1. Geografiya haqida umumiy ma’lumotlar Geografiya tarixi va tarixiy geografiya


Geografiya tadqiqot metodlari (usullari)


Download 22.23 Kb.
bet3/4
Sana15.12.2022
Hajmi22.23 Kb.
#1007867
1   2   3   4
Bog'liq
География тарихи

1.4.Geografiya tadqiqot metodlari (usullari)
Geografiya fanlari predmetini bilishning uslub va usullari majmuasi hisoblanadi. Geografik tadqiqot usullari yordamida turli xil geografik ma’lumotlarni adabiyotlardan va bevosita dala sharoitida tadqiqot jarayonida to‘plab tahlil qilinadi hamda ulardan fanning metodologiyasini yaratish, nazariy-ilmiy va amaliy maqsadlarda foydalanish yo‘l-yo‘riqlari aniqlanadi.
Geografik tadqiqot metodlari ilm-fan taraqqiyotini (ta’lim g‘oyalarini) ta’minlaydigan, tadqiqotchining maqsad va vazifalarini maqsadli yo‘nalishda amalga oshiradigan eng muhim tadbirdir.
Geografik tadqiqot metodi ikki yo‘nalishda tabiiy va iqtisodiy- ijtimoiy geografik tadqiqot metodlari bilan olib boriladi.
Tabiiy geografik metodlar - tabiatda sodir bo‘ladigan narsa va hodisalarni, tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni ilmiy baholashda qo‘llaniladigan usullar majmuidir. Asosiy metodlari: ekspeditsiya, statsionar, kuzatish, qiyoslash, kartagrafik, aerofoto, kosmik, matematik, rayonlashtirish va h.k.
Ushbu metodlar yordamida asosan geografik majmua va komponentlar hamda geografik muhit tadqiq qilinadi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografik metodlar - jamiyatda sodir bo‘ladigan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlarni namoyon qilishda qo‘llaniladigan usullar majmuidir. Asosiy metodlari: statistik ma’lumotlar tahlili, kartografik, konstruktiv, modellashtirish, majmua, kuzatish va h.k.
Mazkur metodlar yordamida xo‘jalik tarmoqlarini oqilona hududiy tashkil etish va ularni joylashtirish, kishilarning qulay yashash sharoitlarini barpo etish, ishlab chiqarish sohasida iqtisodiy samaradorlikni oshirish chora va tadbirlarini taklif etish kabi masala (muammo) lar echiladi.


1.5. Geografiya tarixi va uni davrlarga bo‘lib o‘rganish
Geografiya tarixi fani ham geografiya fanlari sistemasiga kiruvchi fandir. Bu fanni vazifasi sayyoramiz tabiati, jamiyati to‘g‘risidagi eramizdan avvalgi umumgeografik ma’lumotlarni to‘plash va hozirgi ilmiy geografiya fan darajasiga qanday ko‘tarilganligini tasavvur qilish hamda geografiya fanining hozirgacha qanday rivojlanganini o‘rganish hisoblanadi.
Insoniyat paydo bo‘libdiki, atrof-muhit bilan tanishishni boshlab, asta-sekinlik bilan hayvonot olamidan ajrala boshladi. Uning asosiy xususiyatlaridan biri yuqori paleolit davrida o‘zidan g‘orlarda qoldirgan har xil tasvirlar ma’lumot sifatida bizni zamonamizgacha etib kelgan. Bundan tashqari neolit odami engil dehqonchilik, uy hayvonlarini boqish, loydan idishlar yasash kabi ishlarni qilishni boshlagan.
Mehnat qilish jarayonini rivojlanishi bilan fikrlash va muloqotda bo‘lish hususiyatlari vujudga kelishi bilan insonlar aniq joylarni, geografik hisobga olgan holda yashash va keyinchalik geografik tushunchalarni o‘rgana boshladilar.
Ming yillik davr ichida qadimgi odamlarni geografik ongi kengaya bordi. Bunga sabab nafaqat odamlarning joylarga tarqalishi, balki mehnat jarayoni kengayishi, mehnat qurollarini zamonlashtirish va ishlab chiqish, xo‘jalik aloqalarini kengayishi ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
Insoniyat tarixi oxirgi 40-50 ming yillikda yuksak darajada xo‘jalik ishlar, fikrlash va madaniyat tomonidan rivojlandi. Ommaviy birlashish jarayonida xo‘jalik ishlari o‘zaro bog‘liqligi ta’sirida xalqlar orasida geografik qarashlar, g‘oyalar kengaya borishi bilan atrof-muhitga yangi nazar, fikr bilan qarshi aniq va ravshan umumiy geografik tushunchalarda paydo bo‘la boshlagan.
Inson o‘zining g‘ayratini g‘orlarga rasm chizish, sopollarga yozish bilan bildirgan, o‘ziga xos “geografik tip” yordamida qoyalarga chizmalar chizish, daraxt po‘stiga chizish kabi mashg‘ulotlar o‘z izini qoldirgan.
Qadimgi joy shakl-tasvir (plan) 6000 yil avval Mesopatamiyada loyli taxtada barpo qilinish va bizgacha etib kelganini hisobga olgan holda shuni aytish mumkinki, inson shu davrlarda ham joylarni tasvirlashni bilganini isbotlaydi.
Ilk madaniyatni o‘rgangan, XIX asrda yashagan E.Teylor shu davrda odamlar o‘zlarini buyumlarini so‘z bilan ifodalay boshlab, geografik ob’ektlarni nomlashni o‘rganganlar. SHuningdek, E.Teylor “xalqlar qanchalik kam takomillashgan bo‘lmasin, o‘zining tog‘lariga va daryolariga “Qizil tepa” yoki “Bobran daryo” kabi nomlarni berishganlar” deganda, ana shuni nazarda tutadi.
Qabilalarni nomlashda esa joyga qarab nomlashgan. Masalan, “Qizil tepa” qabilasi, katta daryo qabilasi, vaqt o‘tishi bilan qabilalar rasmlar orqali, keyinchalik esa maxsus belgilar yordamida nomlangan.
Ushbu belgilar yordamida insonlar asta-sekinlik bilan fikrlarini tushuntirganlar, keyinchalik esa bu fikrlarni umumlashtirib, katta geografik hikoyalarga aylantirishgan.
Geografiya tarixi fanining taraqqiyot tarixini quyidagicha davrlarga bo‘lib o‘rganish mumkin:
1. Eng qadimgi geografik bilimlarni to‘planishi (eramizdan avvalgi va eramizni IV asrigacha);
2. O‘rta asrlardagi geografik tasavvurlar (V va XVII asrlar);
3. XVIII va XIX asrni birinchi yarmidagi geografik bilimlarni rivojlanishi;
4. Geografik tasavvurlarni (XIX asr ikkinchi yarmi va XX asrni rivojlanishi);
5. Hozirgi geografik bilimlar.
Yuqoridagi besh davrga ajratish albatta shartli deb qarash maquldir. CHunki bu davrlarni bir-biriga qo‘shib yuborish ham ajratib yuborish ham mumkin.

Download 22.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling