Kurs ishi O’zbekiston Respublikasi pul-kredit siyosatining ustuvor yo’nalishlari tahlili


Download 269.04 Kb.
bet1/10
Sana25.01.2023
Hajmi269.04 Kb.
#1119978
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sodiqjonov San\'anatjon pul-kredit siyosati kurs ishi


Kurs ishi
O’zbekiston Respublikasi pul-kredit siyosatining ustuvor
yo’nalishlari tahlili
Reja:
Kirish (Introduction)
1.Adabiyotlar sharhi (Literature review)
2.Ma’lumotlar va metodologiya (Data and methodology)
3.Tahlil va natijalar (Analysis and results)
Xulosalar (Conclusions)
Foydalanilgan adabiyotlar (Literatures)
Kirish (Introduction).
Mavzuning dolzarbligi: Makroiqtisodiy barqarorlikka erishish har bir davlatning eng oliy maqsadi hisoblanadi. Iqtisodiyotdagi ijobiy va salbiy holatlarni yaxshilash va bartaraf etish uchun har qanday mamlakat hukumati har doim iqtisodiyotni barqarorlashtirishda aniq maqsadlarga yo’naltirilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi. Buning uchun hukumat pul-kredit siyosatini davlat makroiqtisodiy siyosatida belgilangan aniq maqsadlardan kelib chiqqan holda muvofiqlashtiradi. Markaziy bankning monetar siyosati nafaqat pul taklifi va foiz stavkalariga, balki iqtisodiy rivojlanishning umumiy darajasi ya’ni mamlaktimizdagi har bir fuqaroning turmush farovonligiga ta’sir koʻrsatadi.
Bugungi kunga kelib dunyo markaziy banklari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank faoliyatining bosh mezoni-bu narxlar barqarorligi, inflyatsiyani nazorat qilish samaradorligidir. Agar mamlakatda yuqori inflyatsiya uzoq muddat davr davom etishi iqtisodiyot uchun salbiy oqibatlarga olib keladi. Pul, pul aylanishi, pul tizimi iqtisodiyotning eng asosiy markaziy muammolaridan biri, ya’ni «qon tomiri» hisoblanadi. Pul tizimining to`g`ri faoliyati daromadlar va xarajatlarning doiraviy aylanishiga hayotiy kuch beradi. Yaxshi ishlayotgan pul tizimi ishlab chiqarish quvvatlari va bandlikdan to`liq foydalanish imkonini beradi.
Aksincha, yomon ishlayotgan pul tizimi iqtisodiyotdagi inqirozlarga, ya’ni, ishsizlik, inflyatsiya va shuningdek, boshqa salbiy oqibatlarga olib keladi.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida monetary siyosat vositalarini takomillashtirish xususida quyidagi asosiy muammo va kamchiliklarni keltirib o’tishimiz mumkin. Eng asosiylari quyidagilar:
-bilvosita vositalarning barcha yangi turlarini joriy etish;
-majburiy zahira talablari me’yorini pasaytirish;
-Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalarini va muomaladagi
ortiqcha likvidlikni tartibga solish mehanizmlarini rivojlantirish;
-yalpi ichki mahsulot deflyatori bo’yicha umumiy inflyatsiya indeksini yanada pasaytirish – shular jumlasidan hisoblanadi.
Jahon iqtisodiy amaliyotidan ma’lumki, ishlab chiqarishning pasayishini to’xtatish, inflyatsiya darajasini jilovlash va uni keskin pasaytirish hamda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdek mas’uliyatli maqsadga qisqa vaqt ichida erishib bo’lmaydi. Ushbu maqsadga bir necha yillar davomida qator islohotlarni muvaffaqqiyatli amalga oshirish orqaligina erishiladi.
Shuningdek, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish uchun, har doim ham qisman amalga oshiriladigan islohotlar yoki alohida olingan pul-kredit va fiscal siyosatining ta’siri yetarli deb bo’lmaydi, albatta. Buning uchun hukumat tomonidan aniq maqsadlarga yo’naltirilgan qator tuzilmaviy va iqtisodiy islohotlarni qamrab oluvchi makroiqtisodiy barqarorlashtirish dasturi majmuasi ishlab chiqilishi hamda uni muvaffaqiyatli amalga oshirilishi zarur.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq. Shuningdek, pulkredit siyosatini yanada takomillashtirish, ilg’or xalqaro tajribaga muvofiq monetar siyosatning yangi instrumentlarini joriy etish, milliy valyutaning mustahkamligini va respublikada makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda uning rolini kuchaytirish maqsadida turli chora tadbirlar amalga oshirilib kelmoqda.1 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018-yilning 1-martigacha rivojlantirish va pul-kredit siyosatini amalga oshirishning o‘rta muddatli Konsepsiyasini hamda 2018 — 2021-yillarda Konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi va tasdiqlandi, unda bosqichma-bosqich inflatsiyaviy targetlash rejimiga o‘tish nazarda tutilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, respublikamizda Markaziy bankning monetar siyosatini takomillashtirish uning muammolarini o’rganish va uni
iqtisodiy o’sish sur’atlariga ta’sirini oshirishga qaratilgan takliflarning zarurligi, hamda mazkur mavzu doirasida iqtisodiy, ilmiy-xorijiy adabiyotlarni o’rganilishi, mavzuning qay darajada dolzarb ekanligini yoritib beradi.

Download 269.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling