1 mavzu tibbiyot deontologiyasi asoslari. Hozirgi zamon tibbiyotida yatrogeniya, evtanaziya muammolari. Muloqot turlari. Klinika faoliyati bilan tanishish. Davolash muassasalari faoliyatini tashkil etish


Download 278.01 Kb.
bet76/87
Sana02.12.2023
Hajmi278.01 Kb.
#1780319
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   87
Bog'liq
1-курс ЛОТИН ўзбекча КИТОБ тайёр

Ultratovush tekshiruv usuli
Ultratovush tekshiruv usuli (UTT) – turli ultratovush to`lqinlarini o`tkazuvchanlikkka ega bo`lgan yuzalardan tovush to`lqini manbasidan megagerslardan tarqaladigan to`lqinlar yordamida tekshiruvdan iborat bo`lgan metod. O`tkazuvchanlik darajasi organ zichligi va elastikligiga bog`liq.
UTT(sonografiya) yurak (exokardioografiya) va tomir (dopplerografiya), qalqonsimon va qalqonoldi bezi, qorin sohasi organlari, buyrak va kichik chaqnoq bo`shlig’i organlari(siydik pufagi, bachadon, tuxumdonlar, prostata bezi), ko`z va miya kasalliklarida qo`llaniladi.
Exokardiografiya. Buni qo`llash uchun bamorni tayyorlash shart emas.
Qorin bo`shlig`i organlari va buyrak UTTsi. Bemorni tayyorlash bosqichlari.
Bemorga 3 kun oldin o`simlik mahsulotlari va gaz ajratuvchi mahsulotlardan holi bo`lgan dieta buyuriladi. Ovqat tarkibidan yangi non, kartoshka, yangi sut, yangi sabzavot va mevalar, meva sharbatlari ichish man etiladi. Meteorizm holatida vrach tomonidan bemorga aktivlangan ko`mir beriladi.
Tekshiruvdan oldin bemor 8 soat kechiktirilmagan holda ovqatlanadi. Tekshiruv och qorinda amalga oshiriladi; bemorga chekish va ichish ham man etiladi.
Kichik chanoq bo`shlig`i UTTsi. Bemorni tayyorlash bosqichlari.
Dietik tomondan tasyyorlash yuqoridagidek. Tekshiruvdan 2-3 soat oldin bemor 1-1.5 l qaynagan suv ichishi kerak. Siydik pufagini to`ldirish uchun vrach tomonidan turli preparatlar berlishi mumkin.
Tekshirishning rentgen usuli.
Rentgen tekshiruvi rentgen nurlarining organizm hujayralaridan turli darajada o`tishiga asoslangan. Yutish darajasi organning zichligi, kengligi va kimyoviy-fizik tarkibiga bog`liq. Shuning uchun zichligi yuqori a`zolar(suyak, yurak, jigar, yirik qon tomirlar) ekranda soya bo`lib ko`rinadi, ichida havo bo`lgan o`pka yorug` koy bo`lib ko`rinadi. Quyidagi rentgenologik tekshiruv usullari farqlanadi.
Rentgenoskopiya (grek. Skopeo – ko`rish, kuzatish) – ayni vaqtdagi rentgenologik tekshiruv. Ekranda organning harakat funksiyasini o`rganish uchun dinamik rasm paydo bo`ladi.
Rentgenografiya(grek. Grapho-yozish)-maxsus rentgent tasmadagi harakatlanmaydigan organning rentgenologik tekshiruvidir. Raqamli rentgenografiyada rasm kompyuter xotirasiga saqlanadi. 5ta rentgenografik usul qo`llaniladi.

  • To`liq formatli rentgenografiya

  • Flyurografiya(kam formatli rentgenografiya) – kichik o`lchamli rasmli rentgenografiya bo`lib, organning profilaktikasida qo`llaniladi.

  • Ko`rinishli rentgenografiya-to`liq formatdagi rentgenografiya

  • Maqsadli rentgenografiya-rasmning ma`lum qismini o`rganish

  • Vilgelm Konrad rentgeni(1845-1923) – nemis fizigi, 1895-yili X-nurlarni (rentgen nurlari) aniqlab, rentgenologiyaga asos solgan.

Qismli rentgenografiya- o`ganilayotgan jarayonning dinamikasini o`rganish uchun bir necha rentgenogrammalarni olish
Tomografiya (grek. Tomos-kesma, qavat)-qavatlarni k`orish metodi bo`lib, rentgenologik naychadan foydalangan holda qalinligini belgilab to`qima qavatlarini o`rganish hisoblanadi.
Kontrast rentgenoskopiya (yoki rentgenografiya) – bo`shliq organlarga (bronxlar, meda, siydik yo`li) maxsus rentgen nurlarini tutuvchi modda yuborib, tekshiruv o`tkazish. Bunda ekranda organning aniq rasmi paydo no`ladi.
Rentgenologik tekshiruv o`tkazishdan oldin shu sohadagi kiyimlarni yechish, leykoplastir, EKG elektrodlarini olish, soatlarni yechish, metall taqinchoqlarni olish kerak.

Download 278.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling