Fan va inovatsiyalar vazirligi


Download 84.4 Kb.
bet1/3
Sana21.09.2023
Hajmi84.4 Kb.
#1683651
  1   2   3
Bog'liq
Atrof muxit ifloslanishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM
FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI


Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Atrof-muhit ifloslanishini taqsimlanishi

Bajardi: I.Mahmudjonov



Toshkent – 2023
Reja:


1. Atrof-muhit ifloslanishini taqsimlanishi.
2. Ifloslantiruvchi moddalarga nisbatan siyosat.
3. Atrof-muhit ifloslanishini turli kimyoviy moddalardan tozalash usullari.
4. Ifloslantiruvchi taksonomiya.
5. Atmosferadagi chang va gazlarning hosil
bo‘lishi va aylanish holati.

1.Atrof-muhit ifloslanishini taqsimlanishi:
Atmosferaning ifloslanishi deganda havoga begona birikmalarning qo‘shilishi natijasida uning fizik va kimyoviy xususiyatlari o‘zgarishi tushuniladi. Atmosfera tabiiy va sun’iy yo‘llar bilan ifloslanadi. Vulqonlar otilishi, chang-to‘zonlar, o‘rmon va dashtlardagi yong‘inlar, o‘simlik changlari, mikroorganizmlar, kosmik chang va boshqalar tabiiy ifloslanish manbalaridir. Sun’iy ifloslanish manbalariga energetika, sanoat korxonalari, transport, maishiy chiqindilar va hokazo kiradi. Hozirgi kunda atmosferaning sun’iy ifloslanish darajasi tez oshib bormoqda. Atmosferaning mahalliy, mintaqaviy va umumsayyora- viy ifloslanishi kuzatiladi. Agregat holatiga ko‘ra, atmosferani ifloslovchi birikmalarni 4 guruhga bo‘lish mumkin: qattiq, suyuq, gazsimon va aralash birikmalar.
Havoning ifloslovchi asosiy modda va birikmalarga: aerozollar, qattiq zarrachalar, qurum, azot oksidlari, uglerod oksidlari (CO,CO2), oltingugurt oksidlari, xlorftor uglevodorodlar, metall oksidlari va hokazo kiradi. Atmosferaga 10 minglab turli modda va birikmalar chiqarilgan bo‘lib, ularning o‘zaro birikib hosil qilgan aralashmalari to‘la o‘rganilmagan. Bunday noma’lum birikmalarning tirik jonzotlarga, shu jumladan, inson sog‘lig‘iga zararli ta’siri aniq baholangan emas. Havoning kuchli ifloslanishi insonlar sog‘lig‘iga, barcha jonzotlarga, albatta, salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shaharlar va sanoatlashgan hududlarda kishilar o‘rtasida surunkali bronxit, emfizema, nafas qisishi va o‘pka raki kasalliklari ko‘payishi kuzatiladi. Ko‘z kasalliklarining va bolalar o‘rtasida umumiy kasalliklarning ortishi qayd qilingan. Atmosferadagi turli zararli gazlar o‘simlik va hayvonlarga ham zarar yetkazadi. Oltingugurt gazi, ftorli vodorod, ozon, xlor, qo‘rg‘oshin va boshqalar o‘simliklarga, ayniqsa, kuchli ta’sir ko‘rsatadi. O‘simliklarning nobud bo‘lishi, hosilining kamayishi, fotosintezning o‘zgarishi kuzatiladi. Havoning kuchli ifloslanishi ba’zi uy hayvonlarining nobud bo‘lishiga olib keladi. Atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalarning inson organizmiga bevosita yoki bilvosita zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan miqdori ruxsat etilgan chegaraviy miqdor (REChM) deb yuritiladi. Bunda zararli birikmalarning insonning mehnat faoliyatiga va kayfiyatiga putur yetkazmasligi nazarda tutilgan.
Havo ifloslanishining muntazam REChMdan yuqori bo‘lishi aholi kasallanish darajasining keskin ortishiga olib keladi. Aholi yashash joylarida havoning ifloslanganlik darajasi va ta’siri REChM ko‘rsatkichlari bo‘yicha belgilanadi. Masalan, (mg/m3) is gazi – 0,01, oltingugurt gazi – 0,05, xlor – 0,03, fenol – 0,01, formaldegid – 0,03, qurum – 0,05 va hokazo. REChM ko‘rsatkichlari turli davlatlarda turlicha bo‘lishi mumkin. Hozirgi kungacha atmosfera havosidagi 600 ta kimyoviy moddaning REChMlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, 38 ta moddalarning birlashib ta’sir qilishi o‘rganilgan bo‘lib, ular uchun me’yorlar belgilangan.
Ayrim hududlarda havoning harakatsiz turib qolishi natijasida kuzatiladigan zaharli tuman – smog insonlar sog‘li- g‘iga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsa- tadi. 1952-yili 5-9- dekabrda Londonda yuz bergan smog oqibatida 4000 dan ortiq kishi nobud bo‘lgan. Keyingi yillarda dunyoning turli yirik shaharlari- da London tipidagi smog va Los-Anjelos tipidagi smog qayd qilingan. Oxirgi 10-15 yil ichida kislotali yomg‘irlar ayrim davlatlarda haqiqiy ekologik falokatga aylanib qoldi. Har qanday qazilma yoqilg‘i yondirilganda chiqindi gazlar tarkibida oltingugurt va azot oksidlari ko‘p bo‘ladi. Atmosferaga millionlab tonna chiqarilayotgan bu birikmalar yomg‘irni kislotaga aylantiradi. So‘nggi yillarda AQSh, Kanada, Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda kislotali yomg‘irlar ta’sirida katta maydondagi o‘rmonlar quriy boshladi. Bunday yomg‘ir hosildorlikni pasaytiradi, binolar, tarixiy yodgorliklarni yemiradi, inson sog‘lig‘iga zarar yetkazadi. Kislotali yomg‘irlarni uzoq masofalarga ko‘chishi natijasida turli davlatlar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda.
Oxirgi 10-15 yil ichida kislotali yomg‘irlar ayrim davlatlarda haqiqiy ekologik falokatga aylanib qoldi. Har qanday qazilma yoqilg‘i yondirilganda chiqindi gazlar tarkibida oltingugurt va azot oksidlari ko‘p bo‘ladi. Atmosferaga millionlab tonna chiqarilayotgan bu birikmalar yomg‘irni kislotaga aylantiradi. So‘nggi yillarda AQSh, Kanada, Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda kislotali yomg‘irlar ta’sirida katta maydondagi o‘rmonlar quriy boshladi. Bunday yomg‘ir hosildorlikni pasaytiradi, binolar, tarixiy yodgorliklarni yemiradi, inson sog‘lig‘iga zarar yetkazadi. Kislotali yomg‘irlarni uzoq masofalarga ko‘chishi natijasida turli davlatlar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda.
Ushbu ekologik xatarni bartaraf qilish uchun mahalliy, xalqaro miqyosda tadbirlar o‘tkazilmoqda. Kislotali yomg‘irlar O‘zbekiston hududida ham qayd qilingan. Fotokimyoviy smog deganda sanoat va transport chiqindi gazlarining quyosh nurlari ta’sirida reaksiyaga kirishib, xavfli birikmalarni hosil qilishi tushuniladi. Jumladan, ozon, formaldegid va boshqa birikmalarning hosil bo‘lishi va miqdorining ortishi kuzatiladi. Atmosfera havosining ifloslanishi turli ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Insonlar sog‘lig‘ining yomonlashuvi, binolar, tarixiy obidalarning yemirilishi, o‘simlik va hayvonlarning yemirilishi va boshqa hodisalar katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Faqatgina AQShda havoning ifloslanishi inson sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonni hisobga olmaganda, yiliga 30 mlrd. AQSh dollaridan ortiq moddiy zarar yetkazadi. Atmosfera havosi o‘z-o‘zini tozalash xususiyatga ega. Lekin uning bu imkoniyati cheklangan. Yuqori darajadagi texnogen ifloslanishni bartaraf qilish insonlarning o‘zlari amalga oshirishlari lozim bo‘lgan vazifadir. Havo ifloslanishining oldini olish va kamaytirishning turli yo‘llari mavjud. Korxonalarda tozalash qurilmalari o‘rnatiladi, zararli korxonalar shahar chekkasiga chiqariladi. Ishlab chiqarish texnologiyasi o‘zgarishi, ayniqsa, chiqindisiz texnologiyaga o‘tishi ushbu muammoni hal qilishning eng istiqbolli yo‘li hisoblanadi. Hozirgi vaqtda havoning ifloslanishida avtotransportlarning hissasi ortib bormoqda. Dunyo bo‘yicha 8 mln. dan ortiq avtomobil har kuni havoga 100 minglab tonna zararli birikmalar chiqaradi.
Avtomobil tutunida 200 dan ortiq zararli birikmalar mavjud. Havoni muhofaza qilish (chang-gazni tozalash uskunalarini amalga joriy qilish, avtomobillarni gazli yonilg‘iga o‘tkazish, foydalanilayotgan dizel avtomobillari ulushini ko‘paytirish, harakat tarkibini yangilash, Farg‘ona NQIZ tomonidan etilsiz benzin turlari chiqarilishini o‘zlashtirishning tugallanishi, alohida temiryo‘l uchastkalarini elektr energiyasiga o‘tkazish, OBMni qo‘llashni tugatish milliy dasturini, bug‘xona gazlari tashlamalarini qisqartirish milliy dasturini amalga oshirish) tadbirlarini bajarish natijasida, umuman, respublika bo‘yicha havo havzasini muhofaza qilish sohasidagi ekologik holat barqarorlashishi tamoyili kuzatilmoqda.






2.Ifloslantiruvchi moddalarga nisbatan siyosat:
O‘zbekiston Respublikasida atmosfera havosining ifloslanishi eng asosiy ekologik muammolardan hisoblanadi. Shaharlarning, asosan, tog‘oldi va tog‘ oraliq botiqlarida joylashganligi, iqlimning issiq va quruqligi O‘zbekistonda atmosfera havosi ifloslanishining nisbatan yuqori bo‘lishiga olib keladi. O‘zbekistonda atmosfera havosi, ayniqsa, aholi, sanoat va transport yuqori darajada to‘plangan Toshkent va Farg‘ona iqtisodiy hududlarida kuchli ifloslangan. Metallurgiya, kimyo va mashinasozlik markazlari bo‘lgan Olmaliq, Toshkent, Farg‘ona, Bekobod, Andijon, Chirchiq, Navoiy shaharlarida havoning ifloslanish darajasi ancha yuqori. Bir qator zararli birikmalar bo‘yicha ko‘rsatkichlari RECHMdan yuqori bo‘lgan bu shaharlarning ba’zilarida fotokimyoviy smog xavfi mavjud.
O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tishi va so‘nggi yillarda turli ekologik tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida atmosferaga tashlanadigan chiqindilar miqdorining kamayishi kuzatiladi. Agar 1990-yil atmosferaga harakatlanadigan va turg‘un manbalardan 4 mln. tonnadan ortiq zararli birikmalar chiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1995-yilda 2 mln. tonnagacha kamaygan. Atmosferaga tashlanadigan chiqindilar miqdorining kamayishi sanoat korxonalari quvvatining pasayishi va transportda yuk tashish hajmining tushib ketishi bilan ham bevosita bog‘liqdir. O‘zbekistonda atmosfera havosiga xilma-xil birikmalar chiqariladi. Zararli birikmalarning 50 %dan ortig‘i uglerod oksidi, 15 % uglevodorodlar, 15 % oltingugurt angidridi, 9 % azot oksidlari, 7 % qattiq birikmalar va 4 % o‘ta zaharli birikmalarga to‘g‘ri keladi.
Vatanimiz hududi Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston va boshqa qo‘shni mamlakatlardan keladigan zararli birikmalar bilan ham ifloslanadi. So‘nggi yillarda olib borilayotgan tadqiqotlar O‘zbekistonning tog‘li hududlarida, Toshkent shahri ustida ozon miqdorining 10-12 % kamayganligini ko‘rsatadi. Orol dengizining qurigan tubidan ko‘tarilayotgan chang va tuzlar ham juda katta maydonda havoning ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekistonda atmosfera havosini muhofaza qilish ustuvor masalalardan biri hisoblanadi. Havo ifloslanishini kuzatish va nazorat qilish – monitoring yaxshi yo‘lga qo‘yilmoqda. Korxonalar uchun havoni belgilangan miqdordan ortiqcha ifloslangani hollarida to‘lov va jarimalar belgilangan. O‘zbekistonda atmosferani muhofaza qilish to‘g‘risida maxsus qonun qabul qilingan.



Download 84.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling