Oʻzbek filologiyasi fakulteti 210-guruh talabasi Abdullayeva Mohistara Rustamjon qizining


Andijon tumani Bekobod mahallasi mahallasi shevasi Grammatik xususiyatlari


Download 260.3 Kb.
bet2/4
Sana17.08.2023
Hajmi260.3 Kb.
#1667842
1   2   3   4
Bog'liq
210 Abdullayeva Mohistara

3. Andijon tumani Bekobod mahallasi mahallasi shevasi Grammatik xususiyatlari
3.1.Son kategoriyasi.Ko’plik affikslarining qo’llanilishi.
Son kategoriyasi birlik va ko’plik shakllaridan tashkil topgan bo’lib,bizning shevamizda
-lär :qizlär,kitāblär
-lig :kiyimlari-kijimligi kabi shakllari uchraydi.
3.2.Shevada egalik kategoriyasining qo’llanilishi( l, ll, lll shaxs)
l shaxs birlikda –m,-im :bolam-bāläm,qo’lim-qolim
l shaxs ko’plikda-miz,-imiz: bolamiz-bālämiz,qo’limiz-qolimiz.
ll shaxs birlikda -ƞ,-iƞ: bolang-bāläƞ,qo’ling-qoliƞ
ll shaxs ko’plikda-ƞiz,-iƞiz: bolangiz-bāläƞiz,qo’lingiz-qoliƞiz.
lll shaxs birlik va ko’plikda - I,-si: bolasi-bāläsi,qo’li-qoli.
3.3. Shevada kelishik kategoriyasining qo’llanilishi (qaratqich, tushum, jo’nalish, o‘rin-payt, chiqish).
Qaratqich kelishigi:
-niƞ-bu affiks ko’proq unli va sonor undoshlar bilan tugagan so’zlarga qo’shiladi:ena-enäniƞ,
Tushum kelishigi:
-ni-barcha shevalarda qo’llanila oladi: olmani-ālmäni
-di-bu affiks undosh bilan tugagan so’zlarga qo’shiladi:yigitlarni-jigitlärdi.
Jo’nalish kelishigi:
-gä,-kä : uyga-üjgä, yurtga-jurtkä.
O‘rin-payt kelishigi:
-dä,-tä: uyda-ujdä,ishda-ištä.
Chiqish kelishigi:
-dän, tän: uydan-ujdän, ishdan-ištän.
3.4. Sonning ma’no turlarini hosil qiluvchi affikslar (tartib, sanoq, chama, taqsim, jamlovchi, dona).
Sanoq son: yetti-jetti,
Dona son: -tä(bir+tä-bittä),
Taqsim son: -tädän(bitta+tädän – bittädän),
Jamlovchi son: -āv,-älä,-āvlān ( ikki+älä-ikälä, yetti+āvlān-jetāvlān)
Chama son: -täčä, -läb ,-lärčä (o’n+täčä – ontäčä, yuz+läb – yuzläb, ming+lärčä –minglärčä ).
Tartib son: -nči,-inči(olti+nči – oltinči, sakkiz+inči – sakkizinči).
3.5. Olmosh turlari (kishilik, o’zlik, so’roq, gumon, belgilash, bo’lishsizlik, ko’rsatish).
Kishilik olmoshlari: (men, sen, u, biz, siz, ulär),
Ko’rsatish olmoshlari:(bu, šu ,u, äši, mäši),
So’roq olmoshlari: (kim, nimä, qändäj, qänäqä, qänčä, qäjergä),
Belgilash olmoshlari: (hämmä, bärčä, bäri, här qäjsi),
Bo’lishsizlik olmoshlari:(hič kim, hič timä, hič närsä),
O’zlik olmoshi: (ozim, ozi, ozimiz),
Gumon olmoshi: (kimdir, nimädir, qändäydir).
3.6. Shevada fe’lning funksional shakllarining qo’llanilishi (sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi).
Sifatdosh shakllari:
-miš//-muš affikslari (kelärmiš,ajtgänmuš),
-gän//-kän affikslari (tāpkän,ajtgän),
-gič//-kič affikslari (häjdägič,qäjnätkič),
-uvlï affiksi (pishirilgan-piširuvlï).
Ravishdosh shakllari:
-a//j affikslari(o’ynay-o’ynay/ojnaj-ojnaj,bora-bora// bārä-bārä),
-gäni//-käni//-γanï//-qanï affikslari (borgani-bārgäni, kelgani-kelγanï, eshitgani-ešitkäni, yo’liqqani-jolïqqanï),
-ginčä affiksi (yurguncha-jürginčä).
Harakat nomi shakllari:
-mäk affiksi (ketmoq-gitmäk),
-v//üv affikslari (biluv-bilüv, eshituv-ešitüv).
3.7.Shevada tuslovchi affikslarning qo’llanilishi (l,ll,lll tip).
l tip tuslovchilar
l shaxs birligida: -män(bārämän),
l shaxs ko’pligida:-miz(keljäpmiz),
ll shaxs birligida:-san(borasan),
ll shaxs ko’pligida:-siz//-sïzlär(bārjapsiz,koribsizlär).
ll tip tuslovchilar
l shaxs birligida:-m(berdim),
l shaxs ko’pligida: -k(bārdik),
ll shaxs birligida: -ƞ(oldiƞ),
llshaxs ko’pligida: -ƞiz(kettiƞiz),-jiz(bäǯärdijiz).
lll tip tuslovchilar
l shaxs birlikda: -(ä)j (ketäj),
l shaxs ko’plikda: -äjik(äjtajik),
ll shaxs birlikda affiks ishtirok etmaydi, -säƞ ll shaxsga hurmat ko’rsatib,undashni(buyruqni) bildiradi –barsäƞ,
ll shaxs ko’pligida:-(i)ƞ- bāriƞ, -(ï)ƞlar-qaraƞlar,
lll shaxsda –sïn(qajtsïn).
3.8.Shevada zamon affikslarining qo’llanilishi(o’tgan,hozirgi,kelasi).
O’tgan zamon affikslari
-di(kordim),
-b//-ib( bolibdi,toläbdi),
-gän(korgän).
Hozirgi zamon affikslari
-jäp(qiljäpdi),
-māqdä(kelmāqdä).
Kelasi zamon affikslari
-är(kelär)
-r(oqir).

Download 260.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling