Oʻzbek filologiyasi fakulteti 210-guruh talabasi Abdullayeva Mohistara Rustamjon qizining
Download 260.3 Kb.
|
210 Abdullayeva Mohistara
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Andijon viloyati Andijon tumani Bekobod mahallasi shevasi haqida umumiy ma’lumot
- 2. Andijon viloyati Andijon tumani Bekobod mahallasi shevasi fonetik xususiyatlari
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT OʻZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI Oʻzbek filologiyasi fakulteti 210-guruh talabasi_Abdullayeva Mohistara Rustamjon qizining “Oʻzbekdialektologiyasi” fanidan “Dialektologik amaliyot ishi” Amaliyotrahbari: ________________________ Toshkent-2023 1. Andijon viloyati Andijon tumani Bekobod mahallasi shevasi haqida umumiy ma’lumot Mening tugʻilib oʻsgan joyim Andijon viloyati Andijon tumani Bekobod mahallasi bo‘lib, shevam ham Andijon shevasi hisoblanadi. Andijon shevasi Toshkent shevasiga yaqin turadi va qarluq lahjasiga tegishlidir. Shuningdek, Andijon shevasi tovushlarning tushishi va unlilarning qisqaligi bilan xarakterlansa, bu xususiyat qisman bo‘lsa-da, Toshkent shevasida ham mavjud. 2. Andijon viloyati Andijon tumani Bekobod mahallasi shevasi fonetik xususiyatlari 2.1 Shevaningunlilartizimi (vokalizm) Shevamizdagi ayrim so’zlarda a lashish hodisasi uchraydi: piyola – pijälä, choynak – ĉäjnäk. Shuningdek, o lashish ham mavjud: tandir – tondir, bahor – bohor. Bundan tashqari, old qator va orqa qator o’ unlisi ham bir-biridan farqli ravishda aniq talaffuz qilinadi: romāl, bɵri. 2.2. Shevaning undoshlar tizimi (konsonantizm). Shevamizda adabiy tildagi barcha undosh tovushlardan keng foydalaniladi. b – lab-lab, jarangli, portlovchi tovush. Asosan, so‘zning boshida, o‘rtasida qo‘llaniladi: bāzar, bet, tābut, säbäp. So‘z oxirida esa, p tovushi ga o‘tadi va unli bilan boshlanuvchi affiks qo‘llanilganda b tovushiga o‘zgaradi: kitob – kitāp, borib – bārip, qilib – qilip, oftob – āptāp. d – til oldi, jarangli, portlovchi tovush. Asosan, so‘zning boshida, o‘rtasida qo‘llaniladi: dārï, . So‘z oxirida esa, t tovushi ga o‘tadi. f – lab-tish, jarangsiz, sirg‘aluvchi tovush. Talaffuzda f undoshining f, p, v variantlari uchraydi. Masalan, fudbolka so‘zi bizning shevada pidbālkä deb talaffuz qilinadi. Fotima, folbin, daftar so’zlarida ham p talaffuz qilinadi. Fil so’zida esa f talaffuz qilinadi. Afg‘oniston deganda v aytiladi. g – til orqa, jarangli, portlovchi tovush. Talaffuzda asosan so‘z boshida qo‘llaniladi. So‘z ohirida k tovushi bilan almashinish o‘rinlari kuzatiladi: barg – bäk. h – bo‘g‘iz undoshi, jarangsiz, sirg‘aluvchi tovush. h va x undoshlari aksariyat hollarda bir xil talaffuz qilinadi. Sheva vakillari u qadar ham bu ikki undoshni farqlay olmaydilar. ǯ – til oldi, jarangli, portlovchi undosh. ! k – til orqa, jarangsiz, portlovchi tovush. Asosan, so‘zning boshida, o‘rtasida qo‘llaniladi:kälït. So‘z oxirida esa j tovushi ga o‘tadi: kurak – küräj. l – til oldi, jarangli, sirg‘aluvchi tovush. l undoshi odatdagiday talaffuz qilinadi: lālä, läjläk, lāl, lāzim, linejkä. m-lab-lab,portlovchi,jarangli undosh tovush bo’lib,so’zning boshida(mehr),o’rtasida(umr) va oxirida(tām) keladi. n-til oldi,portlovchi,jarangli undosh tovush bo’lib,so’zning boshida(nām),o’rtasida(äniq) va oxirida(sān) kela oladi.Bu tovush ayrim so’zlar tarkibida b yoki m tovush laridan oldin kelganda,shu tovushlar ta’sirida talaffuzda m tovushiga o’tadi:mänbä-mämbä. p-lab-lab,sof portlovchi,jarangsiz undosh tovush bo’lib,so’zning boshida(pillä),o’rtasida(āpä) va oxirida(tāp) kela oladi.Ko’p bo’g’inli so’zlarning oxirida bu tovush deyarli uchramaydi. q-chuqur til orqa,sof portlovchi,jarangsiz undosh tovush bo’lib,so’z boshida (qädr),o’rtasida(āqil) va oxirida (orāq) kela oladi.Bu tovush ayrim ko’p bo’g’inli so’zlar oxirida kelganida unli bilan boshlangan qo’shimchalar qo’shilsa,γ tovushiga almashadi:qulāq+im(qulāγim).To’qson,maqtov,maqsad kabi so’zlarda esa x tovushiga o’xshab talaffuz qilinadi. r-til oldi,sirg’aluvchi,jarangli undosh tovush bo’lib,so’z boshida(räƞ),o’rtasida(ärrä) va oxirida(bāzār) keladi. s-til oldi,sirg’aluvchi,jarangsiz undosh tovushni ifodalab,so’zning boshida(sāät),o’rtasida(äsär) va oxirida(tus) kela oladi.Bu tovush o’zbek tilidagi eng faol qo’llaniladigan tovushlardan biri hisoblanadi. t-til oldi,portlovchi,jarangsiz undosh tovushni ifodalab,so’zning boshida(toti),o’rtasida(kättä) va oxirida(sävät) kela oladi. v-lab-tish,sirg’aluvchi,jarangli undosh tovush.So’zning boshida(väzifä),o’rtasida(lävlägi) va oxirida(birāv) kela oladi. x-chuqur til orqa,sirg’aluvchi,jarangli undosh tovush bo’lib,so’z boshida(xäbär),o’rtasida(päxtä) va oxirida(mix) qo’llaniladi. z-til oldi,sirg’aluvchi,jarangli undosh tovush bo’lib,so’z boshida(zähär),o’rtasida(qiziq) va oxirida(qärz) kela oladi.Ayrim so’zlar tarkibida yonidagi jarangsiz tovushlar ta’sirida ko’pincha s tovushiga o’tadi:rizq-risq.Bu tovush ba’zi so’zlarda j tovushiga mos kelishi mumkin:sozlämāq-sojlämāq. γ-chuqur til orqa,sirg’aluvchi,jarangli undosh tovush bo’lib,so’z boshida(γäzäb), o’rtasida(däγäl) va oxirida(tiγ) keladi. Š-til oldi,sirg’aluvchi,jarangsiz undosh bo’lib,so’z boshida(šär),o’rtasida(häšär) va oxirida(qiš) keladi.Bu tovush so’zlarning turli o’rinlarida ko’p qo’llaniladi. č-til oldi,portlovchi,jarangsiz undosh tovush bo’lib,so’zning boshida(čäqä),o’rtasida(äččiq) va oxirida(āč) keladi.Ayrim so’zlarda o’zidan keyingi jarangsiz undoshlar ta’sirida talaffuzda š tovushiga o’tadi:sāčdi-sāšti. j-til o’rta, sirg’aluvchi,jarangli undosh tovush bo’lib,so’zning boshida(jil),o’rtasida(säjr) va oxirida(oj,uj) keladi. ƞ-til orqa,portlovchi,jarangli undosh tovush bo’lib,so’z boshida umuman uchramaydi,so’z o’rtasida (jäƞi) va so’z oxirida(bādriƞ) keladi. ǯ-til oldi,sirg’aluvchi,jarangli undosh tovushi bo’lib,arab,fors-tojik va rus tillarida o’zlashtirilgan so’zlarning boshida(ǯänr),o’rtasida(viǯdān) va oxirida(gäräǯ) uchraydi. 2.3. Shevadagi fonetik qonuniyatlar. Andijon shevasi singormanizmni yo‘qotgan shevalar qatoriga kiradi. Bu shevada deyarli umuman singormanizm chramaydi. 2.4. Shevadagi fonetik jarayonlar. 1.To’liqsiz assimilyatsiya-tovushlar jarangli-jarangsizlik va boshqa holatlariga ko’ra qisman o’xshashi:ishga ketgan-iškä ketkän. 2.Dissimilyatsiya-So’z tarkibidagi undoshlarning boshqa tovush tasirisiz tovush variantiga ega bo’lishi: devor-duvāl. 3.Sandhi-dastlabki so’zning oxirgi tovushini jaranglashishi:kerak edi-kerägidi. 4.Spirintizatsiya-nutq jarayonida portlovchi tovushning sirg’aluvchi variantiga ega bo’lishi :yubordi-ǯüvärdi. 5.Sponton o’zgarishlar(jaranglashish)-u shevaning tarixiy rivojlanishi bilan bog’liq bo’lishi:sariq-sarïγ. 6.Metateza-so’z tarkibida undoshlarning o’rin almashishi: arava –ävärä, sahna-hӓsnӓ, supra-sürpӓ 7.Eliziya-tashlama-täšämä(l), umr-umur 8.Reduksiya-so’z tarkibida ayrim tovushlar pozitsiyasining kuchsizlanishi:kishi-k(i)š(i), keta ber-ket(i)vur 9.Geminatsiya-undoshlarning takrorlanishi:qari-qarrï. 10.Ikkilamchi cho’ziqlik-so’z tarkibida biror undosh tovushning nutqda talaffuz qilinmasligi natijasida unli tovush cho’zilishi:bo’l-bo: , kel-ke: Download 260.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling