1 mavzu tibbiyot deontologiyasi asoslari. Hozirgi zamon tibbiyotida yatrogeniya, evtanaziya muammolari. Muloqot turlari. Klinika faoliyati bilan tanishish. Davolash muassasalari faoliyatini tashkil etish


Download 277.97 Kb.
bet36/87
Sana28.10.2023
Hajmi277.97 Kb.
#1730647
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   87
Bog'liq
1-курс ЛОТИН ўзбекча КИТОБ тайёр

Muolaja. Burunga kukun tortish
Maqsad: bemorning burniga qurituvchi moddalarni kiritish.
Tayyorgarlik: muolaja mohiyatini bemorga tushuntiring.
Bemorning holati: o’tirib.
Bajarilishi:
1. Kukunning nomini o’qing.
2. Kukun o’ralgan qog’ozni oching.
3. Bemordan burunning o’ng qanotini yopishni iltimos qiling.
4. Kukunni qog’oz ustida burunning chap teshigiga yaqinlashtiring.
5. Bemordan og’izni yopib, chuqur bo’lmagan nafas olishni va kukunning bir qismini burunga tortishini iltimos qiling.
6. Ushbu muolajani kukunni burunning o’ng yo’liga kiritishda takrorlang.
7. Burundan kukunning qoldiqlarini salfetka bilan olib tashlang, bemordan ahvolini so’rang, qo’lingizni yuving.
Simptom. Burun qonashi
Burun qonashi ko’pincha burunning shilliq qavati shikastlanganda, aksirish, tumovda paydo bo’ladi yoki qon kasalligi, gipertoniya, jigar sirrozi kechishini qiyinlashtiradi. Qon ko’p ketganda qon og’iz bo’shlig’iga tushib, qisman yutib yuboriladi, natijada qon qusish va qatronsimon najas paydo bo’lishi mumkin. Qon ketishi o’tkir kamqonlik belgilari paydo bo’lishiga (bosh aylanishi, chanqash, rang oqarishi, puls tezlashuvi), qon nafas olish yo’llarining aspiratsiyasiga olib kelishi mumkin.
Burun qonashida birinchi yordam
1. Bemorni o’tkazib qo’ying, uni tinchlantirib, gaplashmaslikni, yo’talmaslikni, burun qoqmaslikni, keskin harakatlar qilmaslikni iltimos qiling.
2. Bemorga yarim o’tirish holatini yarating, boshini pastga eging. Agar bemor hushidan ketgan bo’lsa, uni yotqizib, boshini yonboshiga o’giring va transportda olib ketish vaqtida qo’lingiz bilan ushlab keting.
3. Burun va kanshar soxasiga muz solingan xaltacha yoki sovuq suvga ho’llangan toza matoni kuying.
4. Burun to’sig’iga 3—5 daqiqa bosing, bosh biroz oldinga engashtiriladi; og’izga tushgan qonni bemor tuflab tashlaydi; bemorga burun bilan nafas olish va burun qoqish man qilinadi; samara bo’lmaganda burun ichiga adrenalin eritmasi bilan ho’llangan paxta turundalari yoki vazelin bilan moylangan quruq tamponlar kiritiladi va burun yo’llari tamponlanadi (tamponlarni 3 foizli vodorod peroksidi bilan ho’llash mumkin).
Burun yo’lini tamponlashning yana bir usuli: 3—5 sm li vazelin moyi bilan ho’llangan sterillangan doka bintni yoki uzun doka salfetkani qisqich bilan burunga chuqur kiritiladi; bintning keyingi har qavatini avvalgi qavatiga shunday joylashtiringki, burunning butun bo’shlig’i tamponlangan bo’lsin. Tampon burun bo’shilig’ida 1 kecha-kunduz mobaynida qolishi mumkin.
Qayd qilingan tadbirlar samara bermasa bemorni shoshilinch ravishda kasalxonaga yotqizish zarur.

Download 277.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling