Mavzu:Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari tushunchalari va ularning tarkibi
Reja:
1.Byujet nima?
2.Davlat byujeti daromadlari va xarajatlari.
MEK-86 guruh talabasi
Madrahimov Jamshid
Byudjet – daromadlar va xarajatlarning hisob-kitob va chegaralovchi smetalari hamda ularning ma’lum bir muddatga tuzilgan ro‘yxatini anglatuvchi umumiy terminning nomidir. Byudjet tegishli qaror bilan tasdiqlanib, individual
yoki jamoa subyekti tomonidan ijro qilinadi.
Davlat byudjeti moliya iqtisodiy kategoriyasining tarkibiy qismihisoblanadi. Shu sababli davlat byudjeti iqtisodiy kategoriya – davlatning o‘z vazifa va funktsiyalarini bajarishi uchun zarur bo‘lgan markazlashgan pul mablag‘larining to‘planishi, taqsimlanishi va sarflanishida yuzaga keladigan obyektiv pul munosabatlari yig‘indisi sifatida tavsiflanishi mumkin. Davlat byudjetining iqtisodiy kategoriya sifatidagi xususiyatlari uning shakli, moddiy
mazmuni va mohiyati (iqtisodiy tabiati)da namoyon bo‘ladi
Byudjet qonun chiqaruvchi hokimiyat organi tomonidan qabul qilinadigan huquqiy hujjat shakliga ega. O‘zbekistonda Davlat byudjeti bir yilga mo‘ljallab qabul qilinadi. Byudjetni
tayyorlashdan tortib byudjetni ijro etish to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlashgacha bo‘lgan butun jarayon byudjet jarayoni deb ataladi.
Byudjet daromadlari – bu davlat byudjet tizimning byudjetlariga qonun hujjatlarida belgilangan beg‘arazlik va qaytarib bermaslik tartibida kelib tushadigan pul mablag‘lari. Byudjet daromadlari soliq va soliqsiz daromadlardan iborat, shuningdek ularga beg‘araz pul o‘tkazmalari ham kiradi.
Soliq – bu (davlat / mahalliy) byudjetga majburiy badal bo‘lib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan amalga oshiriladi. Soliqlar, o‘z moddiy mazmuniga ko‘ra, milliy daromadning xo‘jalik subyektlaridan va aholidan umumdavlat ehtiyojlari uchun undiriladigan qismidir. Soliqli daromadlarning asosiy manbasi yangidan yaratilgan qiymat va uni birlamchi taqsimlash natijasida olingan daromadlar
(foyda, ish haqi, qo‘shilgan qiymat, ssuda foizi, renta, dividendlar va boshqalar),shuningdek jamg‘armalardir.
Soliqlar quyidagi belgilarga qarab tasniflanishi mumkin ;
– hokimiyat organlarining vakolat darajasiga ko‘ra (davlat, mahalliy soliqlar
va yig‘imlar / federal, federatsiya subyektlari va mahalliy soliqlar va yig‘imlar);
– zimmaga yuklanishiga ko‘ra (to‘g‘ri va egri soliqlar);
– to‘lanish manbasiga ko‘ra (tovar narxining oshishi, mahsulot tannarxining
oshishi, moliyaviy natijalar, sof foydaga nisbatan soliqlar);
Byudjetning soliqsiz daromadlari asosan davlatning iqtisodiy faoliyati va
byudjet tizimining turli darajalarida olingan daromadlar qayta taqsimlanishi
natijasida paydo bo‘ladi. Ko‘pgina soliqsiz daromadlar doimiy fiskal xususiyatga
ega emas va ularning qat’iy belgilangan stavkasi yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |