1-Mavzu: Tilshunoslik va til haqida umumiy ma’lumot (2 soat) Reja


Download 28.26 Kb.
bet4/10
Sana28.12.2022
Hajmi28.26 Kb.
#1016095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-mа\'ru.

Tillarning tasnifi
Olimlarning taxmin qilishlaricha, er yuzida 5000 dan ortiq til bor. Bu tillar tarqalishi va ijtimoiy vazifalariga ko`ra ham, fonetik, leksik va grammatik xususiyatlariga ko`ra ham o`zaro farq qiladi. Jahon tillarining ko`pchiligini milliy tillar va xalq tillari tashkil qiladi, tillarning ayrimlari esa qabila tillari, hatto urug` tillari hisoblanadi.
Milliy tillar o`zining tarqalish hududi jihatidan hamda ulardan foydalanuvchi aholining miqdori, soni jihatdan bir xil emas: ayrim tillarda kichik xududdagi oz miqdorli aholi gaplashadi, ba’zi tillar esa juda katta xududlardagi ko`p sonli aholi orasida tarqalgan. Bunday tillarga ingliz, frantsuz, nemis, ispan, xitoy, hind, arab, rus va shu kabi tillar kiradi.
Jahon tillarini tasniflash, ularning psixologiyasini ishlab chiqish umumiy tilshunoslikning vazifasiga kiradi.
Er yuzidagi tillarni o`rganish XVIII asrdan boshlandi. XIX asrning birinchi yarmida tillarni bir-biriga qiyoslab tekshirish keng tus oldi. Natijada tillarni tekshirishda qiyosiy usul vujudga keldi; bunda tillarning fonetik, morfologik, leksik xususiyatlari bir-biriga solishtiriladi. Bu usul bilan tillarning faqat hozirgi holatigina emas, balki ularning tarixiy holati ham o`rganiladi. Shuning uchun ham o`rganishning bu yo`li qiyosiy-tarixiy usul deb yuritiladi. Tillarni shu yo`l bilan o`rgangan va o`zlarining ilmiy asoslari bilan jahonga tanilgan tilshunoslar sifatida daniyalik Rasmus Raskni (1787-1832), olmoniyalik Frans Bopp (1791-1967) va Yakob Grimmni (1785-1863), rus olimi Aleksandr Vostokovni (1781-1864) ko`rsatish lozim.
Tilshunoslikda tillarning qator tasniflari mavjud:
1) tillarning geneologik tasnifi; 2) tillarning morfologik tasnifi;
3) tillarning areal (geografik) tasnifi; 4) tillarning funktsional tasnifi.
Tillarning geneologik tasnifi
Geneologik tasnif tilshunoslikda tillarni tarixiy-qiyosiy usul bilan tekshirishning mahsuli bo`lib maydonga keldi. Bu tasnifga ko`ra, tillar bir umumiy manbadan kelib chiqqanligi, materiali (so`z, undagi tovushlar, o`zak va qo`shimchalar) jihatidan yaqinligi, o`xshashligiga asoslanib guruhlarga ajratiladi. Bir umumiy manbadan kelib chiqqan tillar qarindosh tillar oilasini tashkil qiladi.
Tillar oilasi qarindosh tillarning juda yirik guruhi hisoblanadi. Tilshunoslik tomonidan tekshirib aniqlangan til oilalari quyidagilardan iborat: 1) hind-evropa tillari; 2) semit tillar; 3) xamit tillar; 4) dravid tillari; 5) ugor-fin tillari; 6) xitoy-tibet tillari; 7) iberiy-kavkaz tillari; 8) oltoy tillari; 9) avstroneziya tillari; 10) yapon tili; 11) koreys tili va boshqalar.
Bular o`z navbatida yana shaxobchalarga bo`linadi.
Masalan, eng yirik tillar oilasi sanalmish hind-evropa tillar oilasi quyidagi tillar guruhlariga ajratiladi:
1. Hind tillari. 2. Eron tillari. 3. German tillari. 4. Roman tillari. 5. Slavyan tillari. 6. Kelt tillari. 7. Boltiq tillari. 8. Grek tili.
9. Alban tili. 10. Arman tili.
1. Hind tillariga qadimiy hind, yoki sanskrit tili (o`lik til), o`rta hind tili, hozirgi hind tillari (panjob tili, gujarat tili, bengal tili) kiradi.
2.Eron tillariga tojik tili, afg`on (yoki pushtu) tili, osetin tili, kurd tili, so`g`d tili (o`lik til), qadimgi fors tili, o`rta fors (yoki pahlaviy) tili, yangi fors tili kiradi.
3. German tillariga got tili (o`lik til), shved, daniya, norveg, island tillari (shimoliy german tillari), ingliz, nemis, golland, flamand, friz tillari (g`arbiy german tillari) kiradi.
4. Roman tillariga italyan, frantsuz, ispan, portugal, rumin, moldavan, provansal, katalan, sardiniya tillari kiradi. Roman tillari tarixan lotin tilidan kelib chiqqan. Bundan ikki ming yilcha oldin jonli til bo`lgan lotin tili hozir o`lik tilga aylangan.
5. Slavyan tillariga rus, belorus, ukrain tillari (sharqiy slavyan tillari), polyak, slovak, chex, lujik tillari (g`arbiy slavyan tillari), bolgar, makedon, serb, xorvat, sloven tillari (janubiy slavyan tillari) kiradi.
6. Kelt tillariga irland, shotland, ueylz, breton tillari kiradi.
7. Boltiq tillariga qadimgi prus tili (o`lik til), litva tili, latish tili, latgal tili kiradi.
Grek, alban, arman tillari biror guruhga kiritilmaydi, ularning har biri yakka-yakka holda olinadi.
O`zbek tili oltoy tillar oilasiga mansub bo`lib, uning turkiy tillar guruhiga kiradi. Oltoy tillar oilasi quyidagi tillar guruhlariga bo`linadi:
1. Turkiy tillar. 2. Mo`g`ul tillari. 3. Tungus-manchjur tillari.
Turkiy tillar oltoy tillar oilasining ko`p sonli va rang-barang guruhidir. Turkiy tillar ikki guruhga ajratiladi: 1) g`arbiy turkiy tillari; 2) sharqiy turkiy tillari.
G`arbiy turkiy tillari tarmog`i o`z navbatida yana to`rt guruhga bo`linadi: a) bulg`or tillari (chuvash tili), b) o`g`uz tillari (gagauz, turkman, turk, ozarbayjon tillari), v) qipchoq tillari (tatar, boshqird, qumiq, no`g`ay, qoraqalpoq, qozoq tillari), g) qorluq tillari (o`zbek, uyg`ur tillari).
Sharqiy turkiy tillari tarmog`i ikki guruhga bo`linadi: a) uyg`ur-to`kyuy tillari (tuva, yoqut, shor, xakas tillari), b) qirg`iz-qipchoq tillari (qirg`iz, oltoy tillari).
Mo`g`ul tillariga mo`g`ul, buryat, qalmiq tillari (shimoliy mo`g`ul tillari guruhi), dagur, dunsyan, mengir tillari (janubiy-sharqiy mo`g`ul tillari guruhi) kiradi.
Tungus-manchjur tillariga evenk, even, negidal tillari (tungus guruhi) va manchjur, nanay, udegey, ulch, oroch tillari (manchjur guruhi) kiradi.

Download 28.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling