1 mavzu tibbiyot deontologiyasi asoslari. Hozirgi zamon tibbiyotida yatrogeniya, evtanaziya muammolari. Muloqot turlari. Klinika faoliyati bilan tanishish. Davolash muassasalari faoliyatini tashkil etish


Ogohlantirish: Quyidagi hollarda havo nafas yo’llariga kira olmaydi


Download 277.97 Kb.
bet52/87
Sana28.10.2023
Hajmi277.97 Kb.
#1730647
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87
Bog'liq
1-курс ЛОТИН ўзбекча КИТОБ тайёр

Ogohlantirish: Quyidagi hollarda havo nafas yo’llariga kira olmaydi:
yot jism nafas yo’llarini hiqildoqgacha yopgan bo’lsa havo me’daga o’tadi; tezlik bilan operatsiya—traxeotomiya qilish lozim.
og’zingiz bilan bemorning og’zini qattiq yopmaganingizda;
bosh egilganda yoki tez-tez nafas berilganligi natijasida havo me’daga tushadi.
Tish protezlari bemorning og’zida yordam beruvchining og’zi bilan qattiqroq aloqada bo’lish uchun qoldiriladi. Zarar ko’rgan qusishni boshlasa, uni yonboshiga ag’darib, og’iz bo’shlig’ini tozalash va o’pkaning sun’iy ventilyatsiyasini davom ettirish lozim.
O’pkalarni sun’iy ventilyatsiya qilish paytida uyqu arteriyasidagi puls tekshiriladi. Agar puls bo’lib, nafas olish bo’lmasa, yordam yetib kelguncha o’pkaning sun’iy ventilyatsiyasi davom ettiriladi, puls ham bo’lmasa, ventilyatsiya bilan birgalikda yurakning bilvosita massaji boshlanadi.
Chekish va uning organizmga zarari
Chekuvchi kishi chekishning salomatlikka ta’sir ko’rsatishi haqida bilishi kerak. Tamaki tutuni organizm uchun 3 ta zararli moddaga ega: qatron (smola), nikotin va uglerod oksidi.
Yopishqoq chiqindi ko’rinishidagi qatron yuqori nafas yo’llari va o’pkalarni to’sib qo’yadi va qo’zg’atadi, surunkali bronxit va emfizema rivojlanishiga olib keladi. Bundan tashqari, qatronning toksik komponentlari tomir yo’liga suriladi va tushadi, so’ngra siydik bilan chiqib ketadi. Siydik pufagida shunday zararli moddalarning mavjudligi siydik pufagi rakining rivojlanishiga olib keladi.
Nikotin — kuchli narkotik modda bo’lib, u asab tizimiga ta’sir qiladi va yurak qisqarishlari tezligini oshirib, yurak aritmiyasi xavfini, tomirlar spazmini paydo qiladi, yurak kqskarishining tezligini oshirib yurak aritmiyasining rivojlanish xavfi bilan asab tizimiga ta’sir ko’rsatadi, tomirlar spazmini paydo qiladi.
Uglerod oksidi, tamaki tutunidan qon yo’liga o’tib, eritrositlarning organizm to’qimalariga kislorod yetkazish qobiliyatini pasaytiradi va qon aylanish sistemasining turli kasalliklari paydo bo’lishini kuchaytiradi.

Download 277.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling