Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
Til va tafakkurning o’zaro munosabati haqida ma’lumot bering.
Til va tafakkurning rivojini ta’minlovchi holat nima?
Til va nutq, ularning farqi haqida nima deya olasiz?
Nutqning to’g’riligi va aniqligi nutq madaniyati uchun qanday ahamiyatga ega?
Nutqning ravonligi, soddaligiga qanday erishiladi?
Nutqning mantiqiyligi va ta’sirchanligi deganda nimani tushunasiz?
Og’zaki va yozma nutq shakllariga xos xususiyat nimadan iborat?
Til, nutq va so’zlashuv odobi haqida maqol, hikmatli so’z ayting.
Adabiyotlar:
Каримов И.А. Юксак маьнавият – енгилмас куч. Тошкент, “Ўзбекистон”, 2008.
Abdurahmonov G’., Rustamov H. Ona tili. 11-sinf uchun darslik. Toshkent, “O’qituvchi ”, 2004.
Азизов О. Тилшуносликка кириш. Тошкент,“Ўқитувчи”, 2003.
Неьматов Ҳ., Бозоров О. Тил ва нутқ. Тошкент, “Ўқитувчи”, 1993.
Ne’matov H., Shirinova N. Tilshunoslikning falsafiy masalalari. Buxoro,2005.
Rafiyev A., G’ulomova N. Ona tili va adabiyot. Toshkent, “Sharq”, 2009.
Воҳидов Р., Неьматов Ҳ., Маҳмудов М. Сўз бағридаги маьрифат. Тошкент, “Ёзувчи”, 2001.
Mavzu bo’yicha testlar:
Qaysi gapda grammatik me’yor buzilgan?
A) Ko’zining oq-u qorasi bo’lgan Otabekning holi nima kechdi?
B) Tolibning xayolini yana qo’shnining qizi bo’ldi.
C) Umrini tog’larda o’tkazgan odamning tabiat tilini bilmaydi deyish qiyin.
D) Institutga yaqinroq bog’lardan birontasiga borib tayyorlanmoqchi bo’ldi.
2. Tilning lug’aviy birligi berilgan javobni toping.
A) leksema
B) ibora
C) atama(termin)
D) so’z birikmasi
E) A,B va C
3. Qaysi qatorda lug’aviy (til) birliklar nomi sanalgan?
A) tovush, qo’shimcha, so’z
B) qo’shimcha, so’z, ibora, gap
C) so’z, ibora, gap
D) ibora, gap
E) leksema, ibora
4. Til va nutqni farqlovchi tilga xos xususiyatlarni aniqlang.
1. Aloqa materiali 2. Aloqa shakli 3. Xalq, millat yaratadi. 4. Nisbatan turg’un.
5. Doim harakatda 6. Hajmi noaniq 7. Uning ikki shakli mavjud
A)1,2,3,4,
B) 2,5,6,7
C) 1,3,4,5,6
D) 1,3,4,6
Do'stlaringiz bilan baham: |