1-mavzu. Viloyat (tuman, shahar) byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi, miqdori va dinamikasini o‘rganish
Download 7.15 Kb.
|
1-ьфмя
1-mavzu. Viloyat (tuman, shahar) byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi, miqdori va dinamikasini o‘rganish Men Asatova Sunbula Sobir qizi 17.04.2023 sanadan 21.04.2023 gacha Navoiy viloyat Zarafshon shaxardagi Moliya va Iqtisodiyot bo’limida malakaviy amaliyotim davrida Zarafshon shahar Moliya va Iqtisodiyot bo’limi xodimlari bilan muntazam ish olib bordim va bo’lim ichki tartib qoidalari bilan yaqindan tanishdim va o’rgandim. Zarafshon shahar Moliya bo’limida hisobotlar tayyorlash va ish jarayonlarida bevosita ishtirok etdim , bu orqali o’zimga malakaviy bilim oldim. 2022 yil uchun viloyat mahalliy byudjeti daromadlari 2 186,3 mlrd.so‘mni prognoz qilinayotgan bo‘lsa, xarajatlari ham 2 186,3 mlrd.so‘m etib rejalashtirilgan. Viloyat byudjetining daromadlar qismi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i (jami daromad nisbatan 6,1%), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soliqlari (40,4%), yakuniy iste’molchilarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i (6,1%), yuridik shaxslarning mol-mulki (10,2%) va yer soliqlari (11,8%), davlat bojlari (3,5%), davlat tashkilotlarining foyda solig‘i (0,5%), jarimalar (2,6%) , Davlat mulki ob’yektlarini sotishdan olingan daromadlar (0,23%), yig‘imlar (2,7%), Yagona soliq to‘lovidan Davlat byudjetiga ajratmalar (5,3%), noruda materiallari ishlab chiqarishda yer qaridan foydalanganligi uchun soliqlar (7,4%), suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar (1,6%)ning tegishli ravishda o‘tkazib beriladigan qismi hisobidan shakllanadi. 2022 yilda Navoiy viloyatining viloyat byudjetidan hududiy byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga (tashkilot va muassalar) ajratiladigan mablag‘larning umumiy miqdori 1 574 mlrd. so‘mni tashkil qilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan joriy xarajatlarga – 727,7 mlrd.so‘m (46,2%), ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalarga – 177,7 mlrd.so‘m (11,3%), shuningdek, tuman va shahar mahalliy byudjetlariga transfertlar 669,5 mlrd.so‘m (42,5%). Eng ko‘p mablag‘ oluvchi tashkilotlar, ya’ni Sog‘liqni saqlash boshqarmasi (17,0%); Xalq ta’limi boshqarmasi (4,5%); Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalar va energitika boshqarmasi (7,5 %); Maktabgacha ta’lim boshqamasi (3,6%); viloyat hokimligini saqlash xarajatlari (1,4%); Madaniyat boshqarmasiga (1,2%); Turizmni rivojlantirish boshqarmasi (1,7%), Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi (3,5%) va boshqalar. 2022 yilda yuqori byudjetdan tuman (shahar) mahalliy byudjetlariga ajratilayotgan 669,5 mlrd.so‘mlik transfertning eng katta qismi Xatirchi – 22,5%, Qiziltepa – 16,1%, Navbahor va Nurota tumanlariga – 12,3% dan to‘g‘ri keladi. Davlat byudjeti daromadlarining tarkibi va uning tuzilmasi doimiy bo’lmasdan, mamlakat taraqqiyoti va davlatning oldidagi vazifalarning o’zgarishiga muvofiq Barqaror iqtisodiyot – barqaror byudjet daromadlari garovi. 2021-yilda Navoiy viloyatining barcha tarmoq va sohalarida hududiy yalpi mahsulot ishlab chiqarish rejalarining ortigʻi bilan bajarilishi mahalliy byudjet daromadlari prognozining 121,2 foizga oshishini taʼminladi. Natijada viloyat mahalliy byudjet xarajatlari 2405,3 mlrd. soʻm oʻrniga 2629,4 mlrd. soʻmni tashkil etib, unda xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash sohasi hamda iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini moliyaviy Download 7.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling