1-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati


Download 451.5 Kb.
bet16/75
Sana18.12.2022
Hajmi451.5 Kb.
#1031427
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75
Bog'liq
REFERAT - TIL VA TAFAKKUR, ULARNING O’ZARO MUNOSABATI. TIL VA NUTQ. NUTQIY FAOLIYAT KO’RINISHLARI

I topshiriq. Badiiy asarlardan tovush almashish sodir bo’lgan so’z qatnashgan gaplarni ko’chirib yozing.
8-mashq.
Gaplarni o’qing ajratib ko’rsatilgan so’zlarda sodir bo’lgan tovush o’zgarishlarni izohlang.
1. – Ha, qizi tushmagur. Nafasini ham chiqarmaydi-ya. Achchig’i ham burnining uchida, – dedi Murotali. (Sh. Rashidov). 2. Ayniqsa siz hamon o’zingizning bekligingizga borib, istig’noingizni eskicha olib borasiz. (A .Qodiriy) 3. Ufqdagi bir jom oltin batamom yerga singib ketdi, yiroq-yiroqlarda lovullab yongan shafaq asta so’ndi. (O.Yoqubov) 4. Siz hurmatlilarga ma’lumdir, bizning shul Otabekdan o’zga farzandimiz bo’lmay, dunyoda o’zimizdan keyin qoldiradigan tuyog’imiz va ko’z tikkan orzu havasimiz faqat shul Otabekdir. (A.Qodiriy)


II topshiriq. Jo’nalish kelishigining -ga, sifatdoshning -gan, ravishdoshning -gach, - gani, -guncha, qo’shimchalarini k va q tovushlari bilan tugagan so’zlarga qo’shib ko’ring, qo’shimchada bo’lgan tovush almashishni izohlang.
9- mashq.
Men, sen olmoshlariga -ning, -ni , -niki qo’shimchalarini park, eshik, chelak; quloq, buloq so’zlariga egalik shakllarini qo’shib gaplar tuzing.


III topshiriq. Xalq, yo’q, huquq, ocherk, bek, ishtirok, o’q, nok, tayoq, xulq, idrok, ittifoq, chok, o’roq, ishtiyoq kabi so’zlarga egalik qo’shimchasi qo’shib ko’ring. Qaysi so’zlarda tovush o’zgaradi.
10-mashq.
Tovush orttishi, tovush tushishi sodir bo’lgan so’zlar qatnashgan gaplar yozing.


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

  1. O’s, shosh, kes fe’llariga -gan, -guncha, -gach qo’shimchalarini qo’shib talaffuz qilib ko’ring. Og’zaki va yozma nutqda bo’layotgan farqlanishni tushuntiring.

  2. Asos va qo’shimchada sodir bo’ladigan tovush o’zgarishlariga misol ayting.

  3. Rost, go’sht, qand, Toshkent kabi so’zlarning talaffuzidagi tovush tushishi bilan o’g’lim, singlim, ko’nglim, shahri kabilardagi tovush tushishi qanday farqlanadi?

  4. Tovush ortish deganda nima tushunasiz?

  5. Doim, shariat, material, doira so’zlarining talaffuzida qanday o’zgarish yuz berishini izohlang.



Adabiyotlar:

  1. Каримов И.А.Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиёти пойдевори. Тошкент. 1998.

  2. Abdurahmonov G’., Rustamov H. Ona tili. 10-sinf uchun darslik. Toshkent, “O’qituvchi ”, 2004.

  3. Rafiyev A., G’ulomova N. Ona tili va adabiyot. Toshkent, “Sharq”, 2009.

  4. O’zbek tilining imlo lug’ati. A.Hojiyev tahriri ostida. . Toshkent,

“O’qituvchi ”, 1997.



Download 451.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling