1-Mavzu: Tilshunoslik va til haqida umumiy ma’lumot (2 soat) Reja


Milliy til va uning tarkibiy qismlari


Download 28.26 Kb.
bet3/10
Sana28.12.2022
Hajmi28.26 Kb.
#1016095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-mа\'ru.

Milliy til va uning tarkibiy qismlari
Ma’lumki, o`zbek xalqi Markaziy Osiyoning qadimgi xalqlaridan biri bo`lib, uning tili XI-XII asrlarda ma’lum ijtimoiy-tarixiy sharoitlarga ko`ra xalq tili sifatida shakllana boshladi va asta-sekinlik bilan rivojlanib keldi.
Qaуerda yashashidan qat’i nazar o`zbek millatiga mansub barcha odamlar tomonidan ishlatiladigan til milliy (umumxalq) o`zbek tili deb yuritiladi. Milliy til o`z tarkibiga adabiy til, sheva, so`zlashuv nutqi, jargonlar, vulgarizm (so`kish, qarg`ish so`zlari), varvarizm (tilda o`rinsiz ishlatilgan chet so`zlar) kabi guruh so`zlarni qamrab oladi.
Jamiyatning muayyan tarixiy rivojlanish sharoitida xalqlar (elatlar) taraqqiy qilib, millatga, xalq tillari esa milliy tillarga aylandi. Demak, milliy til millatning paydo bo`lishi bilan birga yuzaga keladi.
Milliy til millat uchun umumiy bo`lgan tildir. Milliy til tushunchasi juda keng bo`lib, u mahalliy dialektlarni (lahja)larni va barcha shevalarni o`z ichiga oladi. Sheva bir millatga mansub bo`lib, lekin turli hududlarda yashaydigan odamlar tomonidan ishlatiladigan milliy til ko`rinishidir. Sheva adabiy tildan quyidagi xususiyatlariga ko`ra farq qiladi:

1. Fonetik (ya’ni tovush) jihatdanyo`q – jo`q, keldi – geldi, bahor – bohor.
2. Leksik (ya’ni so`z) jihatdan: ota - ada, chumchuq – secha, sigir – inak.
3. Grammatik (ya’ni, qo`shimchalar va gap qurilishi) jihatdan: kelyapti (ad.) – kevotti – kelopti – kelutti.
Xalq shevalarining faqat og`zaki shakli mavjud.
Shevalarning bir-biriga yaqin bo`lgan guruhlari lahja deb ataladi (dialekt so`zi sheva va lahja tushunchalarini birgalikda ifodalaydi.).Jumladan, o`zbek milliy tilining uchta lahjalar (dialektlar) guruhi mavjud:
1. Qarluq lahjasi (janubiy-sharqiy guruh).
2. Qipchoq lahjasi (janubiy-g`arbiy guruh).
3. O`g`uz lahjasi (shimoliy-g`arbiy guruh).
Qarluq lahjasi asosan shahar shevalarini o`z ichiga oladi (Toshkent, Andijon, Farg`ona, Samarqand, Buxoro). Bu shevalarning muhim fonetik va morfologik belgilari quyidagilar:
1) so`z oxiridagi k tovushi y tarzida aytiladi: elak - elay, terak - teray
2) o lashish yuz beradi: aka - oka, nahor – nohor.
3) Bu lahjada qaratqich kelishigining qo`shimchasi yo`q bo`lib, uning o`rniga ham tushum kelishigi qo`shimchasi -ni ishlatiladi: ukamni(ng) daftari.
Qipchoq lahjasi shevalari O`zbekistonning hamma viloyatlarida mavjud, ular asosan qishloqlarda tarqalgan (Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Qoraqalpog`iston, SHimoliy Xorazm viloyatlari, Turkmanistonning Toshovuz viloyati shevalari). Belgilari quyidagilar:
1) y o`rnida j ishlatiladi: yo`l - jo`l, yo`q - jo`q.
2) g` o`rnida ishlatiladi: tog` - tov, sog` - sov va b.
3) so`z oxirida k, q tovushlari tushiriladi: quru(q), sari(q).
O`g`uz lahjasi Janubiy Xorazmdagi (Urganch, Xiva, Xonqa, Hazorasp, Qo`shko`pir, Shovot tumanlari) bir qancha shevalarni o`z ichiga oladi. Belgilari:
1) unlilar qisqa va cho`ziq aytiladi: at (hayvon), aad (ism).
2) t tovushi d, k esa g tarzida aytiladi: tog` - dog`, keldi - galdi.
3) -ning qo`shimchasi –ing tarzida, -ga qo`shimchasi esa -a, -na tarzida aytiladi: yorimga – yorima, alina (qo`liga).
Hozirgi o`zbek adabiy tili uchun qarluq lahjasiga kiradigan Farg`ona-Toshkent shevalari asos qilib olingan. Olimlarning fikricha, Toshkent shevasi fonetik jihatdan, Farg`ona shevasi morfologik jihatdan adabiy tilga asos bo`lgan. Umuman olganda, adabiy til barcha shevalarga tayanadi.
Milliy til va adabiy til tushunchalari bir xil emas. Milliy til millatning maydonga kelishi bilan paydo bo`lsa, adabiy til milliy tildan oldin, xalq tili mavjud bo`lganda ham yuzaga keladi.
Milliy tilning ma’lum qoidalarga bo`ysundirilgan, muayyan qolipga solingan, olimlar, san’atkorlar, mutaxassislar tomonidan ishlov berilgan, doim silliqlashtirilib, mukammallashtirilib boriladigan shakli adabiy til deb ataladi. Adabiy til shu tilda gaplashuvchilarning barchasi uchun tushunarli bo`lishi kerak. Umuman, millatning barcha vakillari uchun tushunarli bo`lish zarurati adabiy tilning yaratilishiga sabab bo`lgan. Milliy o`zbek tilida shevalarning ko`pligi adabiy tilga bo`lgan ehtiyojni yuzaga keltirgan. Ayrim tillarda (misol uchun, fin tilida) shevalar kam bo`lgani uchun adabiy tilga ehtiyoj yo`q.
Rasmiy hujjatlar, badiiy va ilmiy adabiyot, vaqtli matbuot adabiy tilda yaratiladi, ommaviy axborot vositalari adabiy tilda ish ko`radi. Adabiy tilning og`zaki va yozma shakllari mavjud.
Adabiy tilning og`zaki shakli nisbatan qadimiy bo`lib, u nutq tovushlari, urg`u, intonatsiya (ohang) kabi fonetik vositalarga asoslanadi. Talaffuzga oid qoida va me’yorlarni orfoepiya belgilab beradi.
Adabiy tilning yozma shakli grafik vositalarga asoslanadi. Yozuvga doir qoida va me’yorlarni orfografiya (imlo) va punktuatsiya (ishorat) belgilaydi.

Download 28.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling