1-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati
Download 451.5 Kb.
|
REFERAT - TIL VA TAFAKKUR, ULARNING O’ZARO MUNOSABATI. TIL VA NUTQ. NUTQIY FAOLIYAT KO’RINISHLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- T.H.Asadov ONA TILI (Kasb-hunar kollejlari uchun metodik qo’llanma) “Buxoro” nashriyoti
- Taqrizchilar: filologiya fanlari nomzodi, dotsent H.Safarova filologiya fanlari nomzodi, dotsent B.Qilichev
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI O’ZBEK FILOLOGIYASI KAFEDRASI T.H.Asadov ONA TILI (Kasb-hunar kollejlari uchun metodik qo’llanma) “Buxoro” nashriyoti, 2 012 Mazkur metodik qo’llanma namunaviy o’quv dasturi asosida tuzilgan bo’lib, kasb-hunar kollej o’quvchi-talabalari uchun mo’ljallangan. Qo’llanmada ona tili fani mavzu va rejalari, ma’ruza matnlari, tayanch tushunchalar, topshiriqli mashqlar, shuningdek, mavzuni mustahkamlovchi savol va testlar o’rin olgan. Mavzular so’ngida fonetika, leksikologiya, frazeologiyaga oid amaliy mashg’ulotlar, namunali dars ishlanmasi hamda nazorat testlari jamlangan. Ushbu qo’llanma o’quvchi-talabalar, abituriyentlar, ona tili va adabiyot o’qituvchilari uchun mo’ljallangan. Taqrizchilar: filologiya fanlari nomzodi, dotsent H.Safarova filologiya fanlari nomzodi, dotsent B.Qilichev pedagogika fanlari nomzodi, dotsent D.Yo’ldosheva Mazkur metodik qo’llanma Buxoro davlat universiteti O’quv - metodik kengashining qarori bilan nashrga tavsiya etilgan (1-yig’ilish, 28.08.2012). Ushbu kitobni otam – Hamro Asadovninig yorqin xotirasiga bag’ishlayman. SO’ZBOSHIQo’lingizdagi mazkur qo’llanma “Ona tili va adabiyot” namunaviy o’quv dasturi asosida yaratilgan. Reja mavzulari 5 - 9 sinflarda o’rganilgan bilim va ko’nikmalarning tadrijiy davomi sifatida berilgan.Tilshunoslik hodisalari, ularni amalda qo’llash va bu borada e’tibor berilishi lozim bo’lgan vazifalar o’z aksini topgan. Sir emaski, bugungi kun yoshlari bilim borasida har tomonlama ildamlab bormoqda. Bu jarayonda ona tili fani “fanlararo ko’prik” vazifasini o’tashi qayta-qayta takrorlanmoqda. Yondosh fanlarni o’qib-uqishda, mukammal o’zlashtirishda mazkur fanning ahamiyati beqiyos. Hozirgi kun ta’lim tizimi o’quvchi-talabalar oldida ulug’ vazifalarni qo’ymoqda. Xususan, o’z mustaqil fikriga ega bo’lgan yoshlarni kamol toptirish kun masalalaridan biri bo’lib qolmoqda. Bu borada Prezidentimiz I.A.Karimov “Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” nomli ma’ruzasida maxsus to’xtaladi: “Ta’lim-tarbiya islohoti haqida gapirar ekanmiz, uning mazmunini lo’nda qilib ifoda etish mumkin: Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’lim-tarbiyasini ko’rgan shaxslar kerak”. (Barkamol avlod orzusi. T.:”Sharq”, 1999. 15-16-b.) Demakki, ta’lim-tarbiya ta’lim tizimidan ko’zlangan bosh vazifa hisoblanadi. Shaxs tafakkurining oshishi bevosita ona tili bilan bog’liq. Mustaqil fikrlashga, izlanishga, o’ylashga zarurat tug’diruvchi topshiriqli amaliy mashqlar ona tili fani jarayonining tub o’zagini tashkil etmog’i lozim. Qo’llanmadagi har bir mavzuni yoritishda DTS me’zonlariga amal qilishga harakat qilindi. Mavzuga oid reja va tayanch tushunchalar, har bir mavzuga tegishli qisqa nazariy matn mavzusi, mavzuni mustahkamlovchi topshiriqli mashqlar, nazorat testlari, qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati berildi. Imlo savodxonlikni oshirish, nutq o’stirish, so’z ma’nosining taraqqiyoti, so’zning turli ma’no qirralari ustida ishlash, so’zning uslubiy imkoniyatlari, fikrni ifoda etishning oddiy va murakkab ko’rinishlariga alohida e’tibor qaratildi. Til hodisalarining o’rgatilishdagi izchillikka ahamiyat berildi. Egallangan bilimni ko’nikmaga aylantiruvchi mashg’ulotlarga kengroq o’rin ajratildi. O’ylaymizki, qo’lingizdagi ushbu qollanma kasb-hunar kollejlarida ona tili fanining ko’zlangan o’rinlarini o’qib-o’zlashtirishda sizga qo’l keladi. Download 451.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling