O’zbekiston Respublikasi O’rta va Oliy maxsus
Download 28.75 Kb.
|
1 2
Bog'liqIX – XI asrlarda Fransiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Franklarning ilk tarixi.
IX – XI asrlarda Fransiya. Reja: Kirish. Asosiy qism. a). Frank davlatida feodal munosabatlarning rivojlanishi. b).Karl Buyuk imperiyasi. s).Karl Buyuk imperiyasining parchalanishi. III. Xulosa. Rim imperiyasi territoriyasida tuzilgan varvar korolliklari ichida eng kattasi va kuchlisi franklar korolligi edi. Franklar bora- bora burgundlarni bo’ysundirdilar. Galliyadan vestgotlarni surib chiqardilar. Italiyada langobardlarni zabt etdilar va Reynning narigi tomonida qolgan german qabilalarining hammasini diyarli o’zlariga itoat ettirdilar. Franklarning ilk tarixi. Franklarning o’zlari ham dastlab Reynning narigi tomonida yashar edilar. Ularning ota- bobolari Tatsitning asarida har xil nomlar bilan, chunonchi, xamavlar, sukambrlar, batavlar degan nomlar va boshqa nomlar bilan atalgan. “ Frank” degan nom (bu so’zni “jasur”, “erkin” deb tarjima qiladi) III asrning o’rtalaridagina paydo bo’lib, qandaydir bitta qabilaga emas, balki, Reynning o’rta va qo’yi oqimlarida yashagan butin bir gruppa german qabilalariga taalluqli umumiy bir nom edi, bu qabilalar dastlab reyn daryosining o’ng qirg’og’ida yashar edilar. Dastlab ular rimliklarga nisbatan dushmanlik munosabatida bo’ldilar, kiyin bu munosabat ancha do’stona munosabatga aylandi. 451 yildagi Katalaun jangida, yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, franklar fediratlar sifatida rimliklar tarafida turib gunnlarga qarshi urushdilar. O’sha vaqtdayoq ular katta-katta ikki gruppaga bo’lingan bo’lib, bir gruppasi ( ular Reynning qo’yi oqimida yashardilar ) dengiz bo’yi franklari yoki Sali franklari deb, ikkinchi gruppasi Reynning o’rta oqimida yashagan franklar – qirg’oq franklari yoki ripuar franklari deb atalar edi. Bulardan kuchlisi Sali franklari bo’lib, ular Galliyaning g’arbiga qarab bordilar. Ularning ahamiyati V asr oxiri - VI asr boshlarida korol Xlodvig zamonida juda ham oshdi. Xlodvig. Xlodvigning podsholik tarixi (481- 511) episkop Grigoriy Turskiyning “Franklar tarixi” degan kitobida mufassal bayon qilingan bo’lib, Turskiy bu kitobni ancha kiyinroq, VI asrning ikkinchi yarmida yozgan. Franklar hayotida ro’y bergan katta- katta voqealar Xlodvig nomi bilan bog’langan. Xlodvig 486 yilda butun shimoliy Galliyani istilo qildi. Rimning bu oblasti hali varvarlar tomonidan zabt etilmagan bo’lib, Rim imperiyasi qulagandan kiyin Shimoliy Galliyaning amalda koroli bo’lib qolgan Siagriy degan rimlik bir mahalliy magnat tomonidan idora qilinar edi, bu oblastning markazi Parij edi. Siagriy franklarga sal bo’lsa- da, jiddiy bir qarshilik ko’rsata olmadi. Suasson shahriga yaqin bir joyda qat’iy bir jang bo’ldi. Rim qo’shini franklar tomonidan tor- mor etildi. Siagriy vestgotlar koroli huzuriga qochdi, lekin vestgotlar koroli uni Xlodvigga tutib berdi. Xlodvig asirni o’ldirishga buyruq berdi. Katta va muhim bir territoriyani- Sena va Luara daryolari havzasini zabt etib olib, Xlodvig franklarga juda mo’l- ko’l er bo’lib berish imkoniga ega bo’ldi. Daryolari juda ko’p, eri serhosil, dehqonchilik uchun qulay bukzor va qayinzor o’rmonlarga boy bo’lgan keng, lekin rimliklar vaqtida huvillab qolgan bu rayonga boshdan- oyoq franklar ko’chib keldi. Bu rayonga ko’chib kelib joylashgan franklar soni hali Reynning narigi tomonida yashab kelayotgan franklar ichidan yana ahyon- ahyonda ko’chib kelib turgan kishilar hisobiga ko’payib bordi. Xlodvig o’z podsholigining oxirgi davrida Luaraning janubiga ancha jilib borib, Goronna daryosigacha etib bordi. Vestgotlar Galliyaning janubidagi yerlardan bir oz qisminigina saqlab qoldi, xolos. Xlodvig, Burgundiyani ham bosib olishga harakat qildi, lekin bu maqsadini amalga oshirmadi, burgund koroli saroyiga o’z ta’sirini o’tkazish bilangina cheklanib qo’ya qoldi. 90- yillar o’rtasida Xlodvig xristianlikni qabul qildi. Dastlab xristianlikni Xlodvigning o’zi va drujinasi qabul qildi. Kiyin oddiy franklar va ularning oila a’zolari ham qabul qildilar. Varvarlarning xristian dinini qabul qilishining o’zi muhim bir fakt edi, chunki bu narsa ularning romanlashuvidan dalolat berar edi. Lekin franklarning xristianlashuvi ikkinchi bir, yanada muhimroq ahamiyatga ega edi. Varvarlarning ko’pchiligi xristianlikni arianlik deb atalgan formada qabul qilgan bir vaqtda franklar arianlikni qoldirib, xristianlikni to’g’ridan- to’g’ri galliya- rim katolik ro’xoniylaridan qabul qildilar. Bu narsa Frank korolligining yanada rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi. Galliya va Rimdagi e’tiborli mahalliy ruxoniylar Xlodvigni va boshqa Frank qirollarini zo’r berib qo’llab- quvvatladilar. Bu narsa franklarning Galliya janubidagi qolgan yerlarni Bestgotiya va Burgundiyani bo’ysundirishlarini ancha osonlashtirdi hamda franklarning o’z orasida ham qirol hokimiyati ta’sirining ortishiga ancha yordam berdi. Xlodvig qolgan barcha Sali va repuar qirollarini sekin- asta qira borib, yangi juda katta qirollikning yakkayu yagona qiroli bo’lib oldi, bu qirollik Galliyaning to’rtdan uch qismini o’z ichiga olar edi. Xlodvigning o’g’il va nevaralari qirollikni tez-tez bo’lib va qayta bo’lib turishlariga o’zaro urushlar olib borib turishlariga qaramay, qirollikning chegaralarini kengaytirishni davom etterdilar. 534-yilda ular Burgundiyani zabt etdilar, 542 yilda vestgotlarningGalliyadagi oxirgi yerlari ham bosib olindi. Reynning narigi tomonida esa Alimaniya, Tyurengiya, Bavariya hamda saks qabilalarining ba’zilari franklarga bo’ysundi. VI asrning ikkinchi yarmida Frank qirolligi barcha varvar qirolliklari ichida eng katta qirollik edi. Ilgari Teodorix Karl Buyuk Karolinglar dinastiyasining eng atoqli namoyandasi edi. U46 yil hukumronlik qildi. (768-814).Karl katta sarkarda va istilochi edi. Tarkib topayotgan frank feadal davlati Karl davrida juda katta agressiv siyosat yurgizdi. Juda ko’p joylarni istilo qilib, Karl Buyuk juda katta bir davlatga boshliq bo’ldi. Rim imperiyasi qulagandan keyin G’arbiy Yevropada Karl Buyuk davlatidek katta davlat dunyoga kelmagan edi:bu davlat franklardan tashqari o’nlab boshqa qabila va xalqlarni o’z ichiga olgan edi. Karl Buyuk urushlari.Karl Buyukning shaxsan o’zi 50 dan ortiq yurushda qatnashdi. U Yevropaning turli joylarida urush qildi. U avvalo langobardlar masalasiga juda katta e’tibor berdi. Langobardlar Pipin tomonidan tor mor qilingan bo’lishiga qaramay, langobardlar saroyida franklar bilan ittifoqda bo’lishga qarshi turgan guruh bor edi.773-774 yillarda Karl langobardlarga qarshi yana urush ochdi. U Langobardlar poytaxti Paviyani bosib oldi va langobardlar karoli Dezideriyni taxtdan tushurdi. Langobardiya shundan keyin o’z mustaqilligini yo’qotdi,frank karolligiga qo’shib olinib, graflar tomonidan idora qilina boshlandi. Keyinchalik Karl Langobardiyaga o’zining o’g’li Pipinni vitsi-karol qilib tayinladi. VIII-asrning 70-yillarida Karl arablar bilan ham urush qildi. U 778-yilda Pirineya tog’lari orqasiga yurush qilib,Saragosa shahrini bosib olishga harakat qildi. Yurush muvaffaqiyatsiz chiqdi,Saragosani ola olmadi. Qaytishda Ronseval darasida franklar arergardega mahalliy aholi – basklar hujum qildi. Bu jangda franklar otiryadi deyarli butunlay qirib tashlandi.Halok bo’lganlar qatorida Britan markasining grafi Roland ham bor edi. Keyinchalik bu epizod “ Roland haqida qo’shiq ” nomli mashhur dostonga aylandi. Bu doston ancha keyin yozildi.778-yilda Ispaniyaga qilingan yurush muaffaqiyatsizlikka uchragan bo’lsada franklarning Piriney tog’laridan oshib o’tishlarini o’zi diqqatga sazovordir. Keyinchalik VIII-asrning oxiri va IX – asrning huddi boshida franklar Pirineya tog’lari orqasiga yana bir necha marta harbiy yurush qildilar:bu yurushlar natijasida Pirineya tog’lari bilan Ebro daryosi o’rtasidagi viloyat bosib olindi. Buyerda ispan markasi deb atalgan alohida bir chegara okrug tuzildi, bu okrugga keyincha Barselona grafligi deb nom berildi. Notinch Akvitaniya ustidan nazoratni kuchaytirish uchun Karl u yerga boshqa bir o’g’li Lyudovikni noib qilib tayinlab, unga Akvitaniya karoli unvonini berdi. Lekin Karl Buyuk urushlarning ko’pini sharqda – Markaziy Yevropada olib bordi. U Sakslar bilan bo’lgan urushlarga ayniqsa ko’p kuch sarf qildi. Bu urush qattiq bo’lib, 30 yildan ortiq (772-804) yilgacha davom etdi. Franklarni hisobga olmaganda sakslar G’arbiy Germaniyada yashagan qabilalar ichida eng katta qabila edi. Ular Reyndan Elbagacha cho’zilgan joyda katta hududda o’rnashgan edi. Sakslarning asosiy ommasi urug’chilik aloqalari va qabila ichidagi aloqalar bilan o’zaro mahkam bog’langan erkin dehqonlar shu bilan bir vaqtda jangchilardan iborat edi.Biroq, ular tarqoq holda bo’lib juda ko’p qabilalarga va qabilaviy guruhlarga bo’lingan edi, bu qabilalar va qabilaviy guruhlar uzluksiz ravishda bir-biri bilan urushib turardi. Ularning ishlab chiqaruvchi kuchlari darajasi shaharlar va savdo mutlaqo yo’q edi, shuningdek, ularning qurol – aslahalari va urushish usullari franklarning iqtisodiy va ijtimoiy – siyosiy taraqqiyot darajasidan past edi. Feadallashib borayotgan frank zodogonlarining sakslarga qarshi olib borgan urushi feadallarga hos urush edi. Franklar o’z oldilariga sakslar yerini bosib olish va ularning o’zini krepasnoylarga aylantirishni maqsad qilib qo’ygan edilar. Sakaoniyaga qarshi urishishning yana bir sababi bor edi. Karl Baltika dengiziga chiqishga harakat qiladi, Baltika dengizi VIII asrning oxiri va IX asrning boshlarida katta savdo ahamiyatiga ega edi. Frank koroli Baltika savdosidan katta-katta xirojlar olishni mo’ljallar edi. 1 Karl sakslarni dastlab VIII asrning 70- yillarida bo’ysundirdi. Avval g’arbiy sakslar- vestfallar bo’ysundirildi. Ularning ketidan ostfallar ham bo’ysundirildi. 777 yilda Paderbornda bo’lgan sezdda saks qabilalari ko’pchiligining boshliqlari Karlga qasamyod qildi. Karlning bo’yrug’ga binoan, sakslarning hammasi majusiylik dinidan xristian diniga o’tishlari kerak edi. Saksoniyaga ko’pdan- ko’p frank ro’xoniylari keldi, hammayoqda cherkovlar qurila boshladi, sakslar cherkovga ushur to’lashga majbur etilgan edi. Lekin, shundan kiyin tez orada 778-yildan boshlab sakslar bir necha marta katta qo’zg’alon ko’tardilar. Bu qo’zg’alonlardan kuzatilgan maqsad franklar zulmidan xalos bo’lish edi. Karl bu qo’zg’alonlarni juda ham raxmsizlik bilan bostirdi. Minglab sakslar qatl etildi. Qo’zg’alonchilarning ko’pchiligi qulga aylantirildi. Dastlab sakslarning qo’zg’alonlarida ularning zodagonlari ham qatnashgan. Lekin Karl zodagonlarni sekin-asta o’z tomoniga og’dirib olishga muvaffaq bo’ldi. Qo’zg’alon ko’targan sakslarning asosiy boshliqlaridan biri - vestifallar gersogi Vidukind qimmatbaho in’omlarga sotilib, 785-yilda sakslarga xiyonat qildi va Karl tomoniga o’tdi. Lekin, shunga qaramasdan, tarixchilar uni “Germaniyaning milliy qaxramoni” deb e’lon qildilar. Sakslarning IX asr boshlaridagi so’nggi harakati diyarli nuqul “oddiy sakslar” harakati tusida bo’lib asosan Saksoniyaning shimolida o’tdi. Nihoyat, sakslar bo’ysundirildi va Frank korolining fuqorosi sifatida frank graflari tomonidan idora qilinadigan bo’ldi. Sakslarning itoatsizroq bir qismi Reyn daryosining chap qirg’og’iga - franklar orasiga ko’chirildi, frank kalonistlari esa qaytadan Reyn daryosining o’ng qirg’og’iga, ya’ni bir vaqtlarda frank qabilalarining ittifoqi vujudga kelgan yerga o’tib joylashdi. Sakslar bilan urishish vaqtida Karl Sharqiy Evropadagi boshqa xalqlar bilan ham urish olib borishga majbur bo’ldi. U Polob slavyonlari bilan urushdi va bu qabilalardan ba’zilariga - lyutichlariga va lujichanlarga-hiroj soldi. Dunayning o’rta oqimidagi kuchli Avariya podsholigi franklarga qaram bo’ldi. Dunayning yuqori oqimidagi Bavariya qirolligi tamomila bosib olindi, ilgari bu qirollik franklarga onda sonda hiroj to’lab turar edi. Download 28.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling