1-mavzu. Tuproq havosi Reja


Download 46 Kb.
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi46 Kb.
#205307
1   2   3
Bog'liq
1-maruza matni

Karbonat angidrid (SO2) atmosferada 90% ni tashkil qilib, tuproqdagi o`simliklarning nafas olishi va chirishi natijasida hosil bo`ladi. Atmosferadagi azot fotosintez jarayonini 50-100 % gacha oshirishi mumkin, ammo tuproq havosida SO2 3 % dan oshsa, o`simlikning rivojlanishi, urug`ining unib chiqish va uning hujayrasining suv bilan ta’minlanishini pasaytirib yuboradi.

Karbonat angidridga boy suvlar tuproq tarkibidagi qiyin eriydigan kalsit (SaSO3), dolomit (SaSO3·Mg SO3), magnezit (MgSO3), siderit kabi tuzlarning erishini tezlashtiradi. Tuproq tarkibidan SO2 ni olib chiqib ketish jarayonini dekarbonizatsiya deyiladi.

Ca(HCO3)2 CaCO3 + H2O + CO2

Tuproq havosida SO2 miqdori 0,05 dan 10-12 % gacha, ba’zi hollarda 15-20 % gacha yetishi mumkin. Tuproq SO2 bilan normal nafas olishi 0,01 dan 1,5 g/m2·soat hisoblanadi.

Mikrogazlar tuproqda N2O, NO2, CO, uglevodorodlar (etilen, atsitelen, metan), vodorod, oltingugurt, ammiak, mirkaptan, terpen, fosfin, spirt, efir, organik va noorganik kislotalar gazlari shaklida bo`lib, ularning miqdori 1*10-9-10-12 % dan oshmaydi. Bu gazlarning meyoridan ortiq to`planishi mikrobiologik jarayonlar, organik moddalarning hosil bo`lishi va parchalanishini yomonlashtiradi, mineral o`g`itlar, gerbitsidlar va atmosferaning texnogen gazlar bilan ifloslanishini keltirib chiqaradi.

Tuproq havosida mavjud gazlar balansini o`rganish orqali tuproqda qanday jarayonlar kechayotganligini va ularning intensivligini aniqlash mumkin.



Tuproq havosi tarkibining o`zgarishi asosan tuproqdagi biokimyoviy va mikrobiologik jarayonlar, agrotexnik tadbirlar: yerni o`g`itlash va sug`orish kabi texnogen ta’sirlar bilan bevosita bog`liqdir. Tuproq havoning tarkibi va miqdori biokimyoviy jarayonlar ta’sirida sutka, oy va yil mavsumlari davomida o`zgarib turadi.
Sinov savollari:

  1. Tuproq tarkibida havo qanday paydo bo`ladi?

  2. Tuproq havosining tarkibi qanday?

  3. Tuproq havosining tuproq hayotidagi ahamiyatini tushuntiring?

  4. Tuproq havosini o`rganish usullari qanday?

Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling