Kurs ishi O’zbekiston Respublikasi pul-kredit siyosatining ustuvor yo’nalishlari tahlili
-jadval Pul-kredit siyosatining dastaklari va maqsadlari12
Download 269.04 Kb.
|
Sodiqjonov San\'anatjon pul-kredit siyosati kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Operatsion maqsadlar
2-jadval Pul-kredit siyosatining dastaklari va maqsadlari12
Taklif etilayotgan pul hajmini boshqarish maqsadida bank tizimining likvidligi va pul bazasining shakllanishi ustidan oʻrnatilgan monitoring ishlarini olib boradi. Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilishni chuqurlashtirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va hukumati qarorlari asosida bank tizimini tubdan mustahkamlashga, ularning kredit berish imkoniyatlarini va ustav kapitalini boʻsh mablagʻlar jalb qilish hisobidan kengaytirishga, banklar investitsiya jarayonining asosiy boʻgʻiniga, korxonalar, xususan xususiy tadbirkorlar, kichik biznes korxonalarining chinakam hamkoriga aylanishiga, xorijiy banklar bilan hamkorlikni yanada kengaytirilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Yuqorida keltirilgan strategik maqsadlarning koʻpchiligi oʻzaro bir-biriga mos tushadi – bandlikning yuqori darajasi va iqtisodiy oʻsish, foiz stavkalarining barqarorligi va moliyaviy bozorlarning barqarorligi. Ammo bir qancha ziddiyatlar ham mavjud. Narxlar barqarorligi koʻpincha qisqa muddatli davrda foiz stavkalari barqarorligi va bandlikning yuqori darajasi bilan qarama-qarshilikka ega. Masalan, iqtisodiyot rivojlanayotganda, ishsizlik darajasi kamayadi, shu bilan birga inflyatsiya sur’ati va foiz stavkalarining oʻsishi kuzatilishi mumkin. Markaziy bankning foiz stavkalarini pasaytirishga urinishi iqtisodiyotni qizib ketishi va inflyatsiyani oshishiga sabab boʻladi. Ammo markaziy bank inflyatsiyani toʻxtatish uchun foiz stavkalarini koʻtarsa, qisqa muddatli davrda ishsizlik darajasi ortishi mumkin. Pul-kredit siyosatining 3ta asosiy vositasi ajratib ko’rsatiladi: Hisob stavkasi; Majburiy zahiralar normasi; 3.Ochiq bozordagi operatsiyalar. Markaziy bank asosan yuqoridagilar asosida pul massasiga yoki foiz stavkasiga ta’sir ko’rsatadi, pul taklifini o’zgartiradi va shu yo’l orqali pul kredit muomalasini tartibga solib turadi. Majburiy zahiralar faqat Markaziy bank tomonidan belgilanadi hamda barcha tijorat banklarining majburiy zahiralari Markaziy bankda saqlanadi. Majburiy zahiraga ta’rif beradigan bo’lsa bu kredit maqsadida ishlatilmaydigan bank omontlarining bir qismi hisoblanadi. Bankning majburiy zahira miqdori quyidagicha aniqlanadi: Download 269.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling