Ko`ngil aynishi
Ko`ngil aynishi(lot. nausea) – ko`krak osti, ko`krak, halqum va og`iz bo`shlig`ida noqulaylik bo`lib, ko`pincha qusish bilan davom etadi. Ko`ngil aynishi so`lak oqishi, teri qoplamlari oqarishi, yuqori teri ajralishi, bosh aylanishi, qon bosimi pasayishi bilan birga kechishi mumkin. Bu simptomning rivojlanishida qusish markazining qo`zg`alishi yotadi. Agar ko`ngil aynishi soatlab davom etadigan bo`lsa, hamshira bemorga holatni vaqtincha yengillashitirishni o`rgatishi kerak-kichik porsiyalar orqali gazlanmagan mineral suvni ichish.
Qusish
Qusish (yunon. emesis) – oshqozon ichidagi massaning og`iz orqali noixtiyoriy ajralishi. Ko`pincha qusish ko`ngil aynishidan so`ng kechadi. Qusish faqatgina hazm qilish organlari kasalliklarida emas balki yuqumli kasalliklarda, zaharlanishlarda, buyrak kasalliklarida, qandli diabetda, gipertonik kasalliklarda, nerv kasalliklarida kuzatiladi. Qusish bemor holatini yomonlashtirishi, organizmni suvsizlantirishi va elektrolitlar yo`qotilishiga sabab bo`ladi. Bemorning hushini yo`qotganda qusish massalari bilan aspiratsiyasi bo`lishi mumkin, bu esa o`pka yallig`lanishiga sabab bo`ladi; uzoq aspiratsiya asfiksiyaga olib kelishi mumkin. Og`ir qusish ko`pincha oshqozon shilliq qavatining buzilishiga olib kelib, oshqozon qon ketishiga olib kelishi mumkin(Mellori-veyss sindromi).
Aspiratsiya (lot. aspiratio – bo`g`ilish) – pastki nafas yo`llariga havo bilan suyuqliklar va yot jismlarning tushishi. Aspiratsiya o`tkir yo`tal, ba`zida nafas yetishmovchilig va hush yo`qolishi bilan kechishi mumkin.
Asfiksiya (yunon. asphyxia – pulsning deyarli yo`qolishi) – nafas yetishmasligi, qon va to`qimalarda karbonat angidrid ortib ketib kislorod yetishmasligi kuzatiladi.
Qusish bo`lganda uning ovqat qabul qilish bilan bog`liqligini aniqlash kerak. Oshqozon sababli qusish odatda bemor holatini yengillashtiradi, lekin nerv sistemasida qusish ovqat bilan bog`li bo`lmagani uchun bemorga yengillik keltirmaydi. Qusish massalarida hazm qilinmagan ovqat qoldiqlari, shilliq, o`t suyuqligi, qon qoldiqlari bo`lishi mumkin. Oshqozon yoki o`n ikki barmoqli ichak shilliq qavatidan qon ketishida qusish massalari qo`ng`ir oqra rang- “kofe qoldig`I” rangida bo`ladi: gemoglobinning oshqozon suyuqligidagi xlorid kislota bilan kimyoviy reaksiyasi natijasida hosil bo`ladigan gematin hisobiga. Qizilo`ngach va oshqozonning kardial qismidagi kengaygan venalardan qon ketishida o`zgarmagan qon bilan butun og`iz orqali qusish kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |