10-mavzu: So’z tanlash va qo’llash mahorati
Reja:
Ko’ngil qulf, uning kaliti so’zdir.
Bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlar.
Nutqning to’g’riligi, aniqligi, tozaligi, ta’sirchanligi.
Mavzuga bog’liq tayanch tushunchalar: o’z ma’no, ko’chma ma’no, nutqning to’g’riligi, nutqning aniqligi, nutqning tozaligi, nutqning ta’sirchanligi.
Nutqda so’zni to’g’ri tanlash va qo’llash nutq madaniyatining muhim shartlaridan hisoblanadi. Fikrni tinglovchiga tushunarli va aniq yetkazishda so’zni to’g’ri tanlash lozim.
So’z tanlashda quyidagilarga e’tibor beriladi:
-so’zning lug’aviy ma’nosini bilgan holda tanlash;
-tanlangan so’zni aniq talaffuz eta olishni hisobga olish;
-so’zning ma’no xususiyatlariga asoslanib, uni nutq maqsadiga muvofiq tarzda tanlash.
So’zni eshitganda,u haqdagi ongimizdgi birinchi tushunchaga atash ma’no (leksik yoki lug’aviy ma’no) deyiladi. Ana shu atash ma’no asosida paydo bo’lgan qo’shimcha ma’noga ko’chma (qo’shimcha) ma’no deyiladi. So’zning gapdan (matndan) tashqarida ifodalanadigan, nutq jarayoniga bog’liq bo’lmagan ma’nosi o’z mano deyiladi. So’zning boshqa so’zlar yordamida aniqlanadigan ma’nosi ko’chma ma’no deyiladi. Masalan, inson oyog’i-o’z (asl) ma’ no, stol oyog’i ko’chma (yasama) ma’no.
24-mashq.
Gaplarni o’qing, ko’chma ma’noda qo’llangan so’zlarni topib izohlang, ko’chim asosini tushuntiring.
1,Bu toifa odamlardan qochib qutulmasang, boshqa yo’l bilan qutulib bo’larmidi. Yelim-ku, yelim ular. (S. Ahmad) 2. Endi uning o’ktam gaplari, qisqa, muayyan buyruqlaridan mamnun edi. (O. Yoqubov) 3. G’ulomjon endi o’zini ancha tutib olib, o’t bilan, harorat bilan gapirdi. (M. Ismoiliy) 4. Kechirasiz, men shiringina bazmingizni qora xabar bilan muzlatib qo’ydim. (Oybek)
I topshiriq. Yurak, qo’l, ko’z, qora, oq, qizil, issiq, sovuq, bir, tushmoq, chiqmoq kabi so’zlarni izohli lug’atdan foydalangan holda ko’chma ma’nolarini toping.
Namuna: qora xat, qora kun, ko’ngli qora, qora tarix, qora baxt, qora nuqta, qora ko’z, qora sovuq, qora peshona va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |