Oʻzbek filologiyasi fakulteti 210-guruh talabasi Abdullayeva Mohistara Rustamjon qizining


Andijon viloyati Baliqchi tumani Sortepa mahallasi shevasiga oid olqish so’zlar


Download 260.3 Kb.
bet4/4
Sana17.08.2023
Hajmi260.3 Kb.
#1667842
1   2   3   4
Bog'liq
210 Abdullayeva Mohistara

Andijon viloyati Baliqchi tumani Sortepa mahallasi shevasiga oid olqish so’zlar:
1. Tilovati Qur’on, Xushnudi rahmon, O’tganlarga bergin nuri iymon.
Tilāväti Qur’ān, Xushnudi rähmān, Otkanlarga bergin nuri ijmān.

2. O’zingdan ko’payib ketgur.


Oziŋdän kopajib ketkir.

3.Qadam yetdi, balo yetmasin.


Qädäm jetti, balo jetmäsin.

4. Keng fe’l, ketmas boyliklaridan bersin.


Keŋ pehl, ketmäs bojlikläridän bersin.

5. Safaring bexatar bo’lsin.


Säpariŋ bexätär bosin.

6.Oy borib omon, sog’ borib salomat qaytsin.


Āj bārib āmān, sāg’ bārib sälāmät qäjtsin.

7. Yaxshiga yondosh qilsin, yomondan yiroq qilsin.


Jäxšig’ä jāndāš qisin, jāmāndän jirāq qisin.

8. Dasturxonga fayz-baraka bersin.


Dästirxāngä pajz-bäräkä bersin.

9. Xonadonlari to’yxona, murodxona, hojixonalar bo’lsin.


Xānädānläri tojxānä, murādxānä, hāžixānälär bo’sin.

10. Bobo Xezimkashning boyliklaridan bersin.


Bābā Xezimkäšdi bāylikläridän bersin.

11.Boshing toshdan bo’lsin.


Bāšing tāšdän bosin.

12. Oltin boshing omon bo’lsin.


Āltin bāšiŋ āmān bo’sin.

13. Tuproq olsang, oltin bo’lsin.


Tuprāq āsäng, āltin bosin.

14. Umring uzoq, rizqing baland bo’lsin.


Umriŋ uzāq, rizqing bäläd bosin.

15. Umringdan baraka top.


Omringdän bäräkä tāp.

16. Farzandlarini rohatini ko’rsin.


Pärzäntlärini rāhätini korsin.

17. Teppa-teppa kiyib to’zdirsin.


Teppa-teppa kijip tozdirsin.

18. Topganlari to’ylarga buyursin.


Tāpgänläri tojlärgä bujirsin.

19. Yaxshi kunlarda ko’rishish nasib qilsin.


Jäxši kunlärdä korišiš näsip qisin.

20. Allohga omonat.


Ällāhgä āmānät.

Maqollar
1.Nonga tiqilsang, suvga yugur,
Suvga tiqilsang, go’rga yugur.
Nāngä tiqilsäŋ, suvgä jugur,
Suvgä tiqilsäŋ, gorgä jugur.

2. Xamir qilmoq – jon chiqmoq.


Xāmir qimāq žān čixmāq.

3. Bo’ri oldida qo’chqor semirmas.


Bori āldidä qočqār semirmäs.

4. Azizlar Xudo emas, Xudodan judo emas.


Äzizlär Xudā emäs, Xudādän žudā emäs.

5. Yetmasa ortib qolar.


Jetmäsä ārtib qālär.

6. Bir qarasang, rahming kelar,


Qilig’ini ko’rib, qahring kelar.
Bir qäräsäŋ, rähmiŋ kelär,
Qilig’ini korib, qähriŋ kelär.

7.Tojikdan do’sting bo’lsa,


Yoningda oyboltang bo’lsin.
Tāžikdän dostiŋ bosä,
Jāniŋdä ājbāltäŋ bosin.

8. Qish o’ldirma, yoz o’ldir,


Och o’ldirma, to’q o’ldir.
Qiš oltirmä, jāz oltir,
Āč oltirma, toq oltir.

9. Qorni to’qning qorni och bilan ishi yo’q.


Qārni toqniŋ qārni āč bilan iši joq.

10. Yomondan yorti qolar.


Jāmāndän jārti qālär.

11.Tana boshqa dard bilmas.


Tänä bāšqä därd bilmäs.

12. Nokasga yo’l ko’rsatmoq,


Ko’rga chiroq tutqazmoq.
Nākäsgä jol korsätmāq,
Korgä čirāq tutqäzmāq.

13. Laylakning yurishini qilaman deb, chumchuqning puti yirtilgan ekan.


Läjläkdi jurišini qilämän dep chimchiqdi puti jirtilgänäkän.

14. Yaxshi so’z, yaxshi muomala dilingizni yayratadi.


Jäxši soz, jäxši māmälä diliŋizdi jäjrätädi.

15. Ota hunari bolaga mehr ko’rsatadi.


Ātä hunäri bālägä mehr korsätädi.

16.Hunari yo’q kishining, mazasi yo’q ishining.


Hunäri joq kišini, mäzäsi joq išini.

17.Sukut ilmning yarmi.


Sukut - ilmdi järmi.

18.Yaxshi dam – mehnatga hamdam.


Jäxši däm – mehnätgä hämdäm.

19.Suv yerni ko’kartiradi.


Su jerdi kokärtirädi.

20. Yaxshi so’z qaymoq, yomon so’z to’qmoq.


Jäxši soz qäjmāq, jāmān soz toqmäq.

BOLALAR FOLKLORIDAN NAMUNALAR:



  1. Asar janri

Bolalar folklori

  1. Aytuvchi

Jumanova O’g’iloy

  1. Manzili

Andijon viloyati Baliqchi tumani Sortepa MFY

  1. Aytuvchining yoshi

16

  1. Ustozi

Buvisi

  1. Yozib oluvchi

Jumanboyeva Dilshoda

Ilān bilān,


Ilāndi posti,
Äžinäni dosi.
G’äfur G‘ulām gäzetä oqijdi.
Kelin ājim romālčä toqijdi.

  1. Asar janri

Bolalar folklori

  1. Aytuvchi

Jumanova O’g’iloy

  1. Manzili

Andijon viloyati Baliqchi tumani Sortepa MFY

  1. Aytuvchining yoshi

16

  1. Ustozi

Katta enasi

  1. Yozib oluvchi

Jumanboyeva Dilshoda

Lālä, lālä, ängišānä


Doppi tikädi mähmädānä.
-Dopping qäni?
-Sātvārdim.
- Puli qäni?
-Äräq āldim.
-Äräq qäni?
-Ičvārdim.
-Šišäsi qäni?
-Sindirvārdim.
-Sinig’i qäni?
-Komvärdim.
-Kommej ol, gumdān bol.


  1. Asar janri

Bolalar folklori

  1. Aytuvchi

Jumanova Mehriniso

  1. Manzili

Andijon viloyati Baliqchi tumani Sortepa MFY

  1. Aytuvchining yoshi

11

  1. Ustozi

Katta onasi

  1. Yozib oluvchi

Jumanboyeva Dilshoda

Ättim-bättim bir čertdim.


Pājez joligä čiqtim.
Pājez joli itbāzār.
Itbāzārdä äjiq bār
Äjiq meni qoqitti
Jurägimni čočitti.
Älli qizim bälli qizim
Rä’nā qizim tug’ipti.
Ismini mušuk qojipti.
Mijāv-mijāv desälär,
Qulāg’idän čozipti.

ČITTIGUL
1.Čitti gul-ä , čittigul,


Häj-ju , čittigul
Čittigulgä gul bāsāj,
Häj-ju , čittigul,
Häj-ju, čittigul.

Qoling qolbāg’dä bolsin,


Beling belbāg’dä bolsin.
Häj-ju, čittigul,
Häj-ju , čittigul.

Dukur-dukur āt keldi,


Čiqip qäräng, kim keldi?
Ärävädä un keldi,
Čildirmädä gul keldi.
Häj-ju, čittigul,
Häj-ju , čittigul.

Gul jäxši-ju , gul jaxši,


Gulning bähāsi jäxši,
Ortägä čiqqän qizning
Häjdär kākili jäxši,
Häj-ju , čittigul,
Häj-ju , čittigul.

Äq šāli-ju, kok šāli,


Āq šālini āqläjlik,
Kok šālini kokläjlik,
Häj-ju , čittigul,
Häj-ju , čittigul.

  1. Asar janri

Lapar

  1. Hajmi

16 misra

  1. Aytuvchi

Shermatova Malohat

  1. Manzili

Andijon viloyati Baliqchi tumani Guliston QFY

  1. Aytuvchining yoshi

47

  1. Ustozi

Katta ammasi

  1. Yozib oluvchi

Jumanboyeva Dilshoda

Kočamizning bāšidä qätār bādāmlärejjj, qätār bādāmlär,


Sevgänimgä bermädi ātä-ānämlärejjj, ātä-ānämlär.
Sevgänimgä bergänidä ātä-ānämlärejjj, ātä-ānämlär,
Jurägimdä qālmäs edi därd-u älämlärejjj, dārd-u älämlär.

Voj bizning koča tār kočä,här kun otädijejjj, här kun otädi.


Här otgändä signälini čälib ketädijejjj, čälib ketädi.
Ārqäsidän qäräsäm ozim ujälib,
Ätirguldi bäkidäj titräjdi žānimejj, titräjdi žānim.

Ändižondi sājlärigä sāldim imārätejj, sāldim imārät,


Āāā, birāvdi jārini āldim āmānätejj, āldim āmānät.
Birāvdi jārini ālib āmānät, ojnämaädim, kulmädim,
Boldim xižālätejj, boldim xižālät.

Kočamizdi bāšidä qätār bādāmlärejj, qätār bādāmlär,


Sevgänimgä bermädijejj ātä-ānämlärejj, ātä-ānämlär.
Sevgänimgä bergänidä ātä-ānämlärejj, ātä-ānämlär,
Jurägimdä qālmäs edi därd-u älämlärejj, därd-u älämlär.

Muhtasar aytganda, ushbu dialektologik amaliyot yordamida hududimiz shevasini birmuncha yaxshiroq tushunib, o’zim uchun yangi qirralarini kashf etdim. Avvallari e’tibor qaratmagan jihatlarini anglab yetdim. Buning uchun amaliyot tashkilotchilari bo’lgan universitet rahbariyati va ustozlarimizga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.
Download 260.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling