1-mavzu. Traktor va avtomobillrning tasnifi va asosiy qismlari. Ichki yonuv dvigatellari


Qishloq xo’jalik traktorlari vazifasiga ko’ra 3 xil bo’ladi


Download 21.45 Kb.
bet2/6
Sana17.10.2023
Hajmi21.45 Kb.
#1706335
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu. Traktor va avtomobillrning tasnifi va asosiy qismlari. -fayllar.org

Qishloq xo’jalik traktorlari vazifasiga ko’ra 3 xil bo’ladi:


  1. Umumiy ishlarga mo’ljallangan (haydov) traktorlari (VT-150; KLASS-Arion -630; LX-130; T-4A-01).


  2. Universal-chopiq traktorlar (TTZ-80.11, TTZ-100LX; MTZ-80X).


  3. Maxsus traktorlar (DT-75B, T-54V)


Yurish qismini xiliga ko’ra:


  1. G’ildirakli traktorlar (ARION-630, LX-130 ,TTZ-80.10; TTZ-80.11)


  2. Zanjirli traktorlar (T-4A-01:VT-150.)


Asosi (ostov)ni tuzilishiga ko’ra:
1. Ramali traktorlar (VT-100);
2. Yarim ramali traktorlar (TTZ-80.10.: MTZ-80);


1.2 O’zbekistonda va xorijda ishlab chiqarilayotgan traktorlarning texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari
Normal torish kuchiga qarab qishloq xo’jalik traktorlari tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qiladigan o’nta klassga bo’linadi. Tortish kuchi-traktorning eng kichik ish uzatmasida (1-uzatma) va dvigatelgning nominal aylanish tezligida ishlaganda ilmog’ida hosil etadigan tortish kuchiga aytiladi. U tonna yoki kilon’yuton (KN) bilan o’lchanadi. Xozirgi kunda 0,2t (2kN); 0,6t (6kN); 0,9t (9kN); 1,4t (14kN); 2,0t (20kN); 3,0t (30kN); 4,0t (40kN); 5,0t (50kN); 6,0t (60kN);7,0(70kN) tortish kuchiga ega bo’lgan qishloq xo’jalik traktorlari ishlab chiqariladi.

"Avtomobil"-fransuz tilida "yuruvchi mashina demakdir". O’zbekiston respublikasi jahonda 28-mamlakat bo’lib, avtomobil ishlab chiqara boshladi. Andijon viloyati Asaka shahrida Janubiy qoreya davlati bilan hamkorlikda avtomobilь zavodi qurilib ishga tushirildi. Hozirgi kunda zavod Matiz, Damas, Neksiya, Spark, Kobalt, Kaptiva va boshqa markali avtomobillar ishlab chiqarmoqda. Samarqanda Germaniya bilan hamkorlikda “MAN” markali


og’ir yuk avtomobillari, “ISUZI” markali o’rta va kichik yuk avtomobillari, maxsus avtomobillar va avtobuslar chiqarilmoqda. Xorazmda “Damas” rusumidagi mikroavtobusni ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. "Damas" - mikroavtobus ko’rinishida bo’lib, 3 silindrli 38 ot kuchiga ega bo’lgan Dvigatel bilan ta’minlangan. Orqa ko’prigi yetaklovchi, 100 km masofaga 4,1 l yoqilg’i sarf qiladi.
"Neksiya" avtomobili - 4 silindrli, 75 ot kuchi quvvatiga ega bo’lgan, dvigateli 100 km masofaga 6,9 l yoqilg’i sarf qiladi. .....
Avtomobillar quyidagi xususiyatiga ko’ra klassifikatsiyalanadi:
1. Vazifasiga ko’ra. 2. Qo’llaniladigan yoqilg’ining turiga ko’ra. 3. Yo’l sharoitiga moslashuviga ko’ra.
-Avtomobillar vazifasiga ko’ra:
1.Engil avtomobillar. 2.Avtobuslar. 3.Yuk avtomobillar. 4.Maxsusavtomobillarga bo’linadi.
Maxsus avtomobillar - ma’lum turdagi ishlarni bajarish uchun mo’ljallangan moslama, qurollar va qurilmalar bilan jihozlangan. Bunday avtomobillarga - avtokran, avtovishka, yonilg’i tashuvchi, o’t o’chiruvchi, suv sepuvchi vashu kabi avtomobillar kiradi. Bu avtomobillar transport avtomobillarining ko’rinishi o’zgartirilgan modellaridan iborat bo’ladi.
Qo’llaniladigan yoqilg’i turiga ko’ra avtomobillar 2 xil bo’ladi.


  1. Suyuq yoqilg’ida ishlaydigan avtomobillar (benzin, dizel yoqilg’isi)


  2. Gazsimon yoqilg’ida ishlaydigan avtomobillar (siqilgan va suyultirilgan gaz).

Yo’l sharoitiga moslashishiga ko’ra.




  1. Normal avtomobillar (Faqat bitta ko’prigi yetaklovchi ZIL-130, Matiz, Damas, Neksiya, Spark, Kobalt va boshqalar).


  2. Yuqori o’tag’on avtomobillar- yomon yo’llarda va yo’lsiz sharoitlarda ishlashga mo’ljallangan bu avtomobillarda 2 yoki 3 o’qli bo’lib barchasi yetaklovchi bo’ladi. ( ZIL-133: Ural 377m: Kaptiva).



Download 21.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling