1 mavzu tibbiyot deontologiyasi asoslari. Hozirgi zamon tibbiyotida yatrogeniya, evtanaziya muammolari. Muloqot turlari. Klinika faoliyati bilan tanishish. Davolash muassasalari faoliyatini tashkil etish


Arterial bosimi oshgan bemorlarga yordam berishda quyidagilarni e’tiborga olish zarur


Download 347.64 Kb.
bet71/95
Sana04.08.2023
Hajmi347.64 Kb.
#1665095
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   95
Bog'liq
1 mavzu tibbiyot deontologiyasi asoslari. Hozirgi zamon tibbiyot-www.hozir.org

Arterial bosimi oshgan bemorlarga yordam berishda quyidagilarni e’tiborga olish zarur:
1. Ruhiy tinchlik, chuqur va davomli uyquni ta’minlash muhim ahamiyatga ega.
2. Bemorning ratsionida osh tuzi cheklanadi; dudlama, achchiq taomlar, kuchli bulyonlar man qilinadi; semirib ketishning oldini olish uchun ovqatning energetik qiymatini kamaytirish zarur.
3. Asab tizimi va tomir tonusi regulyatsiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatishi sababli spirtli ichimliklar ichish va tamaki chekish qat’iyan man qilinadi.
4. Davolovchi terapiya tayinlanganda bemor qabul qilish qoidalari, organizmning mumkin bo’lgan reaksiyalari (arterial bosim normadan pastga tushishi, siydik haydovchi dorilar ta’siri va boshqalar) haqida to’liq ma’lumotlarga ega bo’lish kerak.
5. Arterial bosimning ishchi raqamlarida bemorlar odatdagi ishlarini bajarishlari mumkin; bo’sh vaqtning bir qismini toza havoda o’tkazishlari zarur; uzoq bo’lmagan piyoda sayr qilish foydali.


Simptom. Arterial bosimning pasayishi
Kollaps — arterial bosimning keskin pasayishi va periferik qon aylanish buzilishi bilan kuchli tomir yetishmovchiligi. Kelib chiqish sabablari: ko’p miqdorda qon yo’qotish, shikastlanish, miokard infarkti, zaxarlanish, o’tkir infeksiyalar va yurak ritmining buzilishi. Kollaps bemorning o’limiga sabab bo’lishi mumkin.
Bemorning tashqi ko’rinishi: yuz bichimlari uchli, terining rangi och-kulrang, mayda ter tomchilari, oyoq-qo’llar sovuq, ko’kimtir rangda. Bemor lanj, sust; nafas olishi tezlashgan, yuzaki; puls tez-tez urib turadi; arterial bosim tushib ketadi.
Arterial bosim pasayganda birinchi yordam
1. Zudlik bilan shifokorni chaqirtiring.
2. Toza xavo kirishini ta’minlang.
3. Bemorni gorizontal holatda yotqizing (boshi ostidan yostiqlarni olib tashlang).
4. Oyoq-qo’llariga grelka qo’ying, bemorning ustini yopib qo’ying.
Sababini aniqlab, uni bartaraf qiling.



  1. Download 347.64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling