1-mavzu. Varvar qabilalari, Franklar davlati va Vizantiya imperiyasi Reja


Rim imperiyasining varvarlar tomonidan bosib olinishi


Download 70.17 Kb.
bet2/6
Sana02.02.2023
Hajmi70.17 Kb.
#1146846
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu. Varvar qabilalari, Franklar davlati va Vizantiya davlati

2. Rim imperiyasining varvarlar tomonidan bosib olinishi. IV-VI asrlar Yevropa tarixiga xalqlarning buyuk ko’chishi nomi bilan kirgan. Ko’chish natijasida xalqlarning yashash hududlari kеskin o’zgarib kеtgan. Ushbu ko’chishga bir qator omillar sabab bo’lgan:
yangi-yangi yerlarga talabning kuchayishi;
sharqda yashovchi qudratli ko’chmanchi xunn qabilalarining G’arbga istilochilik yurishi boshlanishi;
ob-havoning kеskin o’zgarishi, ekin maydonlari aksariyat qismining yaroqsiz holga kеlishi.
Buyuk ko’chish natijasida gеrman qabilalari G’arbiy Rim impеriyasini bosib oldilar. Asrlar davomida hukm surib kеlgan quldorlik jamiyati barham topib, yangi jamiyat – fеodal jamiyati qaror topa boshlagan. Bundan tashqari, xalqlarning buyuk ko’chishi oqibatida turli xalqlarning bir-biri bilan aralashuvi yuz bеrib, ularning madaniy qiyofasi ham o’zgargan.
Vandallar sobiq impеriyaga qarashli Shimoliy Afrikani, vеstgotlar (g’arbiy gotlar) Ispaniyani, ostgotlar (sharqiy gotlar) Italiyani, franklar Galliyani, angl va sakslar esa Britaniyani egallab oldilar va shu joylarda o’z davlatlarini barpo etdilar3.
3. Franklar davlati. Buyuk ko’hishlar boshlanishiga qadar german qabilalariga mansub franklar Reyn daryosi quyi oqimidagi hududlarda yashaganlar. Quyi va O'rta Reyn bo'ylarida milodiy III asrda yashagan qabilalar ittifoqiga birlashgan german qabilalari guruhiga - xamavlar, brukterlar, usibetlar, tenkterlar, sugambrlar va boshqalar kirgan. Franklar 2 guruhga bo'lingan. Birinchi guruh g' arbiy bo’lib, uning negizini sali (dengiz bo'yi; keltcha sal — dengiz) franklari tashkil etgan. Ular dastlab Eysel daryosi bo'ylarida, IV-asr o'rtalarida esa Reyn daryosi qirg’oqlarida yashaganlar. Ikkinchi guruhi Reynning o‘rta oqimida (har ikki qirg‘oqda) yashagan franklar - qirg‘oq franklari yoki ripuar franklari deb (lotincha “ripa”- qirg‘oq so‘zidan) atalar edi. Bulardan eng kuchlisi sali franklari bo‘lib, ular Galliyaning g’arbiga qarab bordilar4.
Franklar milodning IV asrlarida Rim imperiyasining Galliya viloyatiga ko‘chib kela boshlagan. V asrda G‘arbiy Rim imperiyasining ag‘darilishi bilan franklar uning hududida o‘z qirolliklarini barpo etib, o‘z hududlarini kengaytirib boradilar. Rim yerlarini bosib olish natijasida franklarda davlatning tashkil topish jarayoni nihoyasiga yetadi. Biroq bu yerda urug’‘doshlik tuzumi birdaniga yo‘qolib ketmadi.
Franklar bosib olgan yerlarni boshqarish uchun boshqaruv organlari tashkil etishlari zarur bo‘lib qoldi. Endilikda eski urug’doshlik organlari - oqsoqollar kengashi, xalq lashkarboshilari Rim imperiyasi yerlarini boshqarishga to‘g‘ri kelmay qolgan edi. Lashkarboshining hokimiyatini kuchaytirish zaruriyati kelib chiqadi. Oddiy lashkarboshi endi chinakamiga yolg’iz hokimga - qirolga aylana boradi. Qirol urug’‘doshlik tuzumi sharoitidagi urug’ jamoalariga tegishli mol-mulklarni o‘ziniki qilib ola boshlaydi. Xalq mulkini tortib olib, hadya va mukofot sifatida o‘z yaqinlariga, askarlariga va xizmatkorlariga ulashib beradi.
Franklar gotlar va langobardlar kabi hayvon terisidan emas, balki matodan kiyim-bosh kiyishgan va soch-soqollarini olib yurishgan. Ularda faqat qirol oilasiga mansub kishilar uzun sochda yurishgan5.
Sali franklarining Merovinglar sulolasiga mansub qiroli Xlodvigning podsholik tarixi (481-511yillar) franklar hayotida ro‘y bergan katta-katta o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Xlodvig barcha frank qabilalarini birlashtirib, 486 yilda Galliyani istilo qiladi. Rimning bu viloyati hali varvarlar tomonidan zabt etilmagan bo‘lib, Rim imperiyasi qulagandan keyin Shimoliy Galliyaning amalda qiroli bo‘lib qolgan Siagriy degan rimlik yerli magnat tomonidan idora qilinardi, bu viloyatning markazi Parij edi. Siagriy franklarga sal bo‘lsa-da, jiddiy bir qarshilik ko‘rsata olmadi. Suasson shahriga yaqin joyda shiddatli jang bo‘ldi. Rim qo‘shinlari franklar tomonidan tor-mor etildi.
Xlodvig katta va muhim hududni - Sena va Luara daryolari havzasini zabt etib, franklarga ko’p yerlarni taqsimlash imkoniga ega bo‘ldi. Daryolari juda ko‘p, yeri serhosil, dehqonchilik uchun qulay va qayinzor o‘rmonlarga boy bo‘lgan keng, lekin rimliklar vaqtida huvullab qolgan bu hududga boshdan-oyoq franklar ko‘chib keldi.
490-yillarning o‘rtasida Xlodvig va uning drujinasi tomonidan, keyinroq esa oddiy franklar va ularning oila a’zolari tomonidan xristianlikning qabul qilinishi Franklar qirolligining yanada rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Galliya va Rimdagi e’tiborli mahalliy ruhoniylar Xlodvigni va boshqa Frank qirollarini zo‘r berib qo‘llab-quvvatladilar. Bu narsa franklarning Galliya janubidagi qolgan yerlarni - Vestgotiya va Burgundiyani bo‘ysundirishini ancha osonlashtirib, franklarning o‘z orasidan ham qirol hokimiyati ta’sirining ortishiga yordam berdi. Xlodvig qolgan barcha sali va ripuar qirollarini sekin-asta qira borib, yangi qirollikning yolg’iz qiroli bo‘lib oldi, u (Reynning narigi tomonidagi yerlardan tashqari) Galliyaning to‘rtdan uch qismini o‘z ichiga olar edi.
Xlodvigdan keyin mamlakatni birlashtirish uchun kurashda Xlodvig avlodlari nihoyat darajada munofiqlik va shafqatsizlik ko‘rsatgan. Xlodvigning o‘g‘li Xlotar o‘lgan akasining bolalarini shaxsan qatl etgan. Chunki ular taxtga da’vogar edilar. Xlotar bu bilan cheklanib qolmay, yuqoridagilarning o‘limi uchun qasos olishi mumkin bo‘lgan barcha kishilarni qirib tashlashga buyruq bergan edi.
Xlodvigning o‘g‘il va nevaralari qirollikni tez-tez taqsimlab va qayta taqsimlab turishlariga, doimo o‘zaro urushlar olib borishlariga qaramay, qirollikning chegaralarini kengaytirishni davom ettirdilar. 534 yilda ular Burgundiyani zabt etdilar, 542 yilda vestgotlarning Galliyadagi oxirgi yerlari ham bosib olindi, Reynning narigi tomonida esa Alemaniya, Tyuringiya, Bavariya hamda saks qabilalarining ba’zilari franklarga bo‘ysundi. VI asrning ikkinchi yarmida Franklar qirolligi barcha varvar qirolliklari ichida eng katta qirollik edi. Ilgari Teodorix davrida ostgotlar qo‘lida bo‘lgan gegemonlik endi franklar qo‘liga o‘tdi.
Xlodvigning evarasi Xlotar II otasi va amakisi hamda boshqa shahzodalar o‘ldirilgandan keyin 613 yilda franklarning yagona hukmdori bo‘lib qolgan. Xlotar II 614 yilda farmon chiqarib, yerdor aristokratiyaning o‘zaro urushlar vaqtida olgan pomestelarini o‘sha aristokratiya ixtiyorida qoldirish majburiyatini o‘z zimmasiga oldi va graflarni (okrug hokimlarini) faqat mahalliy yer egalari orasidan tayinlashga va'da berdi. Shunday qilib, yerdor aristokratiya Merovinglar urug’iga mansub bo‘lgan qirollarning o‘zaro urushlaridan o‘z manfaatlari uchun to‘la foydalanadi.
Merovinglar sulolasi deb nom chiqargan Xlodvig sulolasi o‘zaro urushlar natijasida zaiflashib bordi. Ayniqsa bu Xlodvigning nevara va evaralari o‘rtasidagi qirq yillik urushda juda bilinib qoldi. Xlotar II ning hokimiyati kuchli hokimiyat bo‘lmadi. Qirol Dagoberg (629-639-yillar) mamlakatni qisqa vaqt birlashtirib turishiga qaramay, franklar monarxiyasi inqirozga yuz tuta boshladi. Qirol davlat yerlarining tobora tarqala borishi, o‘z askarlariga taqsimlayverishi natijasida uning hokimiyati kuchsizlanib, yer egalarining (yer magnatlarining) hokimiyati kuchayib ketdi. Dagoberg o‘lganidan keyin shunday bir davr boshlandiki, 639-751 yillar o‘rtasidagi butun bir davrni o‘sha vaqtdagi kishilarning o‘zlari ham “yalqov qirollar” davri deb atagandilar6. Bu davrida Merovinglar faqat nomigagina qirol bo‘lib, ular qo‘lida haqiqiy hokimiyat yo‘q edi. Butun ma’muriy, sud va harbiy hokimiyatni mahalliy magnatlar tortib olgan edi. Qirollar yerlarni taqsimlab borishlari natijasida yirik yer egalarining hokimiyati o‘sib, qirol hokimiyati zaiflashib borgan va vaqt o‘tishi bilan hokimiyat qirol qo‘lidan chiqib ketgan edi. Xususan, Neystriya, Burgundiya va Avstraziyada juda katta oqsuyak uylar yetishib chiqib, o‘z yurtlarida qirol mayordamlari sifatida butun hokimiyatni o‘z qo‘llariga olgan edilar.
Dastlab uch mayordamdan eng kuchlisi Neystriya mayordami edi. U Burgundiya mayordamini ham o‘ziga bo‘ysundirdi, lekin Neystriya mayordami tez vaqt ichida kuchliroq bo‘lgan boshqa bir mayordamning - Avstraziya mayordamining qarshiligiga uchradi. Sharqiy frank mayordamining ahvoli qulayroq edi. Avstraziya mayordamlari ko‘p sonli harbiy kuchga tayanish imkoniga ega bo‘ldilar, bu harbiy kuchning bir qismi bu yerda ham saqlanib turgan erkin dehqonlardan iborat edi. Shu bilan birga Avstraziyada oqsuyaklar birmuncha kuchsiz bo‘lib, ular o‘z gersogining - mayordamining boshchiligiga bo‘ysunishga majbur edilar. Neystriyada esa, aksincha, ko‘pgina yirik feodal uylari bir-biri bilan raqobat qilmoqda edi. Oxiri, Avstraziyaning Pipinlar xonadonidan chiqqan mayorda-mi gersog Pipin III Geristalskiy 687 yilda o‘zaro jangda raqibi Neystriya mayordamini tor-mor qilib, shu vaqtdan boshlab butun qirollikni bir o‘zi idora qila boshladi. Ammo, shu bilan birga, u Meroving qirollarining nomigina qolgan hokimiyatini saqlab keldi. Haqiqatda esa Pipin Geristalskiy yangi sulolani boshlab bergan edi, bu sulola keyincha uning eng mashhur namoyandasi bo‘lgan Karl Buyuk nomi bilan Karolinglar sulolasi deb ataldi.
Franklarning V asr oxiri - VI asr boshlaridagi ijtimoiy tuzumi haqida o‘sha davrning muhim huquqiy yodgorligi –“Sali haqiqati” – “Lex Salia” (500-yil atrofida yozilgan) anchagina ma’lumotlar beradi. “Sali haqiqati”ga asoslanib, franklarning asosiy mashg‘uloti dehqonchilik bo‘lgan, degan xulosaga kelish mumkin. Chunki undagi bir qancha moddalar erkin franklarning ekin yerlari, turli xildagi dehqonchilik qurollari, ish hayvonlari bo‘lganligidan, boshoqli o‘simliklar yetishtirganligidan dalolat beradi.
“Sali haqiqati”da o‘rmon va yaylovdan, suvdan birgalikda foyda-lanish haqida gapirilgan moddalar bor. Qishloq jamoasi (marka) ushbu qonunnomaga ko‘ra, o‘z hayotining ilk bosqichida hali mutlaqo urug’‘chilik tuzumiga xos belgilarga ega edi. “Sali haqiqati”ga ko‘ra, urug’‘ jamoaga qarashli yerlarning asosiy egasi bo‘lish bilan birga, yana siyosiy tashkilot ham edi. Urug’‘ a’zolarining hammasi kafillikda qatnashardi, ya’ni sudda aybdor qarindoshi uchun kafolat berardi. Qotillik uchun to‘lanadigan tovonning (vergeldning) faqat bir qisminigina qotilning oilasi to‘lardi. Buni urug’ a’zolari ham to‘lashi lozim edi. Shuningdek, vergeld ham o‘ldirilgan odamning oilasi bilan urug’‘ o‘rtasida taqsimlanardi. Yer urug’‘dan tashqariga chiqib ketmasin uchun yerni ayollarga berish yoki meros qilib qoldirish taqiqlangan edi. Bolasiz frank o‘lsa, uning yeri aka-ukalariga va o‘zining urug’‘idagi boshqa erkak qarindoshlariga o‘tar edi.
Biroq “Sali haqiqati” urug’‘chilik tuzumining yemirila boshlaganligidan ham dalolat beradi. Vorislik va kafolat huquqidan voz kechib, urug’‘dan chiqish mumkin edi. Franklarda ijtimoiy va mulkiy bo‘linish (tabaqalanish) ochiq ko‘rinib turardi. Birinchi o‘rinda qirol drujinachilari turardi, bularning vergeldi (xuni) 600 solid5 belgilangan edi. Oddiy erkin frankning joni uchun faqat 200 solid vergeld to‘lanardi. Yarim erkin kishining - litning vergeldi esa 100 solid edi. Qulni o‘ldirganlik uchun quldorga 30 solid, ya’ni urushda miniladigan otni o‘g‘irlaganlik uchun qancha to‘lansa, qul uchun ham o‘shancha to‘lanardi. Shunisi xarakterliki, rimlikni o‘ldirganlik uchun to‘lanadigan vergeld franknikidan kam edi.
Yirik pomestyelar bo‘lgan-bo‘lmaganligi “Sali haqiqati” da ochiq aytilmagan. Lekin, ba’zi bir alomatlarga (xonaki hunarmandlar sonining ro‘yxatiga, qullar sonining juda ko‘pligiga va boshqalarga) qarab fikr yuritganda, V-VI asrlardayoq erkin frank qishlog‘i bilan bir qatorda yirik yer egalarining pomestelari ham bo‘lgan. Katta yer egalari qirolning o‘zi, uning drujinachilari, yuqori tabaqa ruhoniylari va qisman yerlarni saqlab qolgan hamda saroy ahliga yaqin bo‘lgan (“Sali haqiqati”da aytilishicha, ”qirolning hamtovoqlari” bo‘lgan) rimlik yer egalari edi. Shunday bo‘lishiga qaramay, bu davrdagi frank jamiyatida asosiy figura erkin frank edi, u qishloq jamoasining to‘la huquqli a’zosi, jamoa yerining egasi, yirik yer egasiga qaram bo‘lmagan mustaqil, erkin dehqon edi.
Franklarda ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi feodal jamiyatining ildizlari paydo bo‘lishi bilan birga kechdi. Jamiyatning feodallashish jarayoni Vasrning oxirlaridan boshlanib, taraqqiy eta bordi. Asta-sekin yer egalari paydo bo‘ldi va mahalliy aholiga nisbatan siyosiy hokimiyatga ega bo‘lib bordi. Erkin franklar qaram dehqonlarga aylandi.
Xlodvigning vorislari qirol yerlarini benefitsiy (“xayr”, “saxovat”) tarzida o‘z drujinachilariga bo‘lib berdilar, bular asta-sekin votchinachi - katta yer egalariga aylanib borar va yerlarini meros tariqasida o‘z bolalariga qoldirardilar. Cherkov ham qirol xazinasidan (qirol yer fondidan) sovg’a (donatio) tariqasida ko‘p yer oldi. Dunyoviy oqsuyaklar ham, cherkov oqsuyaklari ham o‘z yerlarini, qiroldan tashqari, birinchi navbatda dehqonlar hisobiga kengaytirdilar. Dehqonlar qo‘shni dunyoviy katta yer egalari homiyligiga (patronat yoki kommendatsiyasiga) o‘tdilar. Shuningdek, dehqonlar cherkovdan madad olish maqsadida yerlarini shu shaklda bo‘lar edilarki, cherkov dehqonlarga bir uchastka yerni ma’lum miqdorda obrok to‘lab turish yoki barshchina o‘tash sharti bilan umrbod foydalanishga berardi, bu yer uchastkasi prekariy deb atalardi7.
Erkin va mustaqil dehqonlarning asta-sekin yo‘qolib, krepostnoy kishilar sinfiga aylanishida ifodalangan feodallashuv jarayoni sobiq Rim imperiyasiga ko‘chib kelib joylashgan varvarlarning hammasida sodir bo‘ldi. Franklarda esa bu jatuman hali juda mustahkam bo‘lgan baquvvat erkin dehqonlarning (”Sali haqiqati”da ko‘rsatilgan dehqonlarning) qaramlik-krepostnoylik holatiga ochiq, keskin tusda o‘tishida namoyon bo‘ldi, xolos. Bunda dehqonlar yuridik jihatdan boshqa kishiniki bo‘lgan yerda o‘tirib, shu yer egasining foydasiga biron xil “tutqinlik” majburiyatini o‘tar edi.
Davlat hokimiyati yirik yer egalari qo‘liga o‘tib borgan. Yirik yer egalari dastlab qirol hisobiga soliq yig‘ib, uning nomidan sud qilgan bo‘lsalar, keyinchalik o‘zlari nomidan sud qilib, o‘z foydalariga soliq yig‘a boshlaganlar. Bu huquqni qirol ba’zan immunitet yorlig‘i bilan mustahkamlab berardi. Immunitet yorlig‘i olgan mahalliy yer egalari (dunyoviy yer egalari ham, cherkov yer egalari ham) o‘z hududlariga qirol amaldorlari, sud'yalari singari kishilarning tekshirish uchun kirishidan holi edilar. Bundan tashqari, mahalliy yer egalariga yana shunday immunitet yorliqlari ham berildiki, ularga muvofiq o‘zlariga qaram bo‘lgan aholinigina emas, hatto erkin aholini ham sud qilish va undan o‘z foydalariga hukumat soliqlari va majburiyatlari undirish huquqini oldilar. Immunitetlar magnatlarning - yer egalarining erkin aholi orasidan ojizlarini topib, o‘z asoratlariga tushirishlariga juda katta yordam berdi. Barcha davlat majburiyatlari aholi zimmasida edi.
Endilikda davlat majburiyatlari qirol foydasiga emas, immunitet yorliqlarining egalari foydasiga tusha boshladi. VI asrdan boshlab immunitet yorliqlarini berish juda keng tarqaladi. Hatto cherkovlar ham immunitet yorliqlari ola boshlaydilar. Yuqorida aytganimizdek, immunitet yorlig‘i sifatida olingan yerlarga, hatto, qirol amaldorlari ham kira olmas edi. Bu esa qirol hokimiyatining zaiflashuviga olib kelgan. Chunki har qanday majburiyatlardan ozod bo‘lgan va o‘z yerlarida keng hokimiyatga ega bo‘lgan yer magnatlari qirol hokimiyati bilan hisoblashmay qo‘yganlar, ma’lum darajada undan mustaqil bo‘lganlar.
Zaiflashib qolgan qirol hokimiyatini mustahkamlash, uning harbiy va moliyaviy qudratini kuchaytirish maqsadida mayordam Karl Martell yer (agrar) islohoti o‘tkazgan. Bu islohot uning o‘g‘li Pipin Pakana va nevarasi Buyuk Karl tomonidan nihoyasiga yetkazilgan.
Davlatda qiroldan keyin birinchi mansabdor shaxs mayordam yoki boshqacha so‘z bilan aytganda, saroy meri edi. Dastlab u faqat qirol saroyining boshqaruvchisi hisoblanib, keyinchalik uning hokimiyati kuchaygan va davlatda oliy mansabdor shaxs lavozimiga - birinchi ministr darajasiga erishgan edi. Mazkur mansabdor shaxs avval qirol tomonidan tayinlanardi, keyinchalik yer magnatlari tomonidan saylab qo‘yiladigan bo‘ldi. Mayordamning qudrati tobora o‘sib, asta-sekin markaziy va mahalliy hokimiyat vakillarini tayinlashda mayordam qirolni siqib chiqara boshlaydi. Mayordam saroyga tegishli barcha ishlar bo‘yicha farmoyishlar berardi. Saroy amaldorlari ustidan sud hokimiyatini amalga oshirardi. Qirol yo‘qligida qirol sudiga raislik qilardi. Armiyaga qo‘mondonlik qilish ham uning zimmasida edi. U qirollik domenlarini boshqarib, ulardan soliqlar kelib tushishini kuzatgan. Butun mahalliy hokimiyat unga tegishli edi. Amalda mayordam qirol nomidan graf va gersoglarni tayinlagan, almashtirgan va ularga farmoyishlar bergan. Qirol yosh bo‘lsa, mayordam uning tarbiyasi bilan shug‘ullanib, haqiqatda davlat boshlig‘i mavqeiga ega edi.
Yuqori mansabdagi amaldorlarning butun ishi qirol saroyi – palatsiyda markazlashtirilgan edi. Merovinglar va dastlabki Karolinglarning drujina va xizmatkorlari - ministrlari bo‘lib, ular qirolning topshirig‘i bilan eng oddiy ma’muriy-moliyaviy va sud funksiyalarini bajarar edilar. Bular: seneshal - qirolning shaxsiy ishlarini yurituvchi va ayni vaqtda butun saroy xizmatchilarini boshqaruvchi mansabdor shaxs; marshal - otliq askarlar boshlig‘i; kamerariy-qirol xazinasining boshlig‘i; saroy grafi – qirolning huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi (u asosan sud funksiyalarini bajargan, qirollik sudi tomonidan sud hukmlarining chiqarilishida ishtirok etgan, sud tortishuvlariga rahbarlik qilgan, hukmlarning bajarilishini nazorat qilgan); referendariy (arxikansler) - imperator devonxonasining boshlig‘i (u qirol hujjatlarini - ediktlar, diplomlar, kapitulyariy va boshqalarni tahrir qilgan, rasmiylashtirgan, ularga muhr qo‘yib, arxivda saqlagan, unga kotiblar va devonxona bo‘ysungan) va boshqalardan iborat edi.
Franklar davlati okrug (pag)larga, ya’ni grafliklarga bo‘linib, har bir pagning tepasida graf (comite) turgan. Graf odatda yirik yer egalari ichidan qirol tomonidan tayinlangan. U o‘z hududida sud, ma’muriy, moliyaviy, harbiy vakolatlarni amalga oshirgan. Paglar, ya’ni grafliklar yuzliklarga bo‘lingan. Yuzliklar tepasida yuzboshilar turgan. Grafliklarda moliyaviy organlar sifatida graflar bilan birga satsebaronlar ham harakat qilganlar. Ular keyinroq graf mansabi-ning rivojlanishi bilan tugatilgan. Yuqoridagilar bilan bir qatorda, joylarda tunginlar ham mavjud bo‘lib, ular asosan sud funksiyasini bajarganlar. Bular ilgari urug’-qabilalar boshliqlarining avlodlari hisoblanib, keyinchalik ularning ham vazifasi graflarga o‘tgan8.
Graflar o‘zlariga o‘rinbosarlar va yordamchilar tayinlaganlar. Ular vikariylar yoki vitse-graflar deb yuritilib, Karolinglar davrida vikariylarga o‘zlarining hududiy okruglari ajratib berilgan edi. Shu tariqa ular yuzbo-shilardan kam farq qilib, keyinchalik bularning mavqei bilan tenglashtiril-gan. Ba’zi joylarga (odatda chegara tumanlarga) qirol gersoglar tayinlardi. Gersogning vakolati bir necha (2-12) graflikkacha yoyilgan. Uning asosiy vazifasi mudofaani tashkil etish va mamlakatni himoya qilish edi.

Download 70.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling