Mavzu: Daromatlarning taqsimlanishi, tengsizlik va qashshoqlik. Reja: Kirish


Download 126.18 Kb.
bet1/5
Sana20.06.2023
Hajmi126.18 Kb.
#1635937
  1   2   3   4   5
Bog'liq
daromatlarning taqsimlanishi



Mavzu:Daromatlarning taqsimlanishi, tengsizlik va qashshoqlik.

Reja:


Kirish

  1. Daromadlar shakllanishi bo‘yicha hududlararo farqlar.

  2. Daromad taqsimotining navbatdagi tamoyili pozitsiyasi.

  3. Qashshoqlik (Kambagʻallik). 

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish
O‘zbekistonda daromadlar tengsizligi va qashshoqlik.
Faol ijtimoiy siyosatga qaramay, O‘zbekistonda daromadlar tengsizligi sezilarli o‘smoqda. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev shu mavzudagi maqolasining birinchi qismida hududlararo daromadlar tengsizligining sabablarini tushuntiradi. Uning fikricha, bunday keskinlashuvga hukumat ham bevosita hissa qo‘shyapti.
XXI asrning so‘nggi o‘n yilligiga kelib butun dunyoda daromadlar tengsizligi masalasi yana kun tartibiga qaytdi. Bu asosan rivojlangan mamlakatlarda tengsizlikning favqulodda yuqori darajaga yetganligi va o‘sishda davom etayotganligi bilan izohlanadi. Masalan, 1980 yillarda AQShda eng yuqori daromadga ega 1 foiz aholi jami daromadning qariyb 22 foiziga egalik qilgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib bu ko‘rsatkich 35 foiz atrofida shakllanmoqda.
Xo‘sh, daromadlar taqsimoti va tengsizligi borasida O‘zbekistonda qanday tendensiya kuzatilmoqda? Tengsizlikning hozirgi darajasi va o‘sish sur’ati aholining turmush farovonligiga qay darajada xavf solishi mumkin?
Mazkur savollarga javob topishdan oldin tengsizlikni o‘lchash usullari va ko‘rsatkichlariga qisqacha to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq.
Daromadlar tengsizligi darajasi bir nechta usullar vositasida o‘lchanadi va, mos ravishda, turli ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi. Ular orasida eng keng tarqalgan hamda eng ko‘p qo‘llanuvchi ko‘rsatkich (yoki koeyeffitsiyent) — jini (Gini) koeffitsiyenti hisoblanadi.лама
Ma’lumot o‘rnida, jini koeffitsiyenti (Gini index, Gini coefficient) aholi orasida daromadlar taqsimotini o‘lchash uchun qo‘llaniladi va 0 (mutlaq tenglik)dan 1 (mutlaq tengsizlik)gacha oraliqdagi son bilan ifodalanadi.
Rasmiy statistikaga nazar tashlansa, O‘zbekistonda daromadlar tengsizligi darajasi bo‘yicha jini koeffitsiyenti faqatgina so‘nggi bir necha yil uchun hisoblab chiqilgan va e’lon qilingan. Qolaversa, mazkur ma’lumotlar mamlakatda tengsizlik darajasining joriy tendensiyasi, ya’ni o‘sayotganligi yoki pasayib borayotganligi xususida aniq bir to‘xtamga kelish imkonini bermaydi.
Jini koeffitsiyentiga asoslangan holda mamlakatimiz va boshqa mamlakatlardagi tengsizlik darajasi taqqoslab ko‘rilsa, birlamchi xulosa taxminan quyidagicha bo‘lishi mumkin: O‘zbekistonda tengsizlik darajasi boshqa davlatlarga nisbatan ancha past darajada; pandemiya davridagi o‘sishni hisobga olmaganda, so‘nggi yillarda umuman o‘smagan. Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, jini koeffitsiyenti mamlakatni boshqa davlatlarga nisbatan qay darajada farovonroq ekanligini emas, balki mamlakatdagi jami daromadning qanchalik teng (yoki noteng) taqsimlanganligini ko‘rsatadi.
Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2017 yildan boshlab qaytadan rasmiy ravishda e’lon qilina boshlagan jini koeffitsenti 2020 yilgacha hech qanday o‘zgarishga uchramagan va 0,26 darajada saqlanib qolgan (1 ga yaqin ko‘rsatkich tengsizlikning yuqori darajasi, 0 ga yaqin shakllangani esa tengsizlikning past darajasini anglatadi). 2020 yilgi pandemiya mamalakatimizda tengsizlik darajasining oshishiga olib kelgan (yoki tengsizlikning o‘sayotganligi statistikada yaqqol ko‘zga tashlana boshlagan). Biroq, 2021 yildan keyingi davrda jini koeffitsenti pasayib borayotganligini kuzatish mumkin.
Hozirgi holatda mamlakatimizdagi tengsizlik darajasi rivojlangan dunyo, Afrika yoki Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan taqqoslaganda sezilarli darajada past hisoblanadi. Biroq, o‘rinli savol tug‘iladi: bu mamlakatimizda daromadlar taqsimoti bilan hammasi joyida ekanligini anglatadimi?
Nazarimda, tengsizlikni o‘lchash mumkin bo‘lgan boshqa usullardan foydalanish va mos ko‘rsatkichlarni tahlil qilish mamlakatimizda qanday tendensiya kuzatilayotganligini yanada yaxshiroq va chuqurroq tushunish imkonini beradi. Buning uchun daromadlar shakllanishi bo‘yicha hududlararo tafovutlar, ish haqi miqdorining sohalar kesimida qanday o‘zgarayotganligi hamda turli daromad guruhlarining jami daromaddagi ulushi qanday o‘zgarib borayotganligini tahlil qilish maqsadga muvofiq. 1.Daromadlar shakllanishi bo‘yicha hududlararo farqlar Daromadlar shakllanishida hududlar o‘rtasidagi mavjud farqlar bir nechta omillar bilan izohlanadi. O‘zbekiston misolida hududni harakterlovchi asosiy tabiiy boyliklar hamda mazkur hududga hukumat tomonidan qaratilgan e’tibor (investitsiyalar, infrastruktura va h.k.) daromadlar shakllanishi va bu borada hududlar o‘rtasidagi farqlarning kelib chiqishida hal qiluvchi omillar bo‘lib hisoblanadi. Xususan, aholi jon boshiga umumiy daromad darajasi bo‘yicha respublikada yetakchi bo‘lgan ikki hudud — Navoiy viloyati hamda Toshkent shahri yuqoridagi omillarning ta’siri qay darajada ekanligiga yaqqol misol bo‘la oladi. Biroq, qayd etish joizki, «yangi davr» boshlanishidan oldin mazkur hududlardagi daromadlar darajasi ham boshqa hududlarnikidan sezilarli farq qilmas edi.
Hozirgi kunda umumiy daromadlar darajasi eng yuqori bo‘lgan Toshkent shahri hamda Navoiy viloyatida aholi jon boshiga umumiy daromadlar 2021 yilda mos ravishda 30,2 hamda 24,2 mln so‘mni tashkil etgan. Umumiy daromadlarning respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichi esa 14,8 mln so‘mni tashkil etgan.
Boshqacha aytganda, o‘rtacha toshkentlik hamda o‘rtacha navoiylik respublikadagi o‘rtacha daromadga ega insondan mos ravishda 2 karra hamda 1,6 karra boyroq hisoblanadi.Toshkent shahrining aholi jon boshiga umumiy daromadlari respublikadagi aholi jon boshiga umumiy daromadlar darajasi eng past bo‘lgan hudud — Farg‘ona viloyatiga nisbatan qariyb 2,8 barobarga yuqori. 2016 yilda Toshkent shahri hamda Farg‘ona viloyatining aholi jon boshiga umumiy daromadlari orasidagi farq 2,5 barobarni tashkil etgan.
Guvohi bo‘lganimizdek, daromadlar shakllanishi bo‘yicha hududlar o‘rtasidagi farq so‘ngi yillarda oshib bormoqda.


Download 126.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling