1 mavzu tibbiyot deontologiyasi asoslari. Hozirgi zamon tibbiyotida yatrogeniya, evtanaziya muammolari. Muloqot turlari. Klinika faoliyati bilan tanishish. Davolash muassasalari faoliyatini tashkil etish


Download 277.97 Kb.
bet32/87
Sana28.10.2023
Hajmi277.97 Kb.
#1730647
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   87
Bog'liq
1-курс ЛОТИН ўзбекча КИТОБ тайёр

Nafas olish turlari
Nafas olish — organizmga kislorodning uzluksiz kelib turishini va karbonat angidrid hamda suv bug’larining chiqishini ta’minlovchi asosiy hayotiy jarayon. Nafas olish vaqtida ko’krak qafasi hajmi qaysi yo’nalishda o’zgarganligiga qarab, nafas olishning ko’krak (ko’proq ayollarda), qorin (ko’proq erkaklarda) va aralash turlari mavjud. Nafas olishning aralash turida o’pkalarning barcha bo’linmalari bir maromda ventilyatsiyalanadi. Nafas olish turlari inson hayotining turli xil omillari va atrof-muhit ta’siri ostida yuzaga keladi.
Jismoniy mashqlarning foydasi. Muntazam ravishdagi jismoniy mashqlar yurak va o’pkani mustahkamlaydi, ularning ish qobiliyatini va turli xil kasalliklarga qarshilik ko’rsatish qobiliyatini oshiradi. Yaxshi jismoniy holat va kayfiyatga erishish uchun haftasiga bir xil oraliqdagi 20 daqiqali jismoniy mashqlar yetarli. Mashqlarni ter chiqib, nafas olish va yurak urishi tezlashguncha, shiddatli ravishda bajaring, biroq hech qachon bosh aylanish va hushdan ketish darajasigacha kuch bilan shug’ullanmang.
FUNKSIONAL HOLATNING BAHOLANISHI


Nafas olish tavsiflari
Nafas olish ritmi, turi, tezligi va chuqurligi yetarli gaz almashinuvini ta’minlaydi va o’zaro uzviy bog’liq. Tez-tez, yuzaki nafas olishda gaz almashinuvi kamayadi, siyrak lekin chuqur nafas harakatlarida giperventilyatsiya kelib chiqishi mumkin. Nafas olish markaziy asab tizimi tomonidan tartibga solinadi. Bosh miya funksiyasi buzilganda nafas to’xtab qolishi mumkin, natijada shoshilinch yordam zarur bo’ladi.
Me’yoriy nafas olish bir maromda kechadi. Nafas olish harakatlarining ritmi, tezligi vа chuqurligining buzilishi nafas qisishiga olib keladi.
Shoshilinch shifokor yordami zarur bo’lganda nafas olishning o’zgarishlari:
1. Uzoq vaqt hushdan ketish, og’ir koma vaqtida chuqur nafas olish harakatlari va baland shovqinlar bilan bir maromda chuqur va siyrak nafas olish.
2. Nafas olish markazining funksiyasi buzilganda o’qtin-o’qtin nafas paydo bo’ladi va u ikki xil bo’lishi mumkin:
— bir maromdagi chuqur nafas olish harakatlari, uzoq muddatli tanaffuslar bilan vaqtning taxminan bir xil oralig’ida navbatma-navbat keladi;
- uzoq muddatli (bir necha sekunddan bir daqiqagacha) nafas olish tanaffusidan so’ng avval shovqinsiz yuzaki nafas paydo bo’ladi, so’ngra chuqurligi bo’yicha tez oshib, shovqinliga aylanadi va 5—7 daqiqada maksimumga erishadi, keyin shu ketma-ketlikda kamayib, so’ng qisqa vaqtli pauza bilan tamomlanadi. Pauza vaqtida bemorlar hushdan ketadilar yoki atrof-muhitni turli holatlarda baholay olmaydilar. Nafas olish tiklanganda es-hush qayta tiklanishi mumkin.

Download 277.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling