1-Mavzu: Umumiy tabiiy geografiyaga kirish. Geografik bilimlarning rivojlanish tarixi
Download 319 Kb.
|
1-маvzu Microsoft Word
1-Mavzu: Umumiy tabiiy geografiyaga kirish. Geografik bilimlarning rivojlanish tarixiMa’ruza rejasi: Geografiya, geografik fanlar tizimi. Umumiy tabiiy geografiya, uning o‘rganish obyekti, predmeti, vazifalari. Qadimgi yoki antik davr bosqichi. O‘rta asrlar bosqichi. Buyuk geografik kashfiyotlar bosqichi. Ilmiy geografik ishlar bosqichi (XVII-XIX asr). XX asr bosqichi. Fan texnikaning rivojlanishi ta’sirida oxirgi 20-30 yil ichida geografiya fanida tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. Asosiy e’tibor insoniyatni tabiiy resurslar bilan ta’minlashga qaratildi, bu esa o‘z o‘rnida geoekologik muammolarni chuqur o‘rganishni taqazo etadi. Geografiya fanining o‘rganish ob’ekti tabiiy geografik komplekslar va uning tarkibiy qismi bo‘lgan komponentlari bir–biri bilan o‘zaro chambarchas bog‘liqligi bo‘lganligi sababli mavjud muammolarni o‘rganishda va ularning yechimini topishda geografiya fanining o‘rni beqiyosdir1. Geografiya fani Yer yuzasini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Geografiya grekcha so‘z bo‘lib, geo “Er” grafo “yozaman”, “tasvirlayman” degan ma’nolarni bildiradi. Geograflar yerning tabiiy tavsifi, uning aholisi va madaniyatini hamda umumiy doirada yerning turli qismlari iqlim hodisalarini o‘rganadi. Geografiya dunyodagi barcha tabiiy va sun’iy hodisalar orasidagi o‘zaro aloqadarlikni o‘rganadi. Geograflar shuningdek yerning qandayligi, uning iqlimi hamda uning landshaftlari madaniy aralashuvga mos o‘zgarishini ko‘zdan kechiradi. Geografiya fani ikki asosiy qismga bo‘linadi: tabiiy geografiya va inson geografiyasi. Bu ikki qism o‘xshash bo‘lib, ikkalasi ham fazoviy manzaradan (ko‘rinish) foydalanadi hamda ikkalasi ham hududni o‘rganish va bir hududni boshqasi bilan solishtirishni o‘rganadi. Tabiiy geografiya atrof-muhit xarakteri, daryolar, tog‘lar, relef shakllari, ob-havo, iqlim, tuproqlar, o‘simliklar kabi tabiat hodisalarini hamda yer yuzasining boshqa tabiiy jihatlarini o‘rganadi. Tabiiy geografiya geografiyada yer fanlarini bir yo‘nalishga qaratadi. U yerning tabiiy qismlariga – litosfera (ustki qatlam), atmosfera (havo), gidrosfera (suv) va biosfera (tirik organizmlar)ga hamda bu qismlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikka urg‘u beradi. Tabiiy geografiya doirasida keyingi paytlardagi muhim yo‘nalishlar quyidagilar: Geomorfologiya (erning tashqi xususiyatlarini o‘rganadi) Glyatsiologiya ( muzliklarni o‘rganadi) Qirg‘oqlar geografiyasi (qirg‘oqbo‘yi regionlarni tadqiq qiladi) Iqlimshunoslik (iqlim va iqlim o‘zgarishlarini o‘rganadi) Biogeografiya (turlar tarqalishini o‘rganadi). Ba’zi tabiiy geograflar quyosh sistemasida yerning joylashishini o‘rganadilar. Boshqalari esa atrof-muhit geograflari bo‘lib, ularning bir qismi tabiiy muhitning fazoviy jihatlari va madaniy qarashlarni o‘rganish sohasini paydo qildi. Atrof-muhit geografiyasi tabiiy va inson geografiyasi ikkalasidan ham shuni talab qiladiki, insonlar o‘z atrof-muhitlarini va tabiiy landshaftlarni yaxshi tushunishlari kerak. Tabiiy landshaft sayyoradagi istalgan bir joy tabiiy relefini tasvirlab berishda qo‘llaniladigan ibora hisoblanadi. Eroziya, ob-havo, tektonik harakatlar ta’siri va suv kabi tabiiy kuchlar yerning tabiiy xususiyatini shakllantirgan2. Inson geografiyasi kishilar faoliyati va ularning yer ustki qismi bilan o‘zaro aloqasini o‘rganadi. Inson geograflari aholi, dinlar, tillar, xalqlar, siyosiy tizimlar, iqtisodiyot, shaharlar dinamikasi hamda inson faoliyatining boshqa komponentlarining tarqalishini tadqiq qiladilar. Ular kishilar madaniyati va turli atrof-muhit orasidagi o‘zaro ta’sirni hamda inson manzilgohlarining landshaftlarda tarqalish sabab va oqibatlarini o‘rganadilar. Odamzotning iqtisodiy va madaniy jihatlarida inson geografiyasiga asosiy e’tibor qaratiladi, bu jihatlarni muayyan joyning iqtisodiy va madaniy jihatlari bilan landshaftni tavsiflamasdan o‘rganib bo‘lmaydi. Madaniy landshaft insonlar tomonidan o‘zgartirilgan yoki yaratilgan yer yuzasining bir qismini ifodalovchi ibora hisoblanadi. Masalan, shahar madaniy landshaftlari o‘z ichiga binolar, ko‘chalar, belgilar, avtomobillar to‘xtash joylari yoki transport vositalarini, qishloq madaniy landshaftlari esa dalalar, mevali bog‘lar, to‘siqlar, omborxonalar yoki xo‘jaliklarni qamrab oladi. Muayyan joyning madaniy kuchlari – bu din, til, etnos, urf-odat yoki meros bo‘lib, ma’lum davrda bu joy madaniy landshaftiga ta’sir ko‘rsatadi. Madaniy landshaftlarning rangi, ko‘lami va shakli (ko‘rinishi) odatda ijtimoiy me’yorlar darajasini aks ettiradi. Fazoviy harakatlar turli hududlar orasida madaniy tafovutlarni o‘rganish va tenglashtirishga yordam beradi 3. Geografik fanlarni ko‘pchilik mahalliy olimlarning fikricha, to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: 1. Tabiiy geografik fanlar: geomorfologiya, iqlimshunoslik, quruqlik gidrologiyasi, okeanologiya, glyatsiologiya, muzloqshunoslik, tuproqlar geografiyasi, biogeografiya, fenologiya va b. 2. Geografik ijtimoiy fanlar: geografiya tarixi, iqtisodiy geografiya va uning barcha tarmoqlari, aholi va aholi punktlari geografiyasi, energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi va h.k. geografiyasi. 3. Maxsus geografik fanlar. O‘lkashunoslik, mamlakatshunoslik, geografik toponimika, tibbiy geografiya, harbiy geografiya. 4. Kartografiya va uning barcha tarmoqlari. Bu har bir guruhga kiruvchi fanlarning o‘z o‘rganish obekti, predmeti va o‘rganish metodlari bor. Har birining nazariy, regional hamda amaliy bo‘limlari ham bor. Download 319 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling