1 mavzu tibbiyot deontologiyasi asoslari. Hozirgi zamon tibbiyotida yatrogeniya, evtanaziya muammolari. Muloqot turlari. Klinika faoliyati bilan tanishish. Davolash muassasalari faoliyatini tashkil etish


Tarkibida mineral moddalar va C vitamin bo’lgan turpdan foydalanish


Download 347.64 Kb.
bet47/95
Sana04.08.2023
Hajmi347.64 Kb.
#1665095
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   95
Bog'liq
1 mavzu tibbiyot deontologiyasi asoslari. Hozirgi zamon tibbiyot-www.hozir.org

Tarkibida mineral moddalar va C vitamin bo’lgan turpdan foydalanish: yuvilgan turpning o’rtasi o’yiladi va ichiga 2 osh qoshiq asal quyiladi, idishga vertikal holatda joylashtirib, qalin qog’oz bilan yopiladi va 3—4 soat mobaynida damlanadi, so’ngra ajralib chiqqan sharbatni ovqatgacha va uyqudan oldin kuniga 3—4 maxal 1 choy qoshiqdan ichiladi.
Quruq yo’talni yumshatuvchi vosita: 1 osh qoshiq shakarni olib, shakar to’q jigarrang tusga kirguncha olov ustida ushlab turiladi va issiq sut solingan idishga qo’shiladi, hosil bo’lgan massani to’liq so’rilguncha og’izda ushlab turiladi.
Asalli terapiya: sabzi sharbati asal bilan yaxshilab aralashtiriladi (1:1), kuniga 2—3 mahal 1— 2 osh qoshiqdan ichiladi.
Balg’am yaxshi ko’chmaganda: 1 osh qoshiq qora andiz ildizi 1 stakan qaynoq suvga qo’shiladi, 30 daqiqa qaynatiladi, suzgichdan o’tkazilib, kuniga 2—3 mahal 1ҳ4 stakandan ichiladi.
Qo’shimcha vositalar: ko’krak qafasiga xantallar (gorchichnik), bankalar qo’yish.


BRONXIT
Bronxit — bronxlar shilliq qavatining yallig’lanishi, bo’rtib, shishadi. Bronxit surunkali va o’tkir bo’ladi. O’tkir bronxitni doimo burun-halqumda bo’luvchi mikroorganizmlar qo’zgatadi va odam juda qattik sovuq qotganda kasallik avj oladi.
O’tkir bronxit. O’tkir bronxitning asosiy belgisi — yo’tal. U quruq (balg’am ko’chmasdan) va ho’l (balg’am ajralishi bilan) bo’lishi mumkin. Balg’am, odatda yiringli va yopishoq bo’ladi. Balg’am ko’chgandan keyin bemorning holati yengillashadi.
Belgilar:
— kecha-yu kunduz bemorni bezovta qiluvchi yo’tal, tana haroratining bir oz ko’tarilishi;
— ko’krak qafasida og’riqlar, quvvatsizlik ishtaha pasayishi;
— bosh og’rig’i, et uvushish, mehnat qobiliyatining pasayishi.
Odatda o’tkir bronxit 7—10 kun davom etadi.
Bronxit bilan kasallangan bemorni parvarish qilish
1. Harorat ko’tarilganda yotish rejimi tayinlanadi. Bemorni issiq qilib o’rash zarur.
2. Yelvizakdan va haddan tashqari sovqotishdan saqlanish lozim.
3. Xonadagi havo toza bo’lishi, xonani kuniga bir necha marta shamollatish lozim.
4. Ovqat iliq yuqori quvvatli bo’lishi kerak.
5. Bemorga kuniga bir necha marta qaynatilgan sut yarmiga borjom qo’shib beriladi, 1 osh qoshiq asal qo’shish ham mumkin.
6. Ingalyatsiya qilinadi — 1 choy qoshiq iste’mol sodasi yoki suvga bir oz miqdorda evkalipt qo’shilgan suv bug’i bilan nafas olinadi.
7. Balg’amni yig’ish uchun bemorda cho’ntak tuflagichi bo’lishi kerak. Balg’amni dastro’molga tuflash tavsiya qilinmaydi, chunki dastro’mol bemor yonidagi odamlar uchun infeksiya o’chogi bo’lib qoladi.

Download 347.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling