g‘rilandi.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling