1-mavzu. Traktor va avtomobillrning tasnifi va asosiy qismlari. Ichki yonuv dvigatellari


Ko’p silindrli dvigatellarni ishlashi


Download 21.45 Kb.
bet5/6
Sana17.10.2023
Hajmi21.45 Kb.
#1706335
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu. Traktor va avtomobillrning tasnifi va asosiy qismlari. -fayllar.org

1.6.Ko’p silindrli dvigatellarni ishlashi.
Dvigatel sistemalari
Ko’p silindrli dvigatelning ravon ishlashi uchun bir turli takt uning bir necha silindrlarida bir vaqtda takrorlanmasligi va ish yo’li takti ma’lum vaqtdan keyin muntazam takrorlanishi kerak. Dvigatelning turli silindrlarida bir xil taktning takrorlanish tartibi dvigatelning ish tartibi deb ataladi. Bir silindrli dvigatelda (DT-20) tirsakli val yarim oborot aylanganda ish yo’li hosil bo’lsa, qolgan 1,5 marta aylanganda Dvigatel maxovik energiyasi hisobiga va muvozanatlovchi mexanizmlar yordamida aylanadi. Dvigatelning ishlash tartibi 1-0-0-0 bo’ladi.
Ikki silindrli dvigatellar T-25A va T-16M traktorlariga o’rnatilgan. Ular 1-2-0-0 yoki 1-0-0-2 tartibida ishlaydilar. Bunda tirsakli val bir marta aylanganda ish yo’li takti ketma-ket 2 silindrda bo’lib, ikkinchi aylanish maxovik inertsiyasi hisobiga bajariladi. Ko’pchilik traktor va yengil avtomobillarda dvigatellar 4 silindrli qilinadi.
Bu dvigatellarning ish tartibi 1-3-4-2 yoki 1-2-4-3. Demak Dvigatel ishlaganda tirsakli valning har yarim aylanishida bir silindrda ish yo’li takti hosil bo’lib, boshqa silindrlardagi tayyorlov taktlari asosan shu ish yo’li takti hisobiga bajariladi.
Olti silindrli dvigatellar o’rnatilgan traktorlarda ish jarayoni quydagicha amalga oshadi. Bu dvigatellar 1-5-3-6-2-4 tartibda ishlaydi.
Demak tirsakli val 2 marta aylanganida 6 silindrda ish yo’li hosil bo’ladi. Bu Dvigatel ravon ishlaydi, ko’p quvvat beradi. Ammo dvigatelning bo’yi uzun bo’ladi shuning uchun ularda tslindirlar qatori lotincha V shaklida ikki qatorli bo’ladi.
Bu dvigatelda tirsakli val har yarim marta aylanganida 2 ta silindrda ish yo’li hosil bo’ladi. Dvigatel ko’p quvvat beradi, ravon ishlaydi va silindrlar joylashtirilishi Dvigatel bo’yini uzun bo’lib ketishiga yo’l qo’ymaydi, avtomobillar ramasi sathidan ratsional foydalanish imkoniyati tug’iladi.
Dvigatel sistemalariga quyidagilar kiradi: 1.sovitish sistemasi dvigatelni issiqlik xolatini belgilangan haroratda tutib turishga xizmat qiladi. 2-moylash tizimi dvigatel mexanizmlarini barcha ishqalanib ishlovchi yuzalarini moylab ularni mudatidan oldin yeyilishini oldini oliga muljallangan.3- taminlash tizimi dvigatelni yoqilg’i bilan taminlash uchun xizmat qiladi.

Download 21.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling