1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja
Download 383.95 Kb.
|
1-mavzu tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja-fayllar.org
SHaftoli. SHaftolining sifati GOST 21833-76 nomerli standart talabiga javob berishi kerak. Bu standart talabi bo’yicha o’rik mevalari sifat ko’rsatkichlariga qarab oliy, birinchi va ikkinchi tovar navlariga bo’linadi.
Oliy va birinchi tovar naviga kiritiladigan mevalar shakli va rangi bo’yicha aynan shu pomologik navga xos, butun, toza, sog’lom, yaxshi yetilgan, ortiqcha namliklarsiz, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz bo’lishi kerak. Ikkinchi tovar navida esa shakli va rangi shu pomologik navga xos bo’lmagan navlar ham bo’lishiga yo’l qo’yiladi. SHaftolining oliy va birinchi navlarida mevalar boldoqsiz bo’lishi mumkin. Lekin boldoq birikkan joyda meva po’stlog’i shilinmagan bo’lishi kerak. SHaftolilar sifatini baholashda muhim ko’rsatkichlardan yana biri pishganlik darajasi hisoblanadi. Oliy va birinchi navlarida shaftolilar yaxshi yetilib pishgan, pishganlik darajasi bir xil bo’lishi kerak. Ularda g’o’ra yoki o’ta pishib ketgan mevalar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. SHaftoli mevalari uchun ham yana bir asosiy ko’rsatkich meva ko’ndalang kesimining diametri hisoblanadi. Bu ko’rsatkich 1-avgustgacha yig’ib-terib olinadigan shaftoli mevalarining oliy tovar navi uchun 50 mm dan, birinchi tovar navi uchun 45 mm dan, ikkinchi tovar navi uchun ham 45 mm dan kam bo’lmasligi, 1-avgustdan keyin yg’ib-terib olingan shaftoli mevalarining oliy navlarida uchun esa 55 mm dan, birinchi navlari uchun 50 mm dan, ikkinchi tovar navlari uchun ham 50 mm dan kam bo’lmasligi yuqorida ko’rsatib o’tilgan standartda belgilab qo’yilgan. SHaftoli mevalarining sifatini baholashda ham o’rik mevasidagi singari ma’lum chetlanishlarga yo’l qo’yiladi. Masalan, shaftolining oliy navida mexanik jarohatlar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. Birinchi tovar navlarida esa har birining yuzasi 2 sm2 dan oshmagan 2 tagacha yengil jarohatlar bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Yoki oliy nav mevalarda zararkunandalar bilan zararlangan, kasallikka chalingan mevalar bo’lmasligi standart talabi bilan o’rnatilgan bo’lsa, birinchi nav navlarida esa 15 % gacha jarohati bitgan mevalar bo’lishiga yo’l qo’yiladi. SHuningdek, shaftolining uchala tovar navida ham chirigan va pishmagan ko’k mevalar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. Download 383.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling