1-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati


-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati. Til va nutq. Nutqiy faoliyat ko’rinishlari


Download 451.5 Kb.
bet2/75
Sana18.12.2022
Hajmi451.5 Kb.
#1031427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
REFERAT - TIL VA TAFAKKUR, ULARNING O’ZARO MUNOSABATI. TIL VA NUTQ. NUTQIY FAOLIYAT KO’RINISHLARI

1-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati. Til va nutq. Nutqiy faoliyat ko’rinishlari


Reja:


  1. Til va tafakkur.

  2. Til va nutq.

  3. Nutqiy faoliyat ko’rinishlari.



Mavzuga bog’liq tayanch tushunchalar: ong, tafakkur, til, til va nutq, og’zaki nutq, yozma nutq.


Til va tafakkur. Tafakkur arabcha so’z bo’lib, fikr yuritish,o’ylash, fikrlash kabi ma’nolarni ifodalaydi. Tafakkur orqali obyektiv borliqni taniy boshlaymiz. Bu borada mutafakkir Alisher Navoiy shunday yozadi:
Ki har ishni qildi odamizod,
Tafakkur birla qildi oni bunyod.
Ko’rinadiki, inson tafakkuri, zakovati va ongi eng oliy ne’mat hisoblanadi.
Tafakkur fikrning ko’pligi hisoblanar ekan, til mana shu fikrlarning voqe bo’lishidir, ya’ni fikr (tafakkur)ning ro’yobga chiqishida til asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi. Til va tafakkur uzviy bog’liq. Tilsiz tafakkur va tafakkursiz til mavjud bo’lolmaydi (obrazli qilib aytadigan bo’lsak, tansiz jon, jonsiz tan bo’lolmaganidek).
XX asrning buyuk yozuvchilaridan biri Oybek “Navoiy” asarida “Bir soatlik tafakkur bir yillik toatdan afzal” deydi. Buning ma’nosi shuki, kishi qanchalik ko’p o’ylasa, fikr yuritsa, uning qiladigan amali ham, aytadigan so’zi ham shunchalik go’zal bo’ladi, boshqalarga ibrat bo’ladi.
Tafakkur, jamiyat, mehnat faoliyati davomida o’sib, rivojlanib boradi. Demakki, til va uning ko’rinishi bo’lgan nutq ham tafakkur bilan bog’liq holda takomillashib boradi.


1-topshiriq. Matnni o’qib, quyidagi savollarga javob bering.
1. Buyuk bobomiz A.Navoiyning yuqoridagi fikrini o’z so’zlaringiz bilan izohlang.
2. Til va tafakkur bog’liqligi haqida gapiring, misollar bilan tushuntiring.
3. Tilning rivojida tafakkurning, tafakkurning rivojida tilning qay darajada ahamiyati bor?
4. “Bir soatlik tafakkur bir yillik toatdan afzal” deganda nimani tushunasiz?
5. “O’zga bir tilni egallash boshqa bir xalqning(millatning) tafakkur tarzini o’zlashtirish demakdir”. Ushbu fikrga izoh bering.

Download 451.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling