4-ma’ruza Mavzu: Suv haydab qatlam bosimini saqlash tavsifi Reja
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Uyumga chegara orti va chegara ichki qismida suv haydash.
4-ma’ruza Mavzu: Suv haydab qatlam bosimini saqlash tavsifi Reja: 2.1.Uyumga chegara orti va chegara ichki qismida suv haydash. 2.2.Uyumning yuqori qismiga gaz yoki havo haydash. 2.1. Uyumga chegara orti va chegara ichki qismida suv haydash. Uyumdan neft qazib olish sur’atini oshirish va uning oxirgi neft beraoluvchanligini oshirish maqsadida qatlamga suv, gaz yoki havo haydab qatlam bosimini tiklab turish usullaridan foydalaniladi. Ko’p hollarda qatlam bosimini ushlab turish maqsadida uyumning chegara ortki qismiga suv haydash usuli qo’llaniladi. Ayrim hollarda chegara ortidan suv haydash usuli, chegara ichi yoki markazdan o’choq usulida suv haydash usullari bilan to’ldiriladi. CHegara orti va chegara ichki qismidan suv haydash natijasida uyumga qo’shimcha energiya bilan ta’sir qilinadi va uyumni yuqori sur’at bilan ishlashiga yordam beradi. Gaz do’ppili neft uyumi yoki tog’-jinslari katta burchak ostida tushgan uyumlarning yuqori qismiga gaz haydash, unda bosimni ushlab turish va quduq debitini o’zgarishsiz ushlab turish yoki oshirish uchun imkon yaratadi. Qatlam energiyasini saqlash maqsadida qatlamga sun’iy ta’sir etish uchun uyumni ishlatishni dastlabki davrlaridan ishchi agent haydaladi. Bu qatlam bosimini yuqori darajada ushlab turish, ya’ni boshlang’ich qatlam bosimga yaqinroq, quduqni yuqori debitliligini va shu bilan birgalikda neft beraoluvchanlik koeffisientini yuqori bo’lishini ta’minlaydi. Uyumga chegara ortidan suv haydashda qatlamga suv tashqi neftlilik chegarasida joylashtirilgan maxsus haydovchi quduqlarda amalga oshiriladi. (1- rasm) 1-rasm.CHegara ortki qismidan suv haydash tarxi. 1-neft quduqlari; 2-haydovchi quduqlar;3-nazoratchi quduqlar;4-ichki neftlilik chegarasi; CHegara ortki qismidan suv haydash yaxshi o’tkazuvchan, tektonik buzilishlari bo’lmagan qum yoki qumtoshlardan tuzilgan qatlamlarda yaxshi natija beradi. Ohaktoshlardan tuzilgan qatlamlarda chegara ortidan suv haydash hamma vakt ham samarali chiqmaydi. CHunki, qatlamning ayrim qismlari bir-biri bilan teshiklar yoki yoriqlar bilan boglanmagan bo’lishi mumkin. Ayrim hollarda chegara qismidagi tog’ jinslari yaxshi o’tkazmas bo’lsa, uxolda haydovchi quduqlar o’tkazuvchanligi yaxshi bo’lgan neftli qatlam ichiga joylashtiriladi. Qatlamga suv haydashning bunday usulini chegra ichki qismidan suv haydash usuli deb ataladi. Haydovchi quduq chizig’ida hosil qilingan yuqori bosim yaqin chiziqda joylashgan ikki-uch quduqqa faol ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun chegara ortidan suv haydash qo’llanilayotgan katta neft uyumlarini ishlatishning dastlabki davrlarida ikki-uch tashqi qator ishlatish quvurlari burgulanib, markaziy qismda burgilanmaydi. YUqorida aytib o’tilgan chegara ortidan suv haydash neft uyumini ishlatish tizimida tashqi qator quduqlarini suv bosgandan keyin markazdan quduq kaziladi. Uyumni bunday ishlatish tartibi qatlam energiyasidan maksimal foydalanish imkonini beradi. Bu usulning kamchiligi markaziy qismdagi quduqlar konservasiyada turadi, uyumning ishlash vaktini uzaytiradi. SHuning uchun chegara orti va chegara ichki qismidan suv xaydab ishlatish usuli uncha katta bo’lmagan uyumlarda, ya’ni xar bir haydash chizig’iga ikki, uch ko’p bo’lsa to’rt qator quduq joylashadigan uyumlarda yaxshi samara beradi. Qatlamga sun’iy ta’sir etish usullari bilan neft konini ishlatishni jadallashtirish uchun chegara ichki qismi bilan chegara ortki qismiga suv xaydab ishlatishning bir nechta turlaridan foydalaniladi. Bunday jadallashtirishning eng ko’p tarqalgan usuli uyumni sun’iy «kesish» usuli, ya’ni suv xaydab uyumni bir necha bo’laklarga bo’lib, xar bir bo’lakni aloxida ishlatish usulidir. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling