1. Geografiya haqida umumiy ma’lumotlar Geografiya tarixi va tarixiy geografiya


Geografiya tarixi va tarixiy geografiya


Download 22.23 Kb.
bet2/4
Sana15.12.2022
Hajmi22.23 Kb.
#1007867
1   2   3   4
Bog'liq
География тарихи

1.2.Geografiya tarixi va tarixiy geografiya
Hozirgi tarixchi va geograf olimlar tarixiy geografiya bilan tarix fani o‘rtasidagi farqni juda yaxshi tushunadilar. Geografiya tarixi (ko‘pincha uni geografik bilimlar tarixi ham deb atashadi) geografik yangiliklar va sayohatlar, shuningdek, geografik tasavvurlar, umuman ajdodlarimizning geografik dunyoqarashlari tarixini o‘rganadi. Tarixiy geografiya fani esa o‘tmishni geografiya bilan bog‘lab o‘rganadi. Zamonaviy geografiya mazkur ob’ektni hozirgi holatini o‘rgansa, tarixiy geografiya uning o‘tmish tarixidan to hozirgacha qanday o‘zgarishlarini tahlil qiladi. Hatto nomidan ham bilinib turibdiki, bu fan ya’ni tarixiy geografiya o‘tmish davrning geografiyasini o‘rganuvchi fandir.
Geografiya tarixi fani geografiya fanining paydo bo‘lishidan to rivojlanishiga qadar, jamiyatning turli davrlardan to hozirgi vaqtga qadar rivojlanishini o‘rganuvchi aniq fanni tashkil etadi. Ushbu fan alohida mamlakat yoki alohida iqtisodiy rayonlardagi (masalan, O‘zbekistondagi yoki O‘zbekistonni bitta iqtisodiy rayoni bo‘lgan Farg‘ona vodiysini) ishlab chiqarishining turli davrlardagi rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarni aniqlashtiradi. Ma’lum hududdagi bunday rivojlanishga jamiyatni shu hududni landshaftiga, tabiatiga qanday ta’sir qilganlari ham aks ettiriladi. Masalan, shu hududni tabiiy sharoitini o‘zgartirish uchun insonlarni ta’siri (suv omborlari, kanallar, yo‘llar va h.k.) ko‘rganligi ham ko‘rsatiladi va bunday o‘zgarishlar shu hududni kartasida o‘z aksini topadi. Bu geografiya fani uchun yangi ilmiy ma’lumot, geografiya tarixi fani uchun ham juda foydali ma’lumot hisoblanadi.
Geografiya fanining oldida turgan masalalarni hal qilishda tarixiy geografik ma’lumotlar juda zarurdir. CHunki tarixiy geografiya o‘tgan davr tabiatini qanday o‘zgarganligi tarixini aniq geografiyasini o‘rgatadi.


1.3.Fanning tadqiqot ob’ekti, maqsadi va vazifalari
O‘rganilayotgan fanning oldingi davrlarda bo‘lgan holati odatda, fanning tarixi deyiladi. Geografiya tarixi ma’nosi-yer tasvirining tarixi ya’ni insoniyatning ongli ravishda yozma tarzda Yerning o‘rganishi davridan boshlanadi va bugungi kunga qadar davom etib kelayotgan vaqt tushunilsdi.
Geografiyaning insoniyatni umumiy tarixi bilan aloqasi, boshqa ko‘plab fanlarga qaraganda aniqroq namoyon bo‘ladi. Yer yuzini bilish haqidagi fan sifatida geografiya, jahon tarixi mohiyatining katta qismini tashkil etuvchi istilo qilish va yangi yerlarni ochish jarayonlari bilan bog‘liq. Finikiyaliklar va Osiyoning dengiz bo‘yida yashagan boshqa xalqlar, undan keyin yunonlar tomonidan O‘rtayer dengizi qirg‘oqlarini ochilishi va bosib olinishi, old Osiyoning makedoniyalik Aleksandr tomonidan istilo qilinishi, keyin Rim imperiyasining butun O‘rtaer dengizi atroflarigacha kengayishi, Evropaning shimoily mamlakatlarini nasroniy missionerlik va madaniyati bilan qamrab olinishi, SHarq bilan yangi munosabatlarni o‘rnatgan salb yurishlari, Amerika va Ost-Indiyaga dengiz yo‘lining ochilishi, bug‘mashinasi davrida jahon aloqalari, jahon xo‘jaligi, jahon madaniyati, jahon siyosatining rivojlanishi, Ichki Afrika, Markaziy Osiyo va qutb hududlarining o‘rganish-jahon tarixi, shu bilan birga geografiyaning rivojlanishi kabi bosqichlaridan iborat, bunda ba’zi hollarda ma’lum bir tarixiy voqealar, boshqa paytlarda geografik bilimlarning kengayishi oldinroq bo‘lishi, ba’zan unisi ham, bunisi ham bir vaqtda sodir bo‘lishi mumkin.
Tarixiy geografiyaning ob’ekti sifatida barcha davrlardagi geografik yangiliklar, qarashlar, bilimlar hisoblanadi, asosiy maqsadi esa ularni o‘rganish, rivojlantirish va tahlil qilishdir. Geografik bilimlarning deyarli barcha yirik muvaffaqiyatlari ham, jumladan bir qarashda geografiyadan olis bo‘lganday tuyulganlari ham, unga foyda keltirgan va oldinga etaklagan. Ikkinchi tomondan, geografiyada erishilgan yutuqlar ham har doim boshqa fanlarga va dunyoni ma’lum nuqtai nazardan tushunishga foyda keltirgan. Agar boshqa fanlar-bu ayniqsa tarix va odam haqidagi fanlarga tegishli - haligacha birmuncha bir yoqlama yondashashdan forig‘ bo‘lganlarida va o‘zlarining geografik asoslarini chuqurroq anglaganlarida ko‘proq foyda keltirgan bo‘lar edi.
Odamlarning din va axloq-odobga bo‘lgan munosabati yer haqidagi bilimlarining kengayishi bilan hamohang o‘zgargan. Geografiya tarixiga aksariyat hollarda faqat yangi yerlarning ochilishi, kashfiyotlar tarixi sifatida qaralgan, tom ma’noda makon haqidagi bilimlarni kengayishi jahon tarixi nuqtai nazaridan eng muhim fakt hisoblanadi. SHuning uchun geografiya tarixi fanining birinchi vazifasi sifatida kashfiyotlar tarixi, ularni o‘rganish esa har doim geografiya tarixining asosiy vazifalaridan biri hisoblangan. Biroq kashfiyotlar tarixi faqat faktlarni hikoya qilishdangina iborat bo‘lmasdan, turli xalq va davrlarning ehtiyojlari hamda imkoniyatlaridan kelib chiqqan kashfiyotlar jarayonini tushunishga harakat qilishi va shuningdek, ularning ishining umumiy borishiga ko‘rsatgan ta’sirini ham e’tiborga olishi kerak.
Geografiya tarixining ikkinchi vazifasi makonga oid ma’lumotlarni qayd qilishga ta’aluqli. Joyni aniqlash va kartaga tushirishga, shuningdek tasvirni kartaga tushirishga, ularni ham metodlari rivojlanishida, ham bu metodlarni yerning turli mamlakatlarida qo‘llanishlarida ko‘rib chiqadi. SHunday ekan geografiyaning ushbu ikkinchi vazifasi matematik geografiya (bu so‘z odatdagi keng ma’noda emas, torroq ilmiy ma’noda ishlatilgan) va kartografiyani mazmunini tashkil qiladi.
Joyning kartada belgilangani bilan uning haqiqiy joylashishi qay darajada mos keladi. Turli davrlarda yaratilgan kartalarning makonga oid aniqligi qay darajada bo‘lgan, kartadagi o‘rni qanday qilib va qanday sur’atlarda o‘zining haqiqiy o‘rniga yaqinlashgan? SHubhasiz, joyni to‘g‘ri aniqlash har qanday geografik bilishning asosiy va dastlabki sharti hisoblanadi. Biroq u bilishning o‘zi emas, faqat dastlabki sharti xolos, shu bois sayohatchi-tadqiqotchilarning erishgan muvaffaqiyatlarga ularning joylarni qay darajada aniqlik bilan belgilaganlariga qarab baho bergan ko‘plab geografiya tarixchilari tomonidan qilingandek, ortiqcha baho berib yuborish kerak emas. Bilishning mazmun-mohiyati makonga oid qayd qilishdan yuqoriroq turadi.
Geografiya tarixining uchinchi vazifasi, mamlakatlar haqidagi tasavvurlarning o‘zini rivojlanib borganini, nafaqat turli o‘lkalardagi tog‘lar va daryolar, manzilgohlar, yo‘llar, davlatlar haqidagi tasavvurlarni, shuningdek ularning ob-havosi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, aholisi va madaniyatini-bir so‘z bilan aytganda butun turli-tumanligi bilan o‘rganishdan iborat. Geografiya tarixi yerni turli joylarining tabiati va madaniyati, turli davrlarda qay darajada o‘rganlanligini aniqlashi kerakligi bilan ifodalanadi.
Bunda geografiya boshqa fanlarning aksariyati bilan aloqada bo‘ladi, chunki har bir alohida fakt ham geografiyaning, ham mos ravishdagi sistematik fanning, shu bilan birga agar u yer yoki insoniyat tarixiga, yoki tarixdan ilgariga oid bo‘lsa, tarixning mavzusi bo‘lishi mumkin, lekin bunda konsepsiyalar xarakteri har xil bo‘ladi. SHuning uchun geografiya tarixi, qanday qilib asta-sekin geografiya konsepsiyasi rivojlangani va bunga bog‘liq ravishda uning boshqa fanlar bilan munosabatlari tarkib topganini, uning fanlar tizimidagi o‘rnini o‘rganishi kerak.
Umumjahon geografiyasining xatosi shundaki, u O‘rtayer dengizi madaniyatidan tashqari bo‘lgan madaniyatlarga etarli darajada e’tibor qaratmaydi. SHuning uchun ham geografiya tarixidagi to‘rtinchi vazifa, tarixiy rivojlanishda nafaqat Old Osiyo va Evropada, shu bilan bir qatorda Janubiy va SHarqiy Osiyoda hamda har ikki Amerikaning mamlakatlarida ham yuz bergan geografik yangiliklar va kashfiyotlarni o‘rganish, qadimgi zamonlarda turli madaniyatlar orasidagi aloqalar va ularning bir-biriga ta’sir ko‘rsatishdan iborat hisoblanadi.
Ilgari biz o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq bo‘lgan, insoniyat taqdirlari bir-biri bilan tobora ko‘proq qo‘shilib ketmoqda, garchi hozirgi vaqtda Evropaning ta’siri ustun bo‘lsada, biz boshqa mamlakatlarning tarixiga ham befarq bo‘lmasligimiz kerak. Fan tarixida har qalay uning SHarqda va Evropada rivojlanishi bilan cheklanish mumkin , faqat bunda eng yangi davr uchun uning Evropa mustamlakalari va YAponiya rivojlanishini e’tiborga olish kerak, chunki geografiya har qalay o‘zgalar uchun ancha yopiq rivojlangan va chetdan faqat alohida impulslarnigina qabul qilgan. Agar biz zamonaviy fanni, hech bo‘lmaganda zamonaviy geografiyani yaxshiroq tushunish uchun, bizning madaniy doiramizdan tashqarida bo‘lgan Xitoy geografiyasini ham kiritganimizda edi, bu bayon qilish izchilligiga foyda etkazgan bo‘lar edi.
Bayon qilishning Evropacha izchilligi bizni ibtidoiy va yarim madaniy xalqlardan SHarq madaniyati orqali qadimgi yunon va Rimga, u yerdan ham xristian Evropasi, ham musulmon SHarqiga, keyin Uyg‘onish davri orqali Evropaning yangi va zamonaviy davriga olib keladi. Fan tarixi birmuncha darajada teleologiya (tabiatda hamma narsa oldindan belgilangan maqsadga muvofiq qilib yaratilgan deb talqin qiluvchi diniy ta’limot) ga oid, ya’ni zamonaviylikka, hozirgi kunga intilgan bo‘lishi kerak, zero gap aynan zamonaviy geografiya holatini uni rivojlanishini tushunish haqida borishi bilan izoxlanadi.
Geografiya tarixini o‘rganishda quyida keltirilgan asarlar va mualliflarni o‘rganishga qaratishimiz lozim. M.A.Gumboldt “Kosmos” ining ikkinchi jildida geografiya tarixining ajoyib tahlilini (umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumot) bergan, undan keyin Karl Ritterning ba’zi tushirib qoldirilishlar bilan chop etilgan bir necha ma’ruzalari (“GESchichie der Erdkunde und der Endecungen”, 1861).
Hozirgacha Viven de S.Martenning “Histoire de la geographie”, 1873 eng yaxshi yig‘ma asar hisoblansa-da, shunga qaramay unda ham kashfiyotlar tarixi birinchi o‘ringa qo‘yilgan. O.Peshelning Yershunoslikning tarixi (1865, 2-nashr, Ruge-1877) ko‘proq ilmiy bilimlarni e’tiborga oladi, lekin unga qo‘yilgan vazifaga muvofiq qadimgi davrlarga juda qisqa to‘xtaladi. Yangi davr esa bir tomonlama nemislar olib borgan tadqiqotlarga yo‘naltirilgan. Velning 1903 yildagi “Weltall und Menschheit” dagi bayoni yana kashfiyotlar bilan cheklanadi, u engil o‘qiladi, biroq kompilyativ (qurama) tarzda yozilgan.
S.Gyunterning “Yershunoslik tarixi” (1914) da qayta ishlanmagan ma’lumotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, ulardagi ma’lumotlar har doim ham ishonarli emas. K.Krechmer geografiya tarixi haqida qisqa ocherk yozgan (“Samme Goschen”, 2 LufI., 1923), ba’zi muammolar uchun uning Amerikaning ochilish tarixi ahamiyatga ega (yubiley nashri “GESel lschaft der Erdkunde”, Berlin, 1892)2.



Download 22.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling