1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja


Kanop poyasining tuzilishi


Download 0.51 Mb.
bet52/82
Sana04.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1158077
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   82
Bog'liq
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)

Kanop poyasining tuzilishi.
Kanoppoya va kanop tolasining strukturasini chuqur ilmiy ravishda 1921 - 1925 yillarda M.Magit, 1929-1934 yillarda A.A.Arno va Ye.P.Borshcheva va 1976-1978 yillarda N.A.Ordinalar o’rgandilar. 1961-1962 yillarda esa Ye.N.Mixaylova yer namligini ko’k poya tolasining hosil bo’lishiga ta’sirini o’rgandi. 1960-1962 yillarda kanop o’simligi po’stlog’ining strukturasini chuqur o’rganildi.
1978 yilda akademik X.U.Usmonov rahbarligida polimerlar ximiyasining eng yangi metodi - elektron mikroskop yordamida po’stloq tolalari va ularning tuzilishini o’rganish yuzaga keladi.
Poya to’qimalari strukturasini o’rganishda poyaning tashqarisidan markaziga tomon yo’nalishda qaraladi.
Poya to’qimalarining miqdori va sifati poyaning pastidan yuqori uchiga qarab o’zgarib boradi.
Kanoppoyaning birinchi anatomik to’qimasi po’st to’qima bo’lib, poyaning sirti shu to’qima bilan o’ralgan bo’ladi. Po’st to’qima po’st pardasi 1, epidermis 2 va assimilyatsion parenxima 3 dan iborat.
Po’st to’qima mexanikaviy ta’sirlaridan himoyachi rolini bajarib, o’simlikdan namning tezda bug’lanib ketishidan va har xil temperatura ta’siridan saqlaydi hamda havo almashinishini tartibga solish vazifasini bajaradi.
Po’st to’qimaning tashqi bir qavati po’st pardasidan iborat bo’lib, u suv o’tkazmaydigan maxsus moysimon modda bilan qoplangan, bu modda kutikula deb ataladi. Po’st pardasi va epidermisda teshikchalar (ustida) bo’lib, ular orqali tashqi muhitdan ichkariga namlik va havo kirib turadi. Po’st pardasining pastki qismidan ikki-uch qavatli zanjirsimon epidermis 2 hujayralari joylashgan. Epidermis hujayralarda tsellyulozali pardalar bo’ladi.
Birlamchi va ikkilamchi tolalar.
Kanop poyasining ko’ndalang kesimida tolalar tutami bir necha qatlamda (10 tagacha) joylashadi. Tashqi qatlam birlamchi tola bo’lib, pastdan yuqoriga cho’zilgan. Qolgan qatlamdagi tolalar tutami ikkilamchi tola bo’lib, poyaning uchiga yetmaydi. Qatlamlar soni ham poyaning tagidan yuqoriga qarab kamayib boradi. Demak, ikkilamchi tolalar tutamning uzunligi har xil bo’ladi. Eng uzun tola tutami birlamchi bo’lib, ikkilamchi tola tutami esa har xil uzunlikda hamda qatlamlar soni ham har xil bo’lib joylashgan. Eng qisqasi eng ichkarisidagi qatlamdir. Kanoppoyada ikkilamchi tolalar tutami juda o’sgan:boshqa tolali o’simliklarning ikkilamchi tutamiga qaraganda uzun va ko’p bo’ladi.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling