1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja
Download 383.95 Kb.
|
1-mavzu tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ildizmevalilarning nav belgilari bilan tanishish Sabzi.
SHolg’om. (Brassica campestris L), krestoguldoshlarga kiradi, tupbargi kichik, barglari yer baьirlab o’sadi, patsimon (baozi navlari butun), ildizmevasi yapaloq yoki dumaloq-yapaloq shaklda, rangi oq, sariq, qizil yoki binafsha tusda, eti sariq yoki oq bo’ladi.
Markaziy osiyoda shakli yapaloq, pusti, eti oq Namangan sholg’omi, shunengdek unga yaqinroq bo’lgan Samarqand qizil sholg’omi ekiladi. Qozoьistonda o’rtacha ertapishar petrovskiy sholg’omi keng tarqalgan. Bu nav sholg’omi ildiz mevasi yassi, sariq, serhosil, uzoq saqlanish hamda mazasi yaxshiligi bilan ajralib turadi. Petrushka. (Retroselinum ‘ordens ‘olim); soyabondoshlarga mansub ikki yillik o’simlik, yemishbob bargi yoki ildizmevasi uchun yetishtiriladi. Ildizli petrushkaning ildizi yo’gonlashib, konussimon ildizmeva xosil qiladi. Bargli petrushkaning ildizi yo’gonlashmaydi, ovqatga faqat bargi ishlatiladi. Bargida 240 mg% gacha vitamin S bo’ladi. Urug’idan ekilgan petrushka birinchi yili patsimon tupbarg, chetlari tishli barg hamda ildizmeva xosil qiladi. Petrushka ekilgandan keyin 120-150 kunda yetiladi, ildizlari yerda qishlaydi yoki sabzavot omborlarida saqlanib, baxorda dalaga o’tkaziladi. Selderey. (Apium graveolens L), soyabonguldoshlar oilasiga kiradi. Uning uchta tur xili; ildizi, barg bandi va bargi uchun yetishtiriladigan xillari bor. Ildiz uchun yetishtiriladigan selderey xayotining birinchi yilida isteomolga yaroqli, dumaloq ildizmeva va to’pbarg xosil qiladi. Barg bandi uchun ekiladigan seldereyning yo’gonroq barg bandi ovqatga ishlatiladi. Bargi uchun yetishtiriladigan yoki yulma selderey yemishbob bara barglar xosil qiladi. MDX davlatlarida asosan, ildizi uchun ekiladigan selderey yetishtiriladi. Usuv davri uzunligi bilan (150-200 kun) xarakterlidir. Ildizmevalilarning nav belgilari bilan tanishish Sabzi. Iste’molda yangi va quritilgan holda ishlatiladi. Qayta ishlashda sabzavotli va ba’zi bir baliq konservalarining xom – ashyosi hisoblanadi. CHakana savdo korxonalariga yetkazib berish uchun mo’ljallangan yangi xo’raki sabzi uchun amaldagi standart (GOST 32284-2013 (UNECE STANDARD FFV10:2010)) bo’yicha sabzi oliy, birinchi va ikkinchi tovar navlarga ajratiladi. Sabzining tuzilishi bo’yicha tavsifni uning shakldan boshlanadi. Ildizmeva shaklini tavsiflash uchun shakl indeksidan foydalanamiz: J = H/D, bu yerda: H – ildizmevaning balandligi (sm), D – ildizmeva diametri (sm). Diametrni aniqlashda ildizmevaning eng keng joyi o’lchanadi, balandligi – ildizmeva asosidan (ildizning 1 sm li qalin joyidan boshlab) boshigacha bo’lgan qismi o’lchanadi. Sabzining rangi uning navini aniqlashda muhim ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. SHuni ta’kidlash kerakki sabzining ta’mi va shakli ko’pincha uni yetishtirish sharoitlari va ekish texnologiyasiga bog’liq. Navni aniqlashda ildizmevaning ko’ndalang va bo’ylama qirqimini o’rganish katta ahamiyatga ega. Ko’ndalang kesim ildizmevani pastki qismning ¼ qismidan amalga oshirilishi kerak. Tepa qismdan amalga oshirilgan qirqim bo’yicha sabzining rangi va o’zagining diametri aniqlanadi. Sabzining nav belgilari: 1.Ildizmevaning shakli (normal sharoitda yetishtirilgan sabzi uchun) – yumaloq; tsilindsimon; konussimon; qisqa konussimon; uzun konussimon (oval); uchi o’tkir konussimon (urchiqsimon). 2.SHaklining indeksi (ildizmeva uzunligining diametriga nisbati) – juda qisqa (J=1), qisqa (J=2-3), yarim uzun (J=3-5), uzunroq (J=5-8), uzun (J=8 dan katta) (1 – rasm (a)); 3.Ildizmeva boshi – tekis, yengil chuqirsimon; chuqursimon; bo’rtib chiqgan (1 – rasm (b)); 4.Elkalari – ko’tarilgan, tekis, pastga tushgan; 5.Sabzining tashqi rangi – sariq, to’q sarg’ish – qizil; 6.Sabzi yuzasining tavsifi – silliq, g’adir – budir – (mayda, yirik, ko’p, kam); 7.Ko’ndalang kesimda po’stloqning rangi – sariq, turli tusli sariq, to’q sariqdan – qizilgacha; 8.Ko’ndalang kesimda o’zakning rangi – och sariq, sariq, to’q sariq; 9.O’zakning shakli – yumaloq, qirrali, o’tkir burchakli; 10. O’zak diametrining ildizmevaning umumiy diametriga nisbati (%) – foiz qancha qatta bo’lsa ildizmeva shunchalik dag’al bo’lib, iste’mol uchun yaroqsiz hisoblanadi. 11.Tezpisharligi (unib chiqqan kundan ildizmevaning tovar holga kelgungacha bo’lgan muddat) – ertapishar navlar (70-100 kun); o’rtapishar (100-120 kun); kechpishar navlar (120 kundan ko’p). 12. Po’stlog’ining ta’mi va konsistentsiyasi. 13. Xo’jalik qo’llanilishi – saqlash va qayta ishlash uchun. Download 383.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling