Kurs ishi O’zbekiston Respublikasi pul-kredit siyosatining ustuvor yo’nalishlari tahlili
Download 269.04 Kb.
|
Sodiqjonov San\'anatjon pul-kredit siyosati kurs ishi
S=b1/(1-q)
Faqatgina bizda bu yerda hadlarimizning belgilanish tartibi biroz boshqacha, ya’ni: M=[1/(1-(1-rr))]*D=(1/rr)*D=1/0,2*50000=5*50000=250000$ Depozitning likvidlik darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, majburiy zahira miqdori ham yuqori bo’ladi. Agarda markaziy bank majburiy zahira miqdorini oshirsa u holda pul taklifi ikki holatda kamayadi: -tijorat bankining kredit imkoniyati kamaydi shu orqali pul taklifi ham kamayadi; -majburiy zahira meyori bank multiplikatori miqdorini kamayishiga olib keladi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining huquqiy maqomi, vazifalari, vakolatlari, tashkil etilishi va faoliyati printsiplari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 124-moddasida Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini respublika Markaziy banki boshqarishi belgilangan13. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunning 1-moddasiga muvofiq Markaziy bank yuridik shaxs hisoblanadi va u davlatning mutlaq mulkidir14. Markaziy bank - oʻz sarf-xarajatlarini oʻzining daromadlari hisobidan amalga oshiruvchi, iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasadir. Markaziy bank davlatga qarashli yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan va moliyaviy faoliyatini mustaqil ravishda amalga oshiradi. Mustaqillik yillarida respublikamiz iqtisodiyotida katta tuzilmaviy o’zgarishlar ro’y berib, mamlakatimiz iqtisodiy jihatdan rivojlangan, sanoati va qishloq xo’jaligi eksportga yo’naltirilgan davlatga aylandi. Xalqaro mehnat taqsimotining yuzaga kelishi va rivojlanishi eksport-import operatsiyalarining yuzaga kelishiga va takomillashishiga asosiy sabab bo’ldi. Bunga yaqqol misol ochiq operatsiyalar bo’la oladi. Valyuta operatsiyalarining keng ko’lamda rivojlanishi markaziy banklarga ushbu bozorda erkin harakat qilishiga va ayni vaqtda ularni tartibga solishga imkon yaratdi. Markaziy bankning valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga imkon beruvchi bir qator asoslar mavjud bo’lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: Markaziy bankning yetarli miqdorda oltin-valyuta zahiralariga ega bo’lishi; Markaziy bankning xorijiy mamlakatlar banklari bilan keng tarmoqli korrespondent (vakillik) munosabatlarining mavjudligi; Markaziy bankka valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlarning mavjudligi; Chet el valyutalari bilan savdo qilishda mavjud bo’lgan savdo udumlariga rioya qilish. Markaziy bank tomonidan 2019–2021 yillarga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarida pul-kredit siyosati yuritishning asosiy va xatarli (muqobil) senariylari ishlab chiqildi. Ushbu ssenariylarda tashqi va ichki sharoitlarning turli omillar ta’sirida o‘zgarishi va ularga javoban Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmui keltirilgan.15 Pul-kredit siyosatining kelgusi yillarga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini belgilash bilan bir qatorda Markaziy bank bu boradagi maqsad va harakatlarining uyg‘unligi hamda uzviy davomiyligini ta’minlab boradi. Bu, o‘z navbatida, oldindan baholash mumkin bo‘lgan iqtisodiy sharoitlarni yaratib, olib borilayotgan pul-kredit siyosatiga aholi va biznes sub’ektlari ishonchini orttiradi hamda uning samaradorligini oshiradi. Pul-kredit siyosatining asosiy tamoyillari sifatida inflyasion targetlashga o‘tish bosqichida samarali va istiqbolga yo‘naltirilgan pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi bir qator tamoyillarning amaliyotga joriy etilishi bilan bevosita bog‘liq. Download 269.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling