1-mavzu. Tijorat banklarning faoliyati bilan tanishish


Download 22.78 Kb.
bet2/2
Sana26.02.2023
Hajmi22.78 Kb.
#1233612
1   2
Bog'liq
amaliyot

Elektron chipta – bu xizmat ko‘rsatish chiptasini qog‘oz shaklidagisi o‘rniga elektron formatda olish imkoniyati.
Bank filialiga yetib kelishdan bir necha daqiqa oldin yoki hali yo‘lda vaqtingizdayoq xizmat turini tanlash va chipta berish terminaliga bormasdan turib, mobil qurilma orqali elektron chipta olishingiz mumkin. Bularning barchasini saytning o‘zida, hech qanday qo‘shimcha ilovalarni yuklab olmasdan turib amalga oshirishingiz mumkin.
Xizmat turini tanlab, telefon raqamini kiritilganda, tizim sizga chipta yuboradi. Uni bank operatoriga ko‘rsatish kifoya.
«Ipak Yo‘li» banki internet-ekvayring bo‘yicha qulay xizmatni taklif etadi. U Internetdagi xizmatlar va tovarlar uchun to‘lovni amalga oshirish uchun xalqaro va mahalliy to‘lov kartalarini kompaniya saytining o‘zida qabul qilish imkonini beradi. Bu masofadan turib mijozdan to‘lovni qabul qilishning eng oddiy va xavfsiz usulidir. 
Internet-ekvayring butun dunyodan yangi buyurtmachilarni jalb qilish uchun baza yaratish, hisob-kitob tezligini oshirish hamda hisob-kitobda qalbaki pullarni qabul qilish yoki xatoga yo‘l qo‘yish kabi xavflardan himoya qilish imkonini beradi. Haridorlar uchun ushbu sxema shunisi bilan qulayki, u haridorga mahsulotni istalgan vaqtda va internet mavjud bo‘lgan har qanday joyda sotib olish imkonini beradi. Ayni damda unga to‘lov yuborilgani va qabul qilingani haqida xabar ham keladi. 
Barcha tushumlar sizning shaxsiy kabinetingizda ko‘rinadi va muntazam yangilanib turiladi. Shunday ekan, siz internet haridlaringiz, alohida olingan tovar yoki xizmatlar samaradorligi haqida doimo xarbardor bo‘lib turasiz. 
Internet-ekvayring uchun to‘lov olinmaydi, bank faqat har bir amalga oshirilgan operatsiya uchun UzCard va Humo mahalliy kartalari tranzaksiyasidan 0,8%, Visa va Mastercard xalqaro kartalari transkasiyasidan 4% ushlab qoladi.
Muvaffaqiyatli bo‘lish juda oson: Internet-ekvayring xizmatiga ulanish uchun talabnomani to‘ldirish, shartnoma tuzish va dunyoning istalgan mamlakatidan to‘lovlarni qabul qilish mumkin.

Amaliyot o‘tash joyidan tayinlangan rahbar.


(ismi-sharifi) (imzo)
(muhr o‘rni)

3-mavzu. Bankda qo’llaniladigan dasturlar bilan tanishish
Download 22.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling