Kurs ishi O’zbekiston Respublikasi pul-kredit siyosatining ustuvor yo’nalishlari tahlili
-jadval Monetar siyosat konsepsiyasining yakuniy hamda oraliq maqsadlari11
Download 269.04 Kb.
|
Sodiqjonov San\'anatjon pul-kredit siyosati kurs ishi
1-jadval Monetar siyosat konsepsiyasining yakuniy hamda oraliq maqsadlari11
Yuqoridagi jadvaldan koʻrinib turibdiki, monetar siyosatni amalga oshirishning oraliq maqsadlari - milliy valuta kursining barqarorligini ta’minlash, muomaladagi pul massasi hajmini tartibga solish, moliya tizimining barqarorligini ta’minlashdan iborat boʻlib, pirovard maqsadlari esa, iqtisodiy oʻsishga erishish, toʻliq bandlikni ta’minlash, baholar hamda toʻlov balansining barqaror darajasini ushlab turishga qaratilgandir. Markaziy bank oʻz oldida turgan maqsad va vazifalarga hamda makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning belgilangan darajalariga erishish uchun pulkredit sohasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Markaziy bank pul-kredit siyosatini fiskal siyosat bilan muvofiqlashtirgan holda olib boradi. Markaziy bank pul agregatlari dinamikasini joriy va kutilayotgan inflyatsiya darajasiga hamda valuta kursi boʻyicha koʻzda tutilgan koʻrsatkichlarga mos ravishda tartibga solib turadi. Pul-kredit siyosatining tezkor koʻrsatkichlari sifatida zaxira pullar, Markaziy bank tomonidan hukumatga va tijorat banklariga beriladigan kreditlar belgilanadi. Bu koʻrsatkichlar boʻyicha choraklik va oylik chegaraviy moʻljallar oʻrnatiladi va ularning bajarilishi doimiy nazoratga olinadi. Markaziy bankning qayta moliyalash mexanizmi ishlab chiqarish tarmoqlarining kredit resurslariga boʻlgan talabini qondirishga va tarkibiy oʻzgarishlarni ta’minlashga yoʻnaltirilgan investitsiya dasturlarini ustuvor ravishda moliyalashga xizmat qiladi. Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi pul bozoridagi talab va taklifdan hamda joriy va kutilayotgan inflyatsiya darajasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Download 269.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling