Mintaqaviy siyosat muammolarini o'rganish reja
Download 45.82 Kb.
|
MINTAQAVIY SIYOSAT MUAMMOLARINI O\'RGANISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mintaqaviy iqtisodiyot
MINTAQAVIY SIYOSAT MUAMMOLARINI O'RGANISH REJA: 1.Mintaqaviy iqtisodiyot. 2.Davlatning mintaqaviy siyosatining mohiyati, prinsiplari va maqsadlari. 3.Hududlararo mehnat taqsimotini oqilonalashtirish va ishlab chiqaish kuchlarini joylashtirish. 4.O‘zbekistonda mintaqaviy siyosatini o‘ziga xos xususiyatlari. Mintaqaviy iqtisodiyot Mintaqaviy iqtisodiyot muayyan hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tadqiq etadi, ijtimoiy va iqtisodiy omillarni o‘rganadi. Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi mamlakat xo‘jaligining hududiy tashkil etilishi bilan chambarchas bog‘liq. Mintaqaviy iqtisod va siyosatning nazariy va amaliy muammolarini o‘rganish (renta munosabatlari, hududiy ijtimoiy jarayonlar va h.k.) iqtisod nazariyasini yanada boyitadi, yangi ilmiy xulosalar chiqarish imkonini beradi. Shuning uchun mintaqaviy iqtisodiyotda ko‘pgina iqtisodiy omillarni (mehnat unumdorligi o‘sishi, milliy daromadni hududiy taqsimlash, renta munosabatlari, asosiy fondlarning tarkibi va samaradorligi, baho va tariflarning hududiy tafovutlari va h.k.) chuqur tahlil etiladi va shular asosida ushbu fan ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Mintaqaviy iqtisodiyot bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borishda bir qancha ilmiy uslublardan foydalaniladi. Ulardan eng muhimlari quyidagilar: Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o‘tishi munosabati bilan mintaqaviy iqtisodiyot fanining ahamiyati ortib bormoqda. Mintaqalarni o‘rganishda hozirgi paytda ularda ro‘y berayotgan holatni chuqur (qaysi jihatlari ortayotganini) tushunish lozim. Bozor munosabatlariga o‘tish davrida O‘zbekistondagi har bir mintaqaning iqtisodiy rivojlanish darajasi turlicha. Masalan, Toshkent shahri, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari asosiy xalq xo‘jalik tarmoqlarining rivojlanishiga ko‘ra respublikaning boshqa mintaqalaridan oldinda turadi. Aksincha, Surxondaryo, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha quyi o‘rinlarni egallaydi. Qishloq xo‘jaligida ortiqcha ishchi kuchlari mavjudligi – Farg‘ona vodiysi viloyatlari oldidagi dolzarb muammolardan hisoblanadi. Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida esa, aksincha, qishloq xo‘jaligini xodimlar bilan ta’minlash jiddiy muammo bo‘lib turibdi. Navoiy viloyatida ishsizlik darajasi yuqori. Hozirgi vaqtdagi mintaqaviy siyosatning muhim vazifalaridan yana biri – iqtisodiy kooperatsiya va mintaqalararo hududiy mehnat taqsimotini takomillashtirishdan iborat. Mintaqalar rivojlanishidagi eng muhim vazifalardan biri - turli hududlar aholisining turmush darajasi bo‘yicha tafovutlarni bartaraf etishdan iborat. Ushbu vazifani bajarishda rivojlanish darajasi past bo‘lgan hududlarni rivojlantirish uchun maxsus davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, tabiiy resurslarga boy mintaqalarda hududiy ishlab chiqarish mintaqalarini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. U muayyan hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tadqiq etadi, ijtimoiy va iqtisodiy omillarni o‘rganadi. Mintaqaviy iqtisodiyot iqtisod nazariyasi, sotsiologiya, tarmoqlar iqtisodi, iqtisodiy geografiya, demografiya va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan uzviy aloqador. Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi mamlakat xo‘jaligining hududiy tashkil etilishi bilan chambarchas bog‘liq. Mintaqaviy iqtisod va siyosatning nazariy va amaliy muammolarini o‘rganish (renta munosabatlari, hududiy ijtimoiy jarayonlar va h.k.) iqtisod nazariyasini yanada boyitadi, yangi ilmiy xulosalar chiqarish imkonini beradi. Mamlakatimizda ijtimoiy va demografik yo‘nalishdagi tadqiqot ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Download 45.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling