1. Geografiya haqida umumiy ma’lumotlar Geografiya tarixi va tarixiy geografiya


Download 22.23 Kb.
bet1/4
Sana15.12.2022
Hajmi22.23 Kb.
#1007867
  1   2   3   4
Bog'liq
География тарихи


1-Mavzu: Kirish. Fanning tadqiqot ob’ekti, maqsadi va vazifalari, tadqiqot usullari
Reja :
1. Geografiya haqida umumiy ma’lumotlar
2. Geografiya tarixi va tarixiy geografiya
3. Fanning tadqiqot ob’ekti, maqsadi va vazifalari
4. Geografik tadqiqot metodlari (usullari)
5. Geografiya tarixi va uni davrlarga bo‘lib o‘rganish


Tayanch tushunchalar: Geografiya, uning atamasi, qo‘llanilishi, tarmoqlari haqida ma’lumotlar; geografiya tarixini davrlari, bo‘limlari; paleografiya; fanning bo‘limlari, maqsadi vazifalari; tadqiqot ob’ekt; geografik tadqiqot metodlari; tabiiy va iqtisodiy metodlar.


1.1.Geografiya haqida umumiy ma’lumotlar
Geografiya (yunoncha “geo” va “grafos”)-Yerning geografik qobig‘i uning tuzilishi va dinamikasi alohida komponentlarini hududlar bo‘yicha o‘zaro ta’siri va taqsimlanishini o‘rganadigan fanlar majmuidir. Antik dunyo g‘arb olimlari Yer yuzasining manzarasini geografiya so‘zi bilan ifodalaganlar. “Geografiya” atamasini fanga dastlab Eratosfen (miloddan avvalgi 276-194 yillar) kiritgan.
O‘rta Osiyoda VIII asrlardan boshlab geografiya so‘zi ma’nosida “suratul arz”, “etti iqlim”, “Kitob al masolik va-l-mamolik” (“Mamalakatlar va masofalar kitobi”) iborasi al-Xorazmiy tomonidan qo‘llanilganligi ma’lum. Hozirgi davrda “Geografiya” o‘rniga “Geografiya fanlari tizimi” iborasini qo‘llash ilmiy jihatdan to‘g‘riroqdir ekanligini bildirgan.1
Geografiya fanlari tizimi 3 asosiy tarmoqqa ajratiladi:
a) tabiiy, ya’ni tabiiy geografik fanlar-ularga tabiiy geografiya (umumiy yer bilimi, landshaftshunoslik va paleogeografiyani o‘z ichiga oladi), geomorfologiya, iqlimshunoslik, glyasiologiya, geokrilogiya, tuproq geografiyasi va biogeografiya kiradi;
b) ijtimoiy va iqtisodiy geografik fanlar umumiy va regional iqtisodiy geografiya, xo‘jalik tarmoqlari geografiyasi (sanoat geografiyasi, qishloq xo‘jalik geografiyasi, transport geografiyasi va b.), aholi geografiyasi, siyosiy geografiya;
v) kartografiya.
Ulardan tashqari geografiyaga mamlakatshunoslik, tibbiy geografiya, rekrasiya va harbiy geografiyalar ham kiradi. Tarixiy geografiya fani to‘g‘risida XX asr boshlariga qadar ilmiy adabiyotlarda aniq tasavvur mavjud emas edi. Qadimdan hozirgi kungacha yaratilgan ko‘plab tarixiy asarlar mazmunini tarixiy-geografik ma’lumotlar tashkil etadi. Keyingi yillarda koinotni o‘rganishni rivojlanishi bilan selenografiya (oy geografiyasi) kosmik yershunosligi kabi sohalar ham vujudga keldi. Yer sun’iy yo‘ldoshlari va kosmik kemadan turib yer yuzasining suratini olish va kartasini tuzish usullari ham yaratildi.

Download 22.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling