Kurs ishi O’zbekiston Respublikasi pul-kredit siyosatining ustuvor yo’nalishlari tahlili
Ma’lumotlar va metodologiya (Data and methodology)
Download 269.04 Kb.
|
Sodiqjonov San\'anatjon pul-kredit siyosati kurs ishi
2. Ma’lumotlar va metodologiya (Data and methodology).
Pul-kredit siyosati deganda, to’liq bandlik sharoitida yalpi milliy mahsulotni ishlab chiqarishga inflyatsiyaning ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o’zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi5. Pul-kredit tizimini o’rganish mobaynida bank tizimini ham chetlab o’tishning imkoni yo’qdir. Banklar: Markaziy bank hamda tijorat banklaridan iboratdir. Markaziy bank qolgan barcha tijorat banklarining bankiri hisoblanadi va u orqali pul-kredit siyosati yuritiladi. Zamonaviy bozor iqtisodiyotida pul taklifi bank tizimi (mamlakatning markaziy va tijorat banklari) tomonidan ta’minlanadi. Markaziy bank muomalaga turli qiymatdagi qogʻoz pullar va tangalar chiqaradi. Tijorat banklari esa pul mablagʻlari oqimini jamgʻarma egalaridan qarz oluvchilarga yetkazuvchi moliyaviy vositachilardir. Agar tijorat banklar oʻz mijozlariga qarz bersa pul massasi koʻpayadi va aksincha mijozlar tijorat banklardan olgan qarzlarini qaytarishsa kamayadi. Pul taklifi deganda mamlakat iqtisodiyotida muomalada boʻlgan pul miqdori tushuniladi. Pul hajmini bilish (oʻlchash) uchun quyidagi agregatlardan foydalaniladi: M0 – bank tizimidan tashqari muomaladagi banknotalar va tangalar (naqd pullar); M1 – M0 + banklardagi talab qilib olguncha omonatlar; M2 – M1 + banklardagi oʻrta muddatli omonatlar; M3 – M2 + banklardagi uzoq muddatli omonatlar. Pul massasi quyidagilarning oʻzaro harakatlari bilan belgilanadi: Markaziy bank – bank tizimini boshqaradi va pul-kredit siyosati uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi. Banklar (depazitar tashkilotlar) – aholi va tashkilotlarning omonatlarni qabul qiladi yoki ularga qarz beruvchi moliyaviy vositachilar: tijorat banklari, oʻzaro jamgʻarma banklar, kredit uyushmalari. Aholi – alohida shaxs yoki firmaning banknota, tanga yoki banklardagi depozitlar shaklida pulga egalik qilishi. Zamonaviy monetarizm nazariyasining asoschisi M.Fridmen va uning izdoshlari pul massasini pul-kredit dastaklarining asosiy indikatorlari deb hisoblaydilar. Ularning fikriga koʻra, pullarga boʻlgan talab funksiyasi xarajatlar funksiyasiga qaraganda ancha barqaror hisoblanadi. Shu sababli pul massasi pulkredit dastaklarining asosiy indikatori sifatida qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Milton Fridman fikriga koʻra: “Pul-kredit siyosati qisqa muddatli davrda real iqtisodiyotga kuchli ta’sir koʻrsatadi. Ammo uzoq muddatli davrda pul taklifidagi oʻzgarishlar eng avvalo narx darajasiga ta’sir etadi”6. Ularning fikrini isbotlash yoki inkor qilish mushkul, chunki ularning oʻzi nimani pul deb hisoblash masalasida toʻliq kelishuvga erisholmayaptilar. Pulning miqdor nazariyasi klassik maktab iqtisodchilari tomonidan ishlab chiqilgan va yalpi daromadning nominal hajmini belgilashga qaratilgan. Modomiki, ushbu nazariya doirasida yalpi daromadning muayyan hajmida aholi qoʻlidagi pul miqdori ham oʻrganilar ekan, uni pulga boʻlgan talab nazariyasi deb ham hisoblash mumkin7. Koʻp yillar mobaynida Chikago universitetining professori va 1976-yil iqtisodiyot sohasida Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan Milton Fridman bir paytlar aytgandi: “Inflyatsiya har doim va har yerda pul sohasining hodisasidir”. Darhaqiqat, pulning miqdor nazariyasi-pul miqdorining oʻsishi inflyatsiya suratini belgilovchi asosiy omil-ekanini tan olishga majbur qiladi8. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bosh maqsadi va asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: “Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta’minlashdir. Asosiy vazifalari: Monetar siyosatni hamda valutani tartibga solish sohasidagi siyosatini shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish; O’zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish va ta’minlash ; Banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, banklar, kredit uyushmalari, garovxonalarni naozrat qilish, qimmatbaho qog’ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash; O’zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valyuta rezrvlarini, shu jumladan kelishuv bo’yicha hukumat rezervlarini saqlash va tasarruf etish; Davlat budjeti kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iboratdir”910. Download 269.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling