Qiyaliklar turg’unligini aniqlashga oid yechimlar
Download 14.16 Kb.
|
Qiyaliklar turg’unligini aniqlashga oid yechimlar-fayllar.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiyalikdagi gruntlarning surilish sabablari asosan quyidagilardir
Qiyaliklar turg’unligini aniqlashga oid yechimlar QIYALIKLAR TURG’UNLIGINI ANIQLASHGA OID YECHIMLARREJA:1. Qiyalikdagi gruntlarning surilish sabablari. 2. Erkin qiyaliklar turg‘unligini aniqlash. 3. Ideal sochiluvchan gruntlar turg‘unligi. 4. Ideal zarralararo bog‘langan gruntlar turg‘unligi. Qiyalikdagi gruntlarning siljishi, kotlovan (havza)lar, handaklar qaziganda, turli xil gruntlardan inshootlar barpo etishda (mas: suv to‘g‘onlari, yo‘l qurilishlari va h.k.), tabiiy do‘ngliklar etaklaridagi tirgak qismini suv yuvib ketganda, yoki biror bir qurilish uchun olib tashlanganda, xullas, gruntlarning tabiiy muvozanati buzilganda ro‘y berishi mumkin.Qiyalikdagi gruntlarning siljishi, kotlovan (havza)lar, handaklar qaziganda, turli xil gruntlardan inshootlar barpo etishda (mas: suv to‘g‘onlari, yo‘l qurilishlari va h.k.), tabiiy do‘ngliklar etaklaridagi tirgak qismini suv yuvib ketganda, yoki biror bir qurilish uchun olib tashlanganda, xullas, gruntlarning tabiiy muvozanati buzilganda ro‘y berishi mumkin. Agarda, qiyalik burchagi zarur bo‘lganidan kichik olinsa, qurilish qimmatga tushadi, katta olinsa gruntlar suriladi, turg‘unlikni yo‘qotadi. Shuning uchun, zarur bo‘lgan optimal qiyalik burchagini aniqlash talab etiladi. Qiyalikdagi gruntlarning surilish sabablari asosan quyidagilardir:Qiyalikdagi gruntlarning surilish sabablari asosan quyidagilardir:Kotlovan, handak qazishda, qiyalik burchagini zarur bo‘lganidan katta olinishi; Adirlar, qiyaliklar, qirg‘oqlar etaklarini suv olib ketishi; Qiyalikdan oqayotgan suv bosimini ortishi; Qiyalikdagi gruntlarning namlanishi tufayli g‘ovakliklari suvga to‘lib, solishtirma og‘irligini ortishi; Qiyalikdagi gruntlarning namlanishi tufayli ularning zarralararo bog‘lanish kuchi bilan ichki ishqalanish burchagining kamayishi; Qiyalikdagi yoki unga yaqin maydonlarda inshootlar barpo etilishi yoki qurilish ashyolarini to‘kilishi natijasida qiyalikka uzatilayotgan yukning ortishi; Qiyalikda va uning yaqinida qurilish mashinalari yoki uskunalaridan tarqalayotgan dinamik yoki zilzila kuchi ta’sirida ro‘y berishi mumkin. Ayrim hollarda, qiyalikdagi gruntning surilishiga, yuqoridagi omillarning bir nechtasi (bir vaqtda ) ta’sir etishi mumkin. Erkin qiyaliklar turg‘unligi. Elementar masalalar. Qiyaliklar turg‘unligini baholash uchun, gruntlarni ikkita (ideallashtirilgan) turga ajratib qarash lozim bo‘ladi: Ideal sochiluvchan gruntlar (c=0;φ≠0). Shunday gruntdan tashkil topgan qiyalikda biror bir og‘irligi R bo‘lgan M qattiq zarracha erkin yotgan bo‘lsin. Download 14.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling